Yangiliklar

E'lonlar

 5085

Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga 2024-2025 o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan kunduzgi ta’lim shakli talabalari diqqatiga

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 25-martdagi 117-sonli buyrug‘i ijrosi yuzasidan Toshkent arxitektura-qurilish universiteti boʻyicha 2025/2026 oʻquv yilida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash parametrlari tasdiqBakalavrMagistratura

Tadbirlar

 329

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida talabalarning akademik mobilligini oshirishga qaratilgan onlayn mashg‘ulot tashkil etildi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Menejment fakulteti Iqtisodiyot va Menejment yo‘nalishlari talabalari uchun “Raqamlashtirish davrida samarali ishga joylashish strategiyalari: intervyu strategiyalari, xalqaro kompaniyada muvaffaqiyatli intervyu topshirish” mavzusida onlayn mashg‘ulot o‘tkazildi. Mazkur mashg‘ulot Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universiteti lektori Armine Eduardovna hamda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti  Xorijiy tillar kafedrasi mudiri Xilola Zakirova tomonidan tashkil etildi. Dars davomida talabalar raqamli texnologiyalar va global ish bozorida muvaffaqiyatli ishga joylashish uchun zarur bo‘lgan asosiy ko‘nikmalar va strategiyalar bilan tanishtirildi. Xususan, xalqaro kompaniyalarda intervyu topshirishning samarali usullari, ingliz tilidagi muloqot madaniyati, global ish muhitiga moslashish kabi mavzular atroflicha muhokama qilindi. Armine Eduardovna talabalar uchun intervyu jarayonida o‘z bilim va tajribalarini aniq hamda samarali tarzda taqdim etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi. Mashg‘ulotda bugungi kunda raqamli ko‘nikmalarga ega bo‘lish, onlayn portfellardan foydalanish va xalqaro tarmoqlarda faoliyat yuritish imkoniyatlari ishga joylashishda muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.

Tadbirlar

 322

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida oliy ta’limdan keyingi ta’lim oluvchi izlanuvchilarning chorak monitoringi o‘tkazildi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida tahsil olayotgan izlanuvchilarning ilmiy faoliyatini baholashga qaratilgan chorak monitoring jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Monitoring davomida izlanuvchilarning dissertatsiya mavzusi doirasidagi ilmiy izlanishlar holati, amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda kelgusidagi rejalar atroflicha muhokama qilindi. Ilmiy rahbarlar tomonidan izlanuvchilarning faoliyatiga doir tegishli tavsiyalar berildi. Monitoring natijalari asosida ilmiy izlanishlarning sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishini ta'minlash maqsadida zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Tadbirlar

 316

Toshkent arxitektura-qurilish universitetining 1-sonli talabalar turar joyida talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Tadbirda universitetning yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha prorektori S. Mardov ishtirok etib, talabalar bilan ochiq muloqot olib bordi. Uchrashuv davomida talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Prorektor yotoqxonadagi yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, taʼlim va maʼnaviy muhitni boyitish borasida talabalar bilan fikr almashdi.

E'lonlar

 296

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti mard va jasur yigitlari diqqatiga!

“Amir Temur vorislari” harbiy-sport spartakiadasini eʼlon qilamiz!Musobaqa 3 bosqichda boʻlib oʻtadi hamda 2 ta shart asosida baholanadi. 1-shart: oʻquv granatasini uzoqlikka uloqtirish sharti;   2-shart:  turnikda tortilish sharti.Musobaqaning yakuniy 3-bosqichida 1-oʻrin gʻolibligini qoʻlga kiritgan jamoaning har bir aʼzosi universitet faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlanadi. Universitetimiz mard va jasur, oʻziga ishongan yigitlarimizni musobaqada faol ishtirok etishlarini soʻraymiz. Kuchingizni sinab koʻring va gʻoliblikni qoʻlga kiriting. Quyidagi silka orqali tanlov nizomi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.https://taqu.uz/storage/files/102-ilova%20Nizom-20250403103514.pdf

E'lonlar

 355

E'lon

Talaba-yoshlar oʻrtasida 2025-yilning mart-aprel oylarida “Vatanni madh etib” eng yaxshi videoroliklar tanlovini eʼlon qilamiz!“Vatanni madh etib” eng yaxshi videoroliklar tanlovining final bosqichida 1-, 2-, 3-oʻrinni egallagan ishtirokchi yoki jamoalar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan vazirlikning diplomi hamda oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan (daromad soligʻi qoʻshib hisoblangan) quyidagi tartibda: 1-oʻrin – 20 million soʻm,2-oʻrin – 15 million soʻm,3-oʻrin – 10 million soʻm pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.Barcha iqtidorli talabalarni faol ishtirok etishlarini soʻrab, omad tilab qolamiz!Quyidagi silka orqali tanlov nizomi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.https://taqu.uz/storage/files/107-2-ilova%20Nizom-20250403102738.pdf

E'lonlar

 348

E'lon

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Qurilish konstruksiyalarini loyihalashda komputer texnalogiyalari kafedrasi o’qituvchisi Azimov Aliasqar Alisher o’g’li  “Yangi grunt sistemasidan foydalanib grunt zaminli konsturuksiyaning geometriyasini yaratish” mavzusida seminar o’tkazadilar.2-aprel16:301-bino 403-xona 

E'lonlar

 316

Germaniya tadqiqot fondi tomonidan belgilangan yo'nalishlarda tanlov e'lon qiladi

Germaniya tadqiqot fondi (DFG - Deutsche Forschungsgemeinschaft)tomonidan O‘zbekiston uchun quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlarinibajarish belgilangan:Raqamlashtirish va aqlli texnologiyalar;Barqaror shaharsozlik va aqlli shaharlar;Qayta tiklanadigan energiya va resurslarni boshqarish.Mazkur yo‘nalishdagi tanlovga joriy yilning 15-apreliga qadar hujjatlar qabul qilinadi. Qo‘shimcha ma’lumot va loyiha shakllari uchun havola: https://www.dfg.de/en/news/news-topics/announcements-proposals/2025/ifr-25-22

E'lonlar

 312

2025/2026 oʻquv yili uchun Latviya davlat tadqiqotlari stipendiyalariga arizalar qabul qilish 1 -aprelgacha

2025/2026 oʻquv yili uchun Latviya davlat tadqiqotlari stipendiyalariga arizalar qabul qilish 2025-yil 1-aprelgacha ochiq boʻladi. Barcha tegishli maʼlumotlar Taʼlimni rivojlantirish davlat agentligining https://www.vian.gov.lv/en/latvian-state-scholarships veb-saytlarida va Study in Latviya veb-saytida eʼlon qilingan https://studvinlatvia.lv/scholarships . Latviya universitetlarida o‘qish haqida ma’lumot, mavjud o‘quv dasturlari va amaliy ma’lumotlarni Latviya Study veb-saytida topishingiz mumkin www.studyinlatvia.lv