Yangiliklar
Tadbirlar
496
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “Qurilish” fakultetida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “Qurilish” fakultetida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi M. Isakjonov va fakultet dekani A. Abdullayev ishtirokida 1-kurs talabalari bilan “Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida talabalar bilan korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri hamda unga qarshi kurashish yo‘llari muhokama qilindi. Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengash yig‘ilishida Davlat rahbari tomonidan bildirilgan “Islohotlarimiz natijadorligi avvalo, sadoqatli, fidoyi va korrupsiyaga toqatsiz yangi avlodga bevosita bog‘liq. Bu ishda fikri toza yosh avlodni tarbiyalash ustuvor vazifaga aylanishi shart” degan fikrlardan kelib chiqib, barcha talabalar universitetda yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, chuqur bilim olish va korrupsiyaga nisbatan murosasiz bo‘lishga chaqirildi. Tadbir yakunida talabalar korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limiga murojaat qilish tartibi hamda universitetda joriy etilgan korrupsiya haqida xabar berish aloqalari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘ldilar.
E'lonlar
836
“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn kitobxonlik tanlovini e'lon qilamiz
Tanlov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan har chorakda (yanvar-mart, aprel-iyun, iyul-sentabr, oktabr-dekabr oylarida) bir marotaba tashkil etiladi. Tanlovda Respublikamizdagi barcha (davlat, xorijiy, xususiy) oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan talabalar, shuningdek, kasbiy taʼlim muassasalari va akademik litsey oʻquvchilari ishtirok etishi mumkin.Tanlovda yuqori oʻrinlarni egallagan ishtirokchilar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi tartibda taqdirlanadi: 1-oʻrin 1 nafar – Noutbuk (core i5) va I darajali diplom; 2-oʻrin 2 nafar – Smart televizor (43 dyumm) va II darajali diplom; 3-oʻrin 3 nafar – Planshet (6/128) va III darajali diplom; 4-oʻrin 4 nafar – Smartfon (6/128) va faxriy yorliq; 5-oʻrin 5 nafar – Smartfon (4/64) va faxriy yorliq.“Eng faol targʻibotchi” nominatsiyasi gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi: 1-oʻrin 1 nafar – Planshet (6/128) va I darajali diplom; 2-oʻrin 2 nafar – Smartfon (6/128) va II darajali diplom; 3-oʻrin 3 nafar – Smartfon (4/64) va III darajali diplom.Tanlovda faol ishtirok eting va oʻz bilim darajangizni sinovdan oʻtkazing. Nizom bilan tanishib chiqing.https://taqu.uz/storage/files/80_1-ilova%20Nizom%20-20250327164220.pdf
Tadbirlar
486
Qadriyatlaring boqiy boʻlsin, Navroʻz!
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida ayni daqiqalarda Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan "Qadriyatlaring boqiy boʻlsin, Navroʻz! bosh gʻoyasi asosida sumalak boʻlib oʻtmoqda. Yomgʻirli ob-havoga qaramasdan barcha universitet professor-oʻqituvchilari, xodimlari hamda talabalari oʻzbegimning milliy kuy-qoʻshiqlariga koʻtarinki kayfiyatda raqsga tushmoqdalar.
Tadbirlar
539
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida rektor B.A. Tulaganov universitetda amalga oshirilayotgan islohotlar va dolzarb masalalar yuzasidan talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Uchrashuv davomida universitetning xalqaro hamkorlik aloqalari, talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ish bilan ta’minlash masalalari, sport va ijtimoiy faoliyat hamda universitetning asosiy maqsad va vazifalari muhokama qilindi. Shuningdek, ta’lim jarayonining xalqaro standartlarga mos ravishda takomillashtirilishi, talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va universitet rahbariyati ularning har biriga batafsil javob berdi.
E'lonlar
393
E'lon
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “Arxitektura yodgorliklari”, “Iqtisodiyot va ko‘chmas mulk” va “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedra mudiri lavozimlariga qayta tanlov e’lon qiladi! Tanlovda qatnashish uchun arizalar e’lon chiqqan kundan boshlab bir oy ichida Yunusobod tumani, Yangi shahar ko‘chasi 9-uy, Bosh bino 601-xonada qabul qilinadi. Murojaat uchun telefonlar: +998 55 508 50 06, +998 99 813 05 17
E'lonlar
571
TAQUning Oliy ta’limdan keyingi talimida tahsil olayotgan izlanuvchilarni choraklik ichki monitoringdan o‘tkaziladi
https://taqu.uz/storage/files/2025-1%20chorak-20250326161428.pdf
Tadbirlar
583
"Ma'rifat darsi"
Tadbir davomida Prezidentning 2025-yil 5-martdagi nutqi tahlil qilinib, uning yoshlarga oid jihatlariga alohida e’tibor qaratildi. Prorektor talabalarga bilim va ma’rifatning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida so‘zlab, ularni faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lishga, adolat va halollik tamoyillariga rioya qilishga undadi. "Yosh avlod tafakkuri va intellektual salohiyati kelajak rivojining asosiy omili. Shuning uchun biz ta’lim va ma’naviyatni ustuvor yo‘nalish sifatida ko‘rishimiz kerak", – dedi u. Mashg‘ulot davomida talabalar o‘z fikrlarini bildirishdi, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shishning innovatsion yo‘llari bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
Tadbirlar
501
O'zbek tili va adabiyot kafedrasi tomonidan ochiq dars bo'lib o'tdi
2025 yil 26 mart kuni 28-24 QMr guruhida Qurilish fakultetining 108-auditoriyasida “O’zbek tili” fanidan “Alisher Navoiy-so’z mulkining sultoni. Grammatika. So’z turkumlari” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Ochiq darsda “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi professor-o’qituvchilari dotsent kafedra mudiri N.A.Aripova, katta o’qituvchilar O.G’G’ulomov,J.S.Dalakyan, Ch.A.Azimova, assistentlar G.Sh.Yuldasheva, O.N.Fattoyeva, Sh.Q.Jo’rayev, M.A.Eshonov, F.Sh.Salayevlar ishtirok etishdi. Ochiq dars yuqori saviyada tashkil etilgan bo’lib, talabalarga bajarishi uchun kerakli tarqatma materiallar bilan ta’minlandi.Talabalar ishni amalda bajarib, aniq natijalarga erishdilar. Ochiq darsda kompyuter, ekran, proektordan o’z o’rnida foydalanildi va o‘qituvchi tomonidan “Alisher Navoiy-so’z mulkining sultoni. Grammatika. So’z turkumlari” mavzusidagi prezentatsiya hamda videolavha namoyish etildi. Ochiq dars jarayonida talabalar tomonidan mavzu yaxshi o‘zlashtirilishi uchun to‘liq harakat qilindi. Har bir talaba Alisher Navoiyning ruboiy va g’azallaridan aytib berishdi. Dars jarayonida talabalarning barchasi faol ishtirok etishdi.
Tadbirlar
425
Faxriylar kengashi faxriysi Magametova Gulshaira Islamovna bilan davra suhbati bo'lib o'tdi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida shaharsozlik va arxitektura sohasida uzoq yillik tajribaga ega mutaxassis, Faxriylar kengashi faxriysi, “O‘zshaharsozlik LITI” DUK bosh me’mori Magametova Gulshaira Islamovna bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida G. Magametova o‘zining kamida 50 yildan ortiq mehnat faoliyati davomida amalga oshirgan yirik qurilish loyihalari haqida so‘zlab berdi. U G‘alaba va Navro‘z bog‘lari, Oloy bozori hamda bir necha yirik obyektlarning qurilishi va rekonstruksiyasida loyiha bosh arxitektori sifatida ishtirok etgan hamda mualliflik nazoratini amalga oshirgan. Tadbir davomida talabalar bilan qizg‘in davra suhbati o‘tkazilib, ularning savollariga javob berildi. Uchrashuv yosh mutaxassislar uchun ilhomlantiruvchi va manfaatli bo‘ldi.
