Yangiliklar
Yangiliklar
688
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Registrator ofisi” faoliyati o‘rganildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 19-martdagi “Oliy taʼlim tashkilotlaridagi “Registrator ofisi” faoliyatini o‘rganish toʻgʻrisida”gi 111-son buyrug‘iga asosan Ishchi guruhi a’zolari B.A. Xolmirov va J.B. Xayitov 2025-yil 14-aprel kuni Toshkent Arxitektura-Qurilish Universitetida yangi tashkil etilgan Registrator ofisiga tashrif buyurishdi. Ishchi guruhi a’zolari Registrator ofisining tashkiliy-huquqiy asoslari, ko‘rsatilayotgan xizmat turlari va ofis menejerlari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. O‘rganish yakunida Ishchi guruhi tomonidan Registrator ofisi faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi
E'lonlar
477
Huquqiy axborot sifatida tarqatilishi koʻzda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati
Barchamiz bilishimiz zarur bo'lgan yangi huquqiy axborot sifatida tarqatilishi koʻzda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati
Tadbirlar
362
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Ilhom mukofoti" saralash bosqichi o'tkzildi
Saralash bosqichi adabiyotimiz durdona asarlari, adib, shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodini qamrab oluvchi 50 ta test asosida bo'lib o'tdi.Tanlov natijalariga ko'ra:1-o'rinni Vahobova Gavhar Vahobovna2-o'rinni Djumamuratova Madina Zoir qizi3-o'rin Safaraliyev Ozodbek Husniddin o'g'li g'olib deb topildi.
Yangiliklar
399
Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga Buyuk Britaniyaning Wolverhampton universiteti prorektori hamda Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i, shuningdek IDM ta’lim inistituti direktori tashrif buyurdilar
Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga Buyuk Britaniyaning Wolverhampton universiteti prorektori hamda Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i, shuningdek IDM ta’lim inistituti direktori tashrif buyurdilar. Tashrif davomida universitetimiz rektori Tulaganov B.A. tomonidan o’zaro hamkorlik masalalari, universitetda olib borilayotgan islohotlar bo’yicha taqdimot bo’lib o’tdi. O’zaro almashinuv loyihalaridan ilhomlangan Prof. Ebrahim Adia qiziqishlarini bildirgan holda hamkorlik doirasida o’qituvchi, talabalar va ilmiy tadqiqot ishlari almashinuvi borasida mimorandum imzolashga kelishib oldilar.
Tadbirlar
440
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori talabalar yashash sharoitlari bilan tanishdi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori B.A. Tulaganov ijara honadonlarida yashayotgan talabalar holidan xabardor bo‘lish maqsadida ular yashaydigan xonadonlar o'rganilib talabalr bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida talabalar bilan yaqindan muloqot qilinib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi va yashash sharoitlari o‘rganildi.
E'lonlar
379
E'lon
Slovakiya Respublikasining Milliy stipendiya dasturi doirasida 2025/2026-akademik yil uchun o‘qish, ilmiy-tadqiqot, o‘qituvchilik va badiiy faoliyat bilan shug‘ullanish maqsadida arizalar qabuli e’lon qilinganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushdi (ilova qilinmoqda). Stipendiya uchun arizalar topshirishning oxirgi muddati - 2025-yil 30-aprel. Batafsil ma’lumotni www.scholarships.sk havolasi orqali olish mumkin).
E'lonlar
408
Muhandislik oyligi doirasida "Oliygoh kubogi" tanlovi bo'lib o'tdi
Ha’yat hulosasi“Atrof-muhit muxandisligi’’ yo‘nalishi bo‘yicha baholash mezonlari“IOT Sun’iy intellekt’’ yo‘nalishi bo‘yicha baholash mezonlari
E'lonlar
375
Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin Navro‘z!
Universitetimizning barcha professor-o'qituvchilari, xodim va talabalarini Navro'z- yangilanish, yasharish va ezgulik ayyomi munosabati bilan 18-aprel (Juma) kuni bo'lib o'tadigan NAVRO'Z SAYLIga taklif etamiz!Tadbirda talabalar:"Eng yaxshi milliy libos" "Eng yaxshi milliy dasturxon" "Eng kreativ jamoa" nominatsiyalari asosida bellashishadi. Talabalar o'rtasida:Milliy kurashTosh ko'tarishArqon tortish musobaqalari bo'lib o'tadiBarchangizni kontsert dasturimizga taklif qilamiz!Manzil: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti hovlisi.
Tadbirlar
468
"Rektor va yoshlar uchrashuvi"
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Rektor va yoshlar uchrashuvi” doirasida navbatdagi uchrashuv Arxitektura fakulteti talabalari bilan bo‘lib o‘tdi. Tadbirni universitet rektori, professor Tulaganov Bahrom Abdukabilovich kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida universitetda yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularning ilmiy-innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berdi. Tadbir yakunida Arxitektura fakulteti dekani Xasanov Azamat Ozodovich so‘zga chiqib, barcha g‘oliblarni chin dildan tabrikladi hamda yaqin orada dunyoning yetakchi arxitektura kompaniyalari ishtirok etishi rejalashtirilayotgan xalqaro konferensiyaga fakultet talaba-yoshlarini faol ishtirok etishga chorladi.
