Yangiliklar

Yangiliklar

 258

“Kelajak Muhandislari” Xalqaro festivali doirasida o‘tkazilgan 3D-Modellashtirish tanlovi final bosqichi natijalari

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasida tashkil etilgan 3D-modellashtirish tanlovining final bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.Final bosqichi natijalariga ko‘ra, universitetimiz talabalari quyidagi yutuqlarga erishdi:1-o‘rin – Midnov Elbek2-o‘rin – Ne’matullayev Qurbonali3-o‘rin – Nuralisherov AzizbekMazkur g‘alaba universitetimiz talabalari tomonidan texnik bilim va ijodiy yondashuvning yorqin ifodasi bo‘ldi.

E'lonlar

 294

"Anti-Corruption Hackathon 2025"ga start berildi

Joriy yilning 2-3-4 may kunlari "Yangi O‘zbekiston" universitetida “Anti-Corruption Hackathon 2025" xakatoni bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirokchilar ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda korrupsiyaga qarshi innovatsion yechimlar ishlab chiqish imkoniga ega bo'ladi.  G‘oliblar Gonkongda bo‘lib o‘tadigan Osiyo yoshlar korrupsiyaga qarshi kurashish xakatoni ("Coding4Integrity")da O‘zbekiston nomidan ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritadi.Yo‘nalishlar:- davlat xaridlari, sport, qurilish, moliya va sug'urta tizimlarida korrupsiyaning oldini olish;- korrupsiyaga qarshi kurashishga aholi va yoshlarni jalb etish;- ochiq ma'lumotlar orqali korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan boshqa yondashuvlar.Xakatonda ingliz tilini yaxshi biladigan 18-35 yoshdagi turli soha vakillari yakka yoki (3 kishilik) jamoaviy holda ishtirok etishi mumkin.Tayyorlov vebinari: 21-aprelXakatonda ishtirok etish uchun 28-aprelga qadar  uchbu havola orqali ro'yxatdan o'tish so'raladi.Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Tadbirlar

 228

Ochiq dars

2025-yil 18-aprel kuni Menejment fakulteti  47-24 Mo‘ guruhida 2-bino 422 - xonada “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan “Tarixiy-me’moriy yodgorliklar va ularni qayta tiklanishi” mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tdi. Talabalar guruhlarga bo‘linib Respublikamizda tarixiy-me’moriy yodgorliklarga bo‘lgan e’tibor va ularni qayta tiklanishi va asrab-avaylash borasida amalga oshirilayotgan ishlar borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Yurtimizda mavjud tarixiy shaharlar, tarixiy, me’moriy va arxeologik yodgorliklar haqida ma’lumotlar berildi, ularning avvalgi va  hozirgi holati haqida ma’lumotlar berildi. 18-aprel - “Xalqaro yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash kuni” haqida talabalar tomonidan tayyorlab kelingan foto va video materiallar orqali dars yanada qiziqarli va muhokamalarga boy o‘tdi. Shuningdek, dars jarayonida interfaol dars metodlardan unumli foydalanilib, dars yakunida talabalarga topshiriqlar berildi. Dars jarayonida talabalarning barchasi faol ishtirok etishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Ochiq dars mazmunli va samarali o‘tdi.

Yangiliklar

 289

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori va universitet vakillari Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan “Jihozvent” ventilyatsiya zavodiga tashrif buyurishdi

Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, hamda kelgusidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan rejalarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. Tashrif davomida tomonlar o‘zaro tajriba almashish, talabalarni amaliyotga jalb etish va ilmiy-texnikaviy loyihalarni birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishishdi.

Tadbirlar

 245

Shu munosabat bilan, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisining VII Hisobot-saylov konferensiyasi bo'lib o'tdi

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Ustavi hamda “O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, barcha kasaba uyushma tashkilotlarida har besh yilda bir marotaba hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazilishi belgilangan.

E'lonlar

 282

Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibiyati ma’lumotiga ko‘ra, Ozarbayjon Hukumati tomonidan 2025-2026-o‘quv yili uchun Geydar Aliyev nomidagi stipendiya dasturi e’lon qilingan

Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibiyati ma’lumotiga ko‘ra, Ozarbayjon Hukumati tomonidan 2025-2026-o‘quv yili uchun Geydar Aliyev nomidagi stipendiya dasturi e’lon qilingan. Mazkur dastur doirasida jami 100 nafar talabaga bakalavriat, magistrature va doktorantura bosqichlari uchun grantlar ajratish ko‘zda tutilgan.Grant dasturiga hujjatlar topshirishning oxirgi muddati: 2025-yil 15-may.Batafsil: https://dtpi.uz/2025-2026-oquv-yili-uchun-geydar-aliyev-nomidagi-stipendiya-dasturi/

Tadbirlar

 260

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Bahor nafasi talabalar nigohida” ko‘rgazmasi ochildi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetining “Arxitektura” fakulteti “Muhandislik grafikasi” kafedrasi tomonidan “Bahor nafasi talabalar nigohida” nomli tasviriy san’at ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazmada 1-2-kurslarda tahsil olayotgan 150 ga yaqin talabaning bahor mavzusida yaratilgan 100 dan ortiq qalamtasvir, rangtasvir va grafik ishlari namoyish etilmoqda. Tadbirda universitet rahbariyati, Fakultet dekni, professor-o‘qituvchilar va  talabalar ishtirok etdilar.

Tadbirlar

 325

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasida malakaviy amaliyot boshlandi

2025-yil 14-apreldan Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi sirtqi ta’lim yo‘nalishining 3- va 4-kurs talabalari uchun malakaviy (o‘quv texnologik va ishlab chiqarish) amaliyotlari boshlandi. Amaliyot doirasida 3-kurs talabalari Toshkent shahri Yunusobod tumani Yangi shahar ko‘chasida qurilayotgan Avtoturargoh binosi hamda qurilishi yakunlanmagan Jamoat binosining qurilish jarayonlari bilan tanishdilar. 4-kurs talabalari esa “Renessans” turar-joy majmuasida olib borilayotgan qurilish ishlarida bevosita ishtirok etmoqdalar. Ushbu majmua 5 qavatli zamonaviy turar-joy binolaridan iborat bo‘lib, amaliyot davomida talabalar loyihaning barcha bosqichlari bilan tanishmoqda. Mazkur amaliyotlar talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, sohadagi amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

E'lonlar

 247

E'lon

Women in STEM (xotin-qizlarni fan, texnologiya, muhandislik va matematika) sohalarida qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan global stipendiya dasturi (British Council Scholarship for Women in STEM) e’lon qilinganligini ma’lum qilgan. Dastur doirasida 2025-yilda o‘zbekistonlik nomzodlar quyidagi beshta Buyuk Britaniya universitetlarida 2025/2026 o‘quv yili uchun magistratura dasturlariga stipendiya yuzasidan ariza topshirishlari mumkun: - Cardiff University; - University of Westminster; - Cranfield University; - City St George's, University of London - Glasgow University. Stipendiya dasturiga hujjatlar topshirishning oxirgi muddati: 2025-yil 30-aprel.https://www.britishcouncil.uz/en/study-uk/scholarship-