Yangiliklar

Yangiliklar

 472

2025-yil 10-iyun kuni Toshkentdagi Hilton mehmonxonasida Zaha Hadid Architects kompaniyasi direktori, dunyo miqyosida taniqli arxitektor Paolo Matteuzzi rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi

Tashrif doirasida u bir qator mutaxassislar, arxitektorlar hamda oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlar doirasida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti dekani Azamat Xasanov bilan bo‘lgan muloqot alohida ahamiyat kasb etdi. Suhbat davomida tomonlar arxitektura sohasida o‘zaro hamkorlik, ilmiy va amaliy loyihalarni birgalikda amalga oshirish, talabalar uchun seminar va treninglar tashkil etish masalalarini muhokama qildilar. Mazkur hamkorlikuniversitet  talabalari uchun zamonaviy arxitektura va dizayn yo‘nalishida chuqur bilim hamda amaliy tajriba olish imkoniyatini yaratadi.

Yangiliklar

 510

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti delegatsiyasi Xitoyda o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda

Ayni paytda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti vakillari Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib o‘tayotgan “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi Ilm-fan va texnologiya sohasida hamkorlikka bag‘ishlangan Ikkinchi xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda. Ushbu nufuzli anjumanda universitet delegatsiyasi a’zolari ilmiy-texnologik hamkorlik, innovatsiyalarni rivojlantirish hamda ilg‘or tajribalarni o‘zaro almashish masalalari bo‘yicha o‘z ma’ruzalari bilan qatnashmoqda. Konferensiya doirasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish va ilmiy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar

 482

Xitoy – O‘zbekiston ilmiy-texnikaviy innovatsiyalar hamkorligi bo‘yicha simpozium bo‘lib o‘tmoqda

Ayni daqiqalarda Xitoy – O‘zbekiston ilmiy-texnikaviy innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikka bag‘ishlangan xalqaro simpozium bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur nufuzli tadbirda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti ham faol ishtirok etmoqda. Unda Universitet rektori B.Tulaganov va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor D.Mirjalilova simpozium ishtirokchilari oldida o‘z ma’ruzalari bilan chiqish qilishdi.

E'lonlar

 606

KOICA Stipendiya Tanlovi – 2025

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025-yil 16-maydagi 05-41-3808-sonli xatiga asosan, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va Koreya Respublikasining davlat universitetlari hamkorligida 2025-o‘quv yili uchun magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha stipendiya tanlovi e’lon qilindi.Kimlar ishtirok etishi mumkin:Oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilariIlmiy xodimlarMagistrantlarDoktorantlarTalab etiladigan hujjatlar:To‘ldirilgan arizaTavsiya xati (rektor imzosi bilan)Barcha zarur hujjatlar (batafsil ro‘yxat ilovada)Hujjatlar topshirish muddati: 2025-yil 10-iyun, soat 16:00 gacha Hujjatlar: xab@edu.uz elektron manziliga yuboriladi Xat mavzusi: “KOICA stipendiyasi”, Vazirlik xati raqami ko‘rsatilishi shartBatafsil ma’lumot va hujjatlar ro‘yxati ilovada Rasmiy sayt: www.koica.go.kr/ciat/index.doKOICA Stipendiya Tanlovi – 2025

Tadbirlar

 435

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari tarixiy obidalar joylashgan hududlarda o‘quv-amaliyot jarayonlarini olib bormoqda

Toshkent arxitektura-qurilish universitetining 2-bosqich “Restavratsiya”, “Arxitektura” va “Urbanistika” yo‘nalishlari talabalari uchun “Arxitektura yodgorliklari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari rahbarligida o‘quv malakaviy o‘lchov amaliyotlari tashkil etildi.Mazkur amaliyot doirasida talabalar quyidagi tarixiy va madaniy meros ob’ektlarida amaliy ishlarni olib bormoqda:Samarqand shahri: Ishratxona, Registon majmuasiBuxoro shahri: Revgangaron va Quyi xonaqoh guzari masjidlariToshkent shahri va Toshkent viloyati: Hazrati Imom majmuasi, Ko‘kaldosh masjidi Amaliyot davomida talabalar nafaqat o‘lchov ishlarini bajarishmoqda, balki ushbu tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishish, ularning me’moriy xususiyatlarini o‘rganish hamda ekskursiyalar orqali ilmiy-nazariy bilimlarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘lmoqdalar.

E'lonlar

 400

Latipov Rustambek Ataxanovichning (PhD) dissertatsiyasi muhokamasiga taklif etamiz

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 2025 yilning 26 iyun kuni, soat 13:00 da Latipov Rustambek Ataxanovichning  13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (chizmachilik)  ixtisosligi bo‘yicha “Umumta’lim maktablaridagi chizmachilik fanidan ta’lim jarayonida axborot va didaktik resurslarning integratsiyasi” mavzusidagi  (PhD) dissertatsiyasining himoya majlisiga taklif etamiz.Manzil: 4-bino, 5-qavat, Faollar zali

E'lonlar

 364

Toshpulatov Faxriddin Urolovichning (PhD) dissertatsiyasi muhokamasiga taklif etamiz

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 2025 yilning 26 iyun kuni, soat 10:00 da Toshpulatov Faxriddin Urolovichning  13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (chizmachilik)  ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarining estetik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi  (PhD) dissertatsiyasining himoya majlisiga taklif etamiz.Manzil: 4-bino, 5-qavat, Faollar zali

Yangiliklar

 536

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori faxriy unvon bilan taqdirlandi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Baxrom Tulaganov oliy ta’lim tizimidagi samarali faoliyati, ta’lim sifatini oshirishdagi ulkan hissasi hamda fidokorona mehnati uchun “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.Hurmatli Baxrom Tulaganov sizni universitet jamoasi nomidan  chin yurakdan muborakbod etamiz!Kelgusi ishlarida ham ulkan zafarlar tilaymiz!

Tadbirlar

 564

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va Polshaning Bialystok Oliy iqtisodiyot universiteti o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturi doirasidagi hamkorlik kengaytirilmoqda

Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga Polsha Respublikasining Bialystok Oliy iqtisodiyot universiteti rektori professor Aleksandr Prokopyuk boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, “Iqtisodiyot va ko‘chmas mulk” hamda “Qurilish va atrof-muhit muhandisligi” kafedralari doirasida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvga erishildi va tegishli hamkorlik shartnomalari imzolandi.