Yangiliklar
Tadbirlar
285
Kasbga yo‘naltirish ishlari doirasida targ‘ibot uchrashuvlari tashkil etildi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi tomonidan yosh avlodni arxitektura va qurilish sohasi bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, ularni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish maqsadida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Kafedra mudiri Baymatov Shahriddin Xushvaqtovich va assistent Xojiyev Nodir Muxtarovich 2025-yilning may oyi boshida Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida joylashgan 2, 8, 17, 21, 60, 77, 83 hamda 100-sonli umumta’lim maktablarida bo‘lib, bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdilar. Uchrashuvlar davomida universitetda yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim yo‘nalishlari, talabalarga taqdim etilayotgan imkoniyatlar, xalqaro hamkorlik aloqalari va zamonaviy o‘quv dasturlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, arxitektura va qurilish sohalarining jamiyatdagi o‘rni, bu yo‘nalishdagi kasblarning istiqboli, oliy ta’lim muassasasiga kirish tartibi va talabgorlar uchun mavjud imkoniyatlar tushuntirildi. Targ‘ibot uchrashuvlari o‘quvchilar va pedagoglar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Tadbir yakunida yoshlarga targ‘ibot materiallari tarqatilib, universitet rasmiy veb-sahifalari orqali qo‘shimcha ma’lumot olishlari tavsiya etildi.
Tadbirlar
259
Xotira abadiy – qadr muqaddas
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 9-may Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Arxitektura fakulteti tyutorlari boshchiligida talabalar bilan birgalikda "Qatag'on qurbonlari xotirasi"davlat muzeyida bo'ldilar. Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Shu munosabat bilan talabalar tomonidan "Xotira abadiy – qadr muqaddas"shiori ostida rasmlar chizib ijod qildilar. Qadr – insonni yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag‘ishlaydi.
Tadbirlar
219
O‘zbekistonda so‘z va matbuot erkinligiga bag‘ishlangan xalqaro media forum bo‘lib o‘tdi
3-may — Jahon matbuoti erkinligi kuni munosabati bilan joriy yilning 7-may kuni “Renessans” kino uyida “Birlashish nuqtasi: so‘z va matbuot erkinligi — Uchinchi Renessans poydevori” mavzusida xalqaro media forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur xalqaro forumning asosiy maqsadi O‘zbekistonda so‘z va matbuot erkinligini rivojlantirish, fuqarolarning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, sohaga oid dolzarb masalalarni muhokama qilish hamda so‘z erkinligining jamiyat va davlat taraqqiyotidagi islohotlar jarayonidagi o‘rni va ahamiyatiga jamoatchilik e’tiborini qaratishdan iborat bo‘ldi. Forumda O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlardan nufuzli jurnalistlar, blogerlar, ommaviy axborot vositalari vakillari, soha mutaxassislari va davlat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Tadbirda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti matbuot kotibi M.Niyazova ham faol ishtirok etdi.
Tadbirlar
243
Toʻmaris izdoshlari
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida tahsil olayotgan talaba-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish, xotin-qizlarning ongida tariximiz, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizga chuqur hurmat va ehtirom tuyg‘usini mustahkamlash, hayotda g‘alabaga intilish, yuksak vatanparvarlik, qat’iyat, iroda, shukronalik, ilm-fanga va Vatanga mehr-sadoqat hissini oshirish maqsadida universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Kurbanova boshchiligida “To‘maris izdoshlari” sport tanlovi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada qizlar quyidagi shartlar boʻyicha bellashdilar:1. Jamoani tanishtirish;2. “Sport bilan hamnafasmiz” musobaqalari:- 100 metrga yugurish;- estafeta yugurishi (400×300×200×100 m);- darts uloqtirish;-kamondan oʻq otish;3. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish;4. Velosipedda uchish. Ushbu tanlovda barcha fakultet jamoalari faol ishtirok etib, o‘zlarining g‘alabaga bo‘lgan ishonchi, yuqori intellektual salohiyati hamda ma’naviy va jismoniy tayyorgarligini namoyon etishdi. Gʻolib boʻlgan ishtirokchilar fahriy yorliq bilan taqdirlanib, hududiy shahar bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar.Musobaqa koʻtarinki saviyada, juda qizgʻin boʻlib oʻtdi.
E'lonlar
315
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Oliy ta’limdan keying ta’limning 2025-yil may oyida o‘tkaziladigan malakaviy imtihonlar sanasi va vaqtlari to’g’risida e’lon
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Oliy ta’limdan keying ta’limning 2025-yil may oyida o‘tkaziladigan malakaviy imtihonlar sanasi va vaqtlari to’g’risida e’lon № Ixtisolik Imtihon sanasi va vaqti Imtihon joyi 1 05.09.01 – “Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar” ixtisosligi 15.05.2025 y. soat 10-00 TAQU 4-bino 3 qavat 402-xona 2 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari” ixtisosligi 29.05.2025 soat 12-00 TAQU 4-bino 3 qavat 402-xona 3 05.09.08 – “Qurilish texnologiyasi va qurilish jarayonlarini tashkil etish” ixtisosligi 12.05.2025 soat 14-00 TAQU 4-bino 3 qavat 402-xona 4 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha 28.05.2025 soat 14-00 TAQU 3-bino 3 qavat 302-xona 5 08.00.13 – “Menejment” ixtisosligi bo‘yicha 28.05.2028 soat 15-00 TAQU 4-bino 3 qavat 402-xona 6 13.00.02- “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha 24.05.2025 soat 9-00 TAQU 4-bino 3 qavat 402-xona 7 18.00.01 – “Arxitektura tarixi va nazariyasi. Arxitektura yodgorliklarini tiklash va ta’mirlash” ixtisosligi bo‘yicha 27.05.2025 soat 10-00 TAQU 4-bino 3 qavat 402-xona 8 18.00.02 – “Rayonlashtirish. Shaharsozlik... Bino va inshootlar arxitekturasi” (texnika) 12.05.2025 soat 16-00 TAQU 4-bino 3 qavat 402-xona 9 18.00.02 – “Rayonlashtirish. Shaharsozlik... Bino va inshootlar arxitekturasi” (arxitektura) 16.05.2025 soat 10-00 TAQU 4-bino 3 qavat 402-xona
Tadbirlar
269
Muhandislik fakultetida “Halollik — insoniy fazilatlarning mezoni” mavzusida tarbiyaviy suhbat bo‘lib o‘tdi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Muhandislik fakultetida talabalarning axloqiy-ma’naviy saviyasini oshirish, ularni halollik va adolat kabi yuksak insoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash maqsadida “Halollik — insoniy fazilatlarning mezoni” mavzusida tarbiyaviy suhbat tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar bilan halollik, adolat, birovning haqiga xiyonat qilmaslik kabi axloqiy-ruhiy tamoyillar yuzasidan fikr almashildi. Suhbat chog‘ida halol mehnat qilish, boshqalarning huquqlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, shuningdek, jamiyatda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirishdagi shaxsiy mas’uliyat masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Talabalar o‘z qarashlarini ochiq ifoda etib, real hayotdan keltirilgan misollar asosida mavzu yuzasidan faollik ko‘rsatishdi. Uchrashuv yoshlarda axloqiy yetuklikni shakllantirish, ularni vijdonli va adolatli fuqarolar etib tarbiyalashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
E'lonlar
283
Huquqiy axborot sifatida tarqatilishi koʻzda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati
Barchamizbilishimiz zarur bo'lgan yangi huquqiyaxborot sifatida tarqatilishi koʻzda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlarroʻyxati
E'lonlar
211
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Arxitekturа, muhаndislik, tа’lim vа аtrof-muhitni muhofаzаqilishdа innovаtsion texnologiyalаr" mavzusidagi 5-6 may kunlari xalqaro ilmiy amaliy anjuman bo’lib o’tadi.
Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ish olib boradi: 1-sho‘ba: Аrxitektura va qurilish sohasida energiya tejamkor innovatsion texnologiyalar; 2-sho‘ba:Аtrof muhitni muhofaza qilish va muhandislik sohasida barqaror rivojlanish;3-sho‘ba: Xalqaro ilmiy hamkorlik va muhandislik taʼlimi sohasidagiinnovatsion texnologiyalar; 4-sho‘ba: Yashil qurilishning iqtisodiy jihatlari.
Tabrik
215
Bugun Toshkent arxitektura-qurilish universitetining tashkil topganiga 34 yil to‘lishi munosabati bilan barchangizni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Universitetimiz o‘tgan yillar davomida Respublikamizda arxitektura, qurilish va muhandislik yo‘nalishlarida yetakchi oliy ta’lim muassasasiga aylandi. Bu yillar davomida biz minglab yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlab, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib keldik. Bu yutuqlarda fidokor professor-o‘qituvchilarimiz, izlanishga chanqoq talabalarimiz va fidoyi xodimlarimizning hissasi beqiyosdir. Bugungi kunda universitetimiz xalqaro standartlar asosida ta’lim beruvchi, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan faol shug‘ullanuvchi va xorijiy hamkorlikni izchil rivojlantirayotgan zamonaviy ta’lim dargohiga aylangan. Xalqaro hamkorlik doirasida bir qator ilg‘or xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma dasturlar va loyihalarni amalga oshirmoqdamiz.Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan sizlarga mustahkam sog‘lik, ilmiy va ijodiy yutuqlar, yangi zafarlar va bardavom muvaffaqiyatlar tilayman. Universitetimiz taraqqiyoti yo‘lida yelkama-yelka turib, kelajakda yanada ulkan marralarni zabt etamiz, deb ishonaman.Toshkent arxitektura-qurilish universitetining 34 yillik bayrami barchamizga muborak bo‘lsin!Hurmat bilan,Tulaganov Baxrom AbdukabilovichToshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori
