Yangiliklar
Tadbirlar
287
Muxandislik kommunikasiyalari kafedrasi professor-o`qituvchilari va talabalari “УзАвтомоторс Поwертраин” korxonasiga tashrif buyurdilar
Korxonaning muxandislik tizimlari bilan tanishdilar. Korxonadagi suv tozalash inshootini yaqindan o`rganib, inshootni takomillashtirish bo’yicha fikrlar almashdilar. Shu bilan birga korxona bilan malakaviy amaliyotlarni tashkil etish, hamda xo`jalik shartnomasi asosida muxandislik tizimlariga oid masalalarni yechish kelishib olindi.
Tadbirlar
311
“Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularning iqtidorlarini yuzaga chiqarish maqsadida “Yurtim qadriyatlari” Respublika ko‘rik-tanlovi e’lon qilingan edi. 28-fevral kuni Toshkent shahri oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ushbu tanlovning hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik-tanlovda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti jamoasi faol ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni egalladi. Hududiy bosqichda ishtirok etgan barcha talabalarni tabriklaymiz va siz bilan faxrlanamiz!
Tadbirlar
728
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Zokirjon Xolmuhammad oʻgli Furqat tavalludining 166 yilligi hamda Oʻzbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligi munosabati bilan tadbir oʻtkazildi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Zokirjon Xolmuhammad oʻgli Furqat tavalludining 166 yilligi hamda Oʻzbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligi munosabati bilan tadbir oʻtkazildi.Unda Oʻzbek Milliy Akademik drama teatri aktrisasi Xadjimurotova Shaxnoza ishtirok etib, shoira Zulfiyaxonimning koʻngilga manzur boruvchi sheʼrlaridan oʻqib berdi. Tadbir davomida shoirlarning hayoti va ijodidan viktorina oʻtkazildi, faol ishtirok etgan yoshlarga sovgʻalar berildi. Talabalar tomonidan ijodkorlarning hayoti va ijodidan sahna koʻrinishlari hamda goʻzal kuy-qoʻshiqlar ijro etishdi.
E'lonlar
271
To‘raxanov Safarali Ibrohimovichning (PhD) dissertatsiyasi muhokamasiga taklif etamiz
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.26/30.12.2019.Т.11.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar yig‘ilishi 2025 yil 13 mart kuni soat 11:30 da o‘tkazilishi va uning kun tartibida quyidagi dissertatsiya muhokama etilishi belgilandi:Talabgor To‘raxanov Safarali Ibrohimovich 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari” ixtisosligi bo‘yicha “O‘z-o‘zidan zichlashuvchi keramzitbetonning tarkibi va xossalari” mavzusida tayyorlagan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi. Ilmiy rahbar: t.f.d., prof. X.X. KamilovManzil: Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasi 9-uy, 4-bino, 5-qavat faollar zali. Tel/faks: (55) 508-50-14, 508-03-12, e-mail:devon@taqu.edu.uz
E'lonlar
305
Abdazov Dilshod Raxmadjon o‘g‘lining (PhD) dissertatsiyasi muhokamasiga taklif etamiz
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.26/30.12.2019.Т.11.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar yig‘ilishi 2025-yil 13-mart kuni soat 10:00 da o‘tkazilishi va uning kun tartibida quyidagi dissertatsiya muhokama etilishi belgilandi:Talabgor Abdazov Dilshod Raxmadjon o‘g‘li 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari” ixtisosligi bo‘yicha “Mahalliy xomashyo asosidagi o‘z-o‘zidan zichlashuvchi beton” mavzusida tayyorlagan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi. Ilmiy rahbar: t.f.d., prof. X.X. KamilovManzil: Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasi 9-uy, 4-bino, 5-qavat faollar zali. Tel/faks: (55) 508-50-14, 508-03-12, e-mail:devon@taqu.edu.uz
Yangiliklar
601
Toshkent Arxitektura-qurilish universitetida TİKA hamkorligida yangi laboratoriya ishga tushirildi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Turkiyaning yetakchi tashkilotlaridan biri — Turkiya Hamkorlik va Muvofiqlashtirish Agentligi TİKA ko‘magida tashkil etilgan yangi laboratoriyaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.Tadbirda universitet rektori v.v.b. B.A. Tulaganov, TİKA vakillari hamda Turkiyadan tashrif buyurgan mehmonlar ishtirok etdilar. Ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar ushbu laboratoriyaning universitetning ilmiy-tadqiqot salohiyatini oshirish, talabalarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish yo‘lida muhim qadam ekanligini ta’kidladilar.Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan ushbu laboratoriya qurilish materiallarini sinovdan o‘tkazish, muhandislik tahlillari hamda turli innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish imkonini yaratadi. Ushbu loyiha universitetning xalqaro standartlarga mos ravishda ilmiy izlanishlar olib borish hamda ta’lim jarayonining sifatini oshirish borasidagi sa’y-harakatlarining natijasi sifatida e’tirof etildi. Tadbir doirasida tomonlar kelgusida ilmiy innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini ham muhokama qildilar.
Tadbirlar
277
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “Qurilish mexanikasi va seysmik muxandislik” kafedrasi tomonidan “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” mavzusida tadbir bo'lib o'tdi
Tadbirni kirish soʻzi bilan kafedrasi t.f.n., dotsent M.Nazarova ochib berdi. Shuningdek Mudofa vazirligi markaziy faxriylar kengashidan V.Radjabov, E.Talbabayev oʻz ma’ruzalarida murakkab “O‘tish” davridagi tarixiy voqealar to‘g‘risida yoshlarimizga gapirib, hozirgi davr qadriga yetish kerakligi va tinmay kitob o‘qib, o‘z bilimlarini muntazam oshirib borish lozimligi haqida va olgan bilim va hunarlarini yurtimiz ravnoqi va kelajagi uchun hissa qo‘shishlari haqida taʼkidlab oʻtdilar. Muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda talabalar faol ishtirok etib, el nazaridagi bu insonlardan o‘zlari qiziqtirgan savollarga yetarlicha javob oldilar.
Tadbirlar
301
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Muhandislik fakulteti tyutori N.Xidoyatova hamda talabalar Milliy kino san'ati saroyida "Ochiq eshiklar kuni"ga bordilar
Unda Kinomatografiya agentligi buyurtmasiga asosan 2024-yilda ishlab chiqilgan "Odina" nomli film namoyish etildi. Filmda bitiruvchi sinfda tahsil olayotgan maktab o‘quvchilarining bir-biridan qiziq sarguzashtlari, ilk muhabbati, tanlovlardagi g‘oliblik uchun harakati va katta hayot ostonasidagi qiyinchiliklari aks etgan.
Tadbirlar
328
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Xotin-qizlar kengashi tomonidan “O‘zbek qizining qiyofasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
Unda Respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti direktor o‘rinbosari, Respublika “Oqila ayollar” harakati yetakchisi, pedagogika fanlari doktori, professor Musurmanova Aynisa Musurmanovna ishtirok etdi. Muloqotda mamlakatimizda yosh avlodning bilimli, kasb-hunarli, hur fikrli bo‘lib voyaga yetishi uchun yaratilgan shart-sharoit, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda gender tenglikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha so‘z yuritildi. Talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
 
                 
                                    
 
                                     
                                     
                                     
                                     
                                     
                                     
                                    