Yangiliklar

Tadbirlar

 296

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Muhandislik fakulteti talabalari bilan Xazrati Imom majmuasiga ekskursiya uyushtirdi.

Toshkentning eski mahallasi Sebzorda asrlar bo‘yi qurilib kelgan tarixiy-me’moriy obidalarning to‘liq majmuasidan iborat Xazrati Imom maydoni joylashgan. Olimlar fikricha, bu oldin Shosh deb atalgan shahar markazi bo‘lgan. Tarixiy binolar ansambli islomning Toshkentdagi birinchi imomi va targ‘ibotchisi Qaffol ash-Shoshiy mozori atrofida paydo bo‘la boshladi va maydonga “Hazrati Imom ” nomi berilgan.

Tadbirlar

 262

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Ayolga ehtirom” haftaligi doirasida “Bahor gullaridan yaralgan ayol” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Tadbirda universitet rektori B.Tulaganov soʻzga chiqib, avvalo yurtimizga tashrif buyurgan yasharish, yangilanish fasli boʻlgan bahor bayrami bilan barchani tabrikladi. Tabiatning uygʻonishi, yangi hayot nafasining ufurishi hayotimizga goʻzallik, qalblarimizga mehr-muhabbat olib kiruvchi ayollarimizning bayrami bilan hamohang. Shuningdek ushbu qutlugʻ ayyom “8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan universitet ayollar jamoasini, talaba qizlarimizni, shuningdek, yurtimizdagi barcha onalar, opa-singillarimizni chin dildan muborakbod etgan holda tadbirni ochib berdi. Bayram tadbirida elimizning sevimli san’atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, musiqiy chiqishlar va sahna ko‘rinishlari barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

E'lonlar

 349

YUNESKO tashkiloti tomonidan Tabiiy fanlar sohasidagi YUNESKO/Ekvatorial Gvineya xalqaro mukofotiga 2025-yil uchun tanlovi e’lon qilingan

YUNESKO tashkiloti tomonidan Tabiiy fanlar sohasidagi YUNESKO/Ekvatorial Gvineya xalqaro mukofotiga 2025-yil uchun tanlovi e’lon qilingan. YUNESKO/Ekvatorial Gvineya xalqaro mukofoti 300,000 AQSH dollariga teng bo‘lib, tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etgan uch nafar nomzod o‘rtasida teng taqsimlanadi hamda diplom va estalik sovg‘asi bilan taqdirlanadi. Mukofotga tavsiya etilgan nomzodlar xalqaro hayʼat bahosi va tavsiyasi asosida YUNESKO Bosh direktori tomonidan tanlab olinadi. Tanlovda qatnashish uchun nomzodlar 10-mart kuniga qadar www.unesco.org/egip/account-reguest havolasi orqali onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tishi va quyidagi zarur hujjatlarni taqdim etishi lozim:- ariza varaqasi;- nomzodning mukofot maqsadlariga qo‘shgan hissasi bo‘yicha (1000 so‘zdan oshmagan) axborot;- nomzodning ilmiy-amaliy faoliyati bo‘yicha qisqacha maʼlumot;- nomzodning muhim 10 ta ilmiy nashrining ro‘yxati.

E'lonlar

 251

E'lon

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashishqo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan  “15-mart Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni”ga bag‘ishlangan “Moliyaviy savodxon yosh iste’molchi” bilimlar tanlovi o‘tkazilmoqdatanlovda qatnashish uchun https://olimpiada.edu.uz/Batafsil ma’lumot olish uchun, Qo‘mitaning https://raqobat.gov.uz/ rasmiy sahifasi hamda https://olimpiada.edu.uz/

Tadbirlar

 311

“Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishini oldini olish oyligi”

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishini oldini olish oyligi” munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Adminstrasiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi bosh ilmiy xodimi Alixanov Shoxrux Mirzo Bobirovich va O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i Abduxalikov Zafar Safarovich, universitetning Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar prorektori S.Mardov, professor-oʻqituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirokida tadbir boʻlib oʻtdi. Talabalarga mazkur mavzu boʻyicha bugungi kunda yoshlar orasida tarqalib borayotgan, giyohvandlik va axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etish, bu kabi illatlar domiga tushib qolishning yomon holatlari haqida ma’lumotlar berib oʻtildi. Giyohvandlikning zararli oqibatlarini tushuntirish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda yoshlar orasida ommabop bo‘lgan videoroliklar va qisqa metrajli film namoyish etildi. Tadbir davomida soha mutaxassislari yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olishda ota-onalar, talabalar va mahalla yetakchilarining roli juda muhim ekanini ta’kidlashdi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.

E'lonlar

 316

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Registration office" faoliyat yuritmoqda!

Talabalar va abituriyentlar uchun muhim yangilik!Endi universitetimizda "Registration office" ishga tushdi. Ushbu ofis sizga:Hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishRasmiy ma’lumotnomalar olishTa’lim jarayoni bilan bog‘liq savollarga javob topishda yordam beradi.

Tadbirlar

 324

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Qurilish fakulteti tyutorlari va talabalari bilan “Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi” hamda “Oʻzbekiston tasviriy san’at galereyasi”ga ekskursiya tashkil etildi

1879-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi 250 mingdan ortiq tarixiy buyum va artefaktlarni o‘zida jamlagan bo‘lib, qadimgi tosh asridan to hozirgi kungacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. Talabalar muzey xodimlari tomonidan berilgan qiziqarli ma’lumotlarni tinglab, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Shuningdek, Oʻzbekiston tasviriy san’at galereyasi mamlakatimizning boy madaniy merosini saqlash, o‘rganish va keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi. Unda Oʻzbekiston rang-tasvir san’ati namunalari jamlangan bo‘lib, talabalar milliy san’atimizning tarixiy rivojlanishi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

Tadbirlar

 292

"Biz sog'lom turmush tarzi tarafdorimiz"

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Biz sog'lom turmush tarzi tarafdorimiz" mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi OITSga qarshi kurash markazining vrach epidemiolog S.Abidova, fakultet dekan muovinlari, universitet professor-oʻqituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.  Bundan maqsad universitet talaba-yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, OIV/ OITS kasalligining yuqish yoʻllari, patogenezi, epidemiologiyasi, kasallikning klinik belgilari va profilaktikasini oldini olishga qaratilgan. Shuningdek universitet hovlisida bepul tibbiy ko'rik tashkillashtirildi.

Yangiliklar

 473

OTM rektorlari o'rtasida “Vazir kubogi” sport musobaqalari bo'lib o'tdi

Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti sport maydonlarida oliy ta’lim muassasalari rektorlari o‘rtasida “Vazir kubogi” sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi hamda Milliy Paralimpiya qo‘mitasi rahbariyati, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdilar.Musobaqalar doirasida Toshkent shahridagi barcha oliy ta’lim muassasalari rektorlari mini futbol, stol tennisi va shaxmat bo‘yicha bellashdilar.Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori v.v.b. Baxrom Tulaganov ham ushbu sport musobaqalarida faol ishtirok etdi. “Vazir kubogi” oliy ta’lim muassasalari rahbarlari o‘rtasida sportni keng targ‘ib qilish, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash hamda jismoniy faollikni oshirish maqsadida tashkil etilgan.