Yangiliklar
Tadbirlar
477
Kasaba uyushmalari federatsiyasi haqida ekskursiya qilishdi
O'zbekiston Kasaba uyushmasi federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan respublika boshlang'ich kasaba uyushmalari raislari ishtirokidagi malaka oshirish va tajriba almashish amaliyoti doirasida ishtirokchilar Toshkent arxitektura-qurilish universiteti kasaba uyushmasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Uchrashuv davomida universit kasaba uyushmasi rayisi Kasimova F.E. universitetda amalga oshirilayotgan kasaba uyushmasi faoliyati, xususan, xodimlar va talabalar huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy himoya, mehnat va dam olish sharoitlarini yaxshilash, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma'lumot berdi. Shuningdek, u kasaba uyushmasining talaba va xodimlarning turli sohalardagi ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan loyihalari va tashabbuslarini namoyish etdi. Ishtirokchilar universitetda amalga oshirilayotgan ilg‘or tajriba va amaliyotlarni o'rganib, ularni o'z faoliyatlarida qo‘llash imkoniyatlarini muhokama qildilar. Ushbu uchrashuv boshlang'ich kasaba uyushmalari raislari uchun foydali bo'lib, ularga yangi g'oyalar va tajribalar taqdim etdi.
E'lonlar
286
"BIZ KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ" shiori ostida talabalar oʻrtasida davra suhbati boʻlib oʻtdi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi Isakdjanov.M.H va Menejment fakulteti tyutorlari bilan hamkorlikda "BIZ KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ" shiori ostida talabalar oʻrtasida davra suhbati boʻlib oʻtdi.Isakdjanov.M.H talabalarga korrupsiya haqida maʼlumot, hamda korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslikga oid tavsiyalar berdi.Oliy taʼlim – korrupsiyasiz soha konsepsiyasi asosida universitet professor-oʻqituvchilar va talabalar orasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida” va “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida keltirilgan atamalarning mazmun va mohiyatini tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbirlar
316
Universitet korrupsiyadan holi hudud
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida ''Oliy ta'lim-korrupsiyasiz soha!'' konsepsiyasi asosida talabalar orasida "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida" va ''Manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida'' O'zbekiston Respublikasi qonunlarida keltirilgan atamalrning mazmuni va mohiyatini tushuntirish maqsadida joriy yilning 18-noyabr kuni Arxitektura fakulteti tyutorlari tomidan "Biz Korrupsiyaga qarshimiz" shiori ostida ma'rifat soati o'tkazildi.Tadbirni o‘tkazilishidan asosiy maqsad, talabalarda korrupsiyaga qarshi immunitetni oshirish, universitetni korrupsiyadan holi hududga aylantirishdan iborat.
E'lonlar
299
TAQU da Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi faoliyat yuritib kelmoqda
Bo'lim tomonidan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida tashkil etilayotgan bu kabi ommaviy tadbirlar talaba-yoshlar ongida korrupsion holatlarga qarshi murosasizlikka, bu illatga qarshi kurashda birlashishga undaydi.Agarda siz ta’lim jarayonida, har qanday korrupsiyaviy va manfaatlar to'qnashuviga oid holatdan xabar topsangiz darhol universitetning Korrupsiyaga qarshi kurash “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo'limi xodimlariga yoki@KorrupsiyagaQarshiKurash_bothttps://t.me/+BdbC_xxB_k9jMzZi +998555080314 telefon raqamiga anonim xabar qoldirishingizni so'raymiz.
Tadbirlar
420
"Yashil shahar" loyihasi asosida ko‘chat ekish tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda
Bugun saf yig‘ilishdan so‘ng tuman hokimi B.Abduvaliev boshchiligida, sektor rahbarlari, korxona va tashkilot mutasaddilari, ekolog olimlar, Toshkent xalqa avtomobil yo‘li bo‘yida manzarali daraxt ko‘chatini ekishga kirishildi. Dastlab, olim va mutaxassislar ishtirokida ko‘chatni ekish tartib taomili, ilmiy asosi hamda uni parvarishlash bo‘yicha maxsus seminar o‘kazildi. Shundan so‘ng, hokimlik xodimlari, korxona va tashkilotlar, nuroniy va yoshlar ko‘chatlarni ko‘rsatib berilgan tartib bo‘yicha yerga qadadi. Tadbirda ishtirok etganlar hamjihatlikda ushbu xalqa yo‘l atrofidagi 2,6 gektar yer maydoniga 400 ga yaqin katalpa, safora, pavloniya kabi o‘n turdagi ko‘chatlarni ekdi. Mazkur yo‘l atrofida 14 gektar yer maydoniga 4000 ga yaqin manzarali ko‘chatlarni ekish rejalashtirilgan. Yer maydoniga ekilgan ko‘chatlarni parvarish qilish, agrotexnik tadbirlari hamda sug‘orish tizimlariga ham mas’ullar biriktirildi. Yunusobod tumanida "Yashil makon" dasturi asosida barcha mahallalar, tashkilot, muassasalar hududidagi bo‘sh yotgan yer maydonlari, korxonalar, markaziy va shox ko‘chalar, ijtimoiy ob’ektlarda ko‘chat ekish tadbirlari davom etmoqda.
Tadbirlar
391
"Yashil makon"
Ayni daqiqalarda universitetimiz jamoasi "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasi Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahrida barpo etilayotgan "Ziyolilar bog'i"ni tashkil etishda faol ishtirok etmoqda.
Tadbirlar
428
“Yashil makon”
“Yashil makon” umummilliy loyihada faol ishtirok etaylik” shiori ostida Toshkent arxitektura-qurulish universitetida bugun soat 14:00 dan boshlab 300 dan ortiq manzarali va mevali daraxt koʻchatlari ekildi. Marafonda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari, iqtidorli talaba-yoshlar faol ishtirok etidilar.Marafon davomida universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori S.X.Mardov “Oʻzbekiston 24” telekanaliga intervyu berdi.
Tadbirlar
1078
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori B.A Tulaganov 1 kursga qabul qilingan Arxitektura fakulteti talabalari bilan uchrashdi
Ochiq muloqot tarzidagi uchrashuvda universitetda yoshlar uchun yaratilgan ko'plab imkoniyatlarni ta'kidlab talabalarni ulardan unumli foydalanishga chaqirildi. Universitet ichki tartib-qoidalariga qat'iy amal qilish va darslarga o'z vaqtida kelish uqtirildi. Talabalarning muammolari, taklif va tashabbuslari o'rganildi.
E'lonlar
737
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Yangi o'quv yili boshlandi
Bugun yurtimiz bo'ylab taʼlim muassasalarida yangi o'quv yili boshlandi. Shu munosabat bilan erta tongda talabalarni ko'tarinki kayfiyatda kutib olindi va tabriknomalar taqdim etildi. Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Bir boʻlsak-yagona xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz" shiori ostida tadbir tantanali boshlandi.Yangi o'quv yilining ochilish marosimida universitet rektori B.A.Tulaganov so'zga chiqib O'zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 33yilligi hamda universitetning 33 yilligi munosabati bilan barchani tabrikladi.Tadbir davomida eng yuqori ball to'plab, talabalikka tavsiya etilgan yoshlarga Maqtov yorlig'i topshirildi. Tadbir davomida yosh, umidli xonandalar tomonidan kuy-qo'shiqlar yangradi.
