Yangiliklar

Yangiliklar

 533

TAQU va Universiteti Malaya o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

TAQU va Universiti Malaya o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.Toshkent arxitektura-qurilish universiteti  rektori v.v.b. B.A. Tulaganov Malayziyada bo‘lib o‘tayotgan  Malayziya – O‘zbekiston Oliy ta’lim forumi va ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.3-fevral kuni TAQU va Malayziyaning nufuzli Universiti Malaya UM o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum MoU imzoladi.Ushbu kelishuv ikki universitet o‘rtasidagi ilmiy va akademik aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.Uchrashuv davomida tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi:Ilmiy loyihalarni birgalikda ishlab chiqishTalaba va doktorantlar almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yishAkademik sohadagi aloqalarni kengaytirishIlmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarga investitsiyalar jalb qilish Universiti Malaya Malayziyaning eng nufuzli universiteti bo‘lib, mamlakatda 1-o‘rinni egallaydi. Jahon miqyosida esa QS reytingida 60-o‘rinda qayd etilgan. Uning yuqori reytingi va ilmiy salohiyati TAQU bilan hamkorlikni yanada samarali va istiqbolli qilish imkonini beradi. Ushbu memorandum orqali qo‘shma ilmiy va innovatsion loyihalar, investitsiyalar, ilmiy tajriba va madaniy almashinuv imkoniyatlari kengayadi. Kelishuv TAQUning xalqaro hamkorlik salohiyatini mustahkamlash, talabalarga yangi imkoniyatlar yaratish va investitsion muhitni rivojlantirishga xizmat qiladi.

E'lonlar

 656

2025-2026 o'quv yili uchun YUNESKO va Xitoy Hukumatining “Buyuk devor” stipendiyalari tanlovi e'lon qilindi.

2025-2026 o‘quv yili uchun YUNESKO va Xitoy Hukumatining “Buyuk devor” stipendiyalari tanlovi e'lon qilindi (https://www.unesco.org/en/fellowships/greatwall).Mazkur stipendiya dasturi doirasida Xitoy universitetlarida bir yillik tadqiqotchi (45 yosh), yetakchi tadqiqotchi (50 yosh), magistratura (35 yosh) hamda doktorantura (40 yosh) kurslari taklif etiladi. Xalqaro aviachipta va bir yillik o‘qish bilan bog‘liq xarajatlarni YUNESKO va Xitoy Hukumati o‘z zimmasiga oladi. Tanlovda qatnashmoqchi bo‘lgan nomzodlar oliy ma’lumotga (magistr darajasiga va ayrim sohalar uchun bakalavr darajasiga) ega bo‘lishi lozim. Nomzodlardan, shuningdek, ingliz tilini bilishi, yoshi tegishli kurslarga mos kelishi, aqlan va jismonan sog‘lom bo‘lishi talab etiladi. Dasturda qatnashayotgan Xitoy oliygohlari va sohalar bo‘yicha ma’lumotni (https://www.campuschina.org/universities/index.html) veb-sahifasi orqali olish mumkin.Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan nomzodlar stipendiya yoʻriqnomasi bilan tanishib quyidagi hujjatlarni ikki nusxada to‘ldirishi lozim:- maxsus ariza varaqasi (http://www.csc.edu.cn/studyinchina) onlayn tarzda to‘ldiriladi va nusxalari uchta rasm bilan birgalikda taqdim etiladi);- diplomning yoki sertifikatlarning hamda reyting qaydnomasining tasdiqlangan nusxasi va tarjimasi;- Xitoy universitetlarining biridan kelgan taklifnoma (agar oldindan ushbu universitet bilan aloqa o‘rnatilgan bo‘lsa);- nomzodning ilmiy faoliyati bilan yaqindan tanish bo‘lgan ikki olimning tavsiyanomalari (ingliz tilida);- stipendiya uchun taqdim etilayotgan ilmiy tadqiqot loyihasi (500 so‘zdan iborat);- tibbiy ma’lumotnoma (ilova etilayotgan maxsus shaklda);- ingliz tili bilimini tasdiqlovchi sertifikat.Hujjatlarni joriy yil 1-fevraldan kechiktirmagan holda Xalqaro aloqalar bo‘limiga (bosh bino 604-xona) yetkazishingizni so‘raymiz.

Tadbirlar

 423

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida bo'lib o'tgan ushbu uchrashuv yosh mutaxassislar uchun muhim tajriba almashish maydonchasi bo'ldi.

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuv yosh mutaxassislar uchun muhim tajriba almashish maydonchasi bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK bosh direktori o‘rinbosari Iskandarov Erkin Buriyevich ishtirokida o‘tkazilgan ushbu tadbirda talabalar bino va inshootlarni loyihalash hamda qurilish jarayonlari bo‘yicha qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Uchrashuv davomida soha mutaxassisi o‘z tajribasini ulashib, shaharsozlik hujjatlarining ekspertizasi, loyihalash me’yorlari, qurilish sifatini oshirish va zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati haqida atroflicha tushuncha berdi. Talabalar qurilish sohasi bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va sohaga oid dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashishdi. Mazkur uchrashuv yosh mutaxassislarning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish, ularni amaliy bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, kelgusida ham bu kabi tadbirlarni muntazam o‘tkazish rejalashtirilgan.

Yangiliklar

 482

Universiteti rektori v.v.b B. Tulaganov boshchiligidagi delegatsiya TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetiga tashrif buyurdi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektoriv.v.b  B. Tulaganov boshchiligidagi delegatsiya TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetiga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif davomida ikki universitet o‘rtasida ilmiy-texnik va ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, yangi tashabbuslar va loyihalar bo‘yicha fikr almashish kabi muhim masalalar muhokama qilindi. Uchrashuvda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.- Geotexnika ilmiy-innovatsion qo‘shma laboratoriyasini tashkil etish konsepsiyasini ishlab chiqish, Ikki universitet o‘rtasida geotexnika sohasida ilmiy-innovatsion qo‘shma laboratoriya tashkil etish bo‘yicha konsepsiya ishlab chiqilishi va amaliyotga tatbiq etilishi ko‘zda tutilgan.- Qurilish muhandisligi maktabi faoliyatiga ikki universitet xodimlarini jalb etish, TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetida tashkil etilgan qurilish muhandisligi maktabi faoliyatida ikki universitetning xodimlari hamkorlikda ishtirok etishlari rejalashtirilgan.- Oqova kanallarni betonlash bo‘yicha ishchi guruh tashkil etish, Oqova kanallarni betonlash sohasida ikki universitet olimlari hamkorligida ishchi guruh tashkil etish va ushbu sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish masalalari ko‘rib chiqildi.- Ilmiy hamkorlik va maqolalar chop etish, Qurilish muhandisligi, gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish, shuningdek, gidrotexnika va geotexnika muhandisligi yo‘nalishlarida tahsil oluvchi talabalar va soha olimlari o‘rtasida hammualliflikda maqolalar chop etish hamda xalqaro ilmiy-tadqiqot loyihalarida ishtirok etish rejalashtirilgan.- Megaloyihalarni amalga oshirish: Qurilish sohasidagi yirik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish va ularni birgalikda boshqarish masalalari muhokama qilindi.- Ushbu tashrif va uchrashuv natijasida ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va yangi ilmiy-texnik yutuqlarga erishish maqsadida bir qator qadamlar ko‘rilishi kutilmoqda.

Yangiliklar

 363

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti uch tomonlama kelishuv imzoladi.

Toshkent Turin politexnika universiteti, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti hamda Italiyaning Politecnico di Torino universitetlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha umumiy kelishuv imzolandi.Mazkur kelishuv ikki davlatning ta’lim va ilmiy tadqiqot sohalarida yanada chuqur integratsiyani rivojlantirishga qaratilgan. Hamkorlik doirasida quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat olib borilishi rejalashtirilmoqda:Muhandislik va arxitektura yo‘nalishlarida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish;Ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar ustida birgalikda ishlash;Talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi orqali tajriba almashish.Mazkur kelishuv milliy va xalqaro darajada ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda. Hamkorlik – kelajakning muvaffaqiyatli poydevori!

Tadbirlar

 467

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida rektor v.v.b. B.Tulaganovning tayanch doktorantlar va doktorantlar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida rektor v.v.b. B.Tulaganovning tayanch doktorantlar va doktorantlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.  Uchrashuv davomida izlanuvchilar o‘z ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha savol-javoblar o‘tkazishdi va muhim masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, doktorantlar uchun ilmiy izlanishlarini samarali davom ettirishga mo‘ljallangan, zamonaviy texnik baza bilan jihozlangan maxsus xona ajratilib, foydalanishga topshirildi. Bu tashabbus tadqiqotchilarning ishlarini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Tadbirlar

 392

Toshkent Arxitektura-Qurilish Universitetining iqtidorli talabalari taqdirlandi!

Toshkent Arxitektura-Qurilish Universitetining iqtidorli talabalari taqdirlandi!Quyidagi talabalar davlat stipendiyalariga sazovor bo'ldilar:Umarkulova Shaxodat Mashrab qiziO'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibasi.Ne'matjonova Mahliyo Nizomjon qiziNavoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi.Xolyorova Maftuna Azamat qiziBeruniy nomidagi davlat stipendiyasi g'olibasi.Ular Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti rektori v.v.b. B. Tulaganov tomonidan  taqdirlandilar. Tabriklaymiz! Talabalarimizga kelgusi ilmiy izlanishlarida muvaffaqiyat tilaymiz!

Yangiliklar

 415

Xalqaro xamkorlik.

Toshkent arxitektura-qurilish universitetining “Arxitektura” fakulteti  professor  oʻqituvchilari  Turkiyada  boʻlgan xizmat safari davomida Istanbul Universitetida uchrashuv bo'lib o'tgani haqida xabar  bergan edik.Uchrashuvda ikki universitet oʻrtasida hamkorlik memorandumni imzolashga kelishilgan edi.  Kuni kecha Toshkent Arxitektura qurilish Universiteti rektori v.v.b  B.Tulaganov tomonidan ushbu memorandum imzolandi.Memorandum shartlariga ko'ra endilikda  ilmiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish, yozgi taʼlim maktablarini tashkil etish, talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyish hamda ilmiy maqolalar boʻyicha hamkorlikni kengaytirish kabi masalalar nazarda tutilgan.Eslatib o'tamiz! Istanbul Universitetida bugungi kunda  17 ta fakultetda 48000 ta talaba tahsil oladi. Universitet  QS reytingida dunyo universitetlari orasida 621-oʻrinni egallab, xalqaro ilmiy va akademik hamkorlikda yuqori natijalarga erishib kelmoqda. Ushbu memorandum ikki universitet oʻrtasida akademik hamkorlikning yangi bosqichini boshlab berdi.

Tadbirlar

 395

Satira teatrida rahbar xodimlar, professor-o'qituvchilar, xodimlar hamda talabalar bilan ma'daniy hordiq.

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar prorektori S.Mardov boshchiligida Oʻzbekiston Davlat Satira teatriga borildi.Unda muallif Sh.Mahkamovning "Quticha" asari rejissor M.Xoliqov tomonidan sahnalashtirilgan. Spektakl komediya janrida boʻlib, unda boylikka osonlikcha erishib boʻlmaslik, qoʻshnilar bilan mehr oqibatni buzmaslik hamda oila muqaddasligi haqida aks etgan.Universitet xodimlari va talabalari komediya janrli ushbu spektakldan maʼnaviy ozuqa olishdi.