Yangiliklar
Tadbirlar
377
Jizzax politexnika institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining navbatdagi Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o’tdi
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Atrof muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari, oliy ta’lim muassasalari faoliyati monitoringi natijalari muhokama qilindi. Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligida markaziy apparat mas’ullari va tizim tashkilotlari mutasaddilari, barcha oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bevosita va masofadan ishtirok etdi.
Tadbirlar
306
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Germaniya Akademik Almashinuvi Xizmati (DAAD) lekotri Johanna Maier bilan talabalar uchrashuvi bo'lib o'tdi
Uchrashuv davomida DAAD tashkiloti faoliyati, uning tomonidan taqdim etiladigan to‘liq stipendiyalar, hujjat topshirish talablari va muddatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Talabalar bilan qizg‘in muloqot va savol-javob bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, TAQU talabalari nemis tilini o‘rganishlari uchun Gyote instituti tomonidan tashkil etilgan kurslarga taklif etildi. Uchrashuv yakunida Johanna Maier xonim DAAD – Nemis Akademik almashinuvi xizmati haqida tushunchani boyitishga, shuningdek, kelajakda Germaniya va O‘zbekiston universitetlari o‘rtasidagi almashinuv dasturlari hamda hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Tadbirlar
869
“Islom dini manbalari, aqidaviy maktablari va ularning xozirgi davrdagi ahamiyati”mavzusidagi ochiq darsi
2025-yil 17-mart kuni Arxitekura fakulteti 12-24 A guruhida 2-bino 227- xonada “Dinshunoslik” fanidan “Islom dini manbalari, aqidaviy maktablari va ularning xozirgi davrdagi ahamiyati” mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tdi. Ochiq darsda “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri, dotsent N.A.Aripova, v.b.dotsent N.S.Alimova, dotsent L.A.Xolmamatova, katta o’qituvchilar Ch.A.Azimova, R.Sh.Turdibekova, asistentlar SH.Q.Jo’rayev, A.SH.Qurbonnazarov, F.SH.Sallayev, O.G.G’ulomov, G.SH. Yo’ldosheva, O.N. Fatoyevalar tashrif buyurdilar. Ochiq dars seminar tarzida tashkil etilgan bo’lib, guruh 5ga bo’linib, dastlab o’qituvchi tomonidan islom dinining shalkllanish tarixi, mazmun-mohiyati, qadriyatlari va islom dinining yurtimizga kirib kelishi davri va tarixi to’grisida ma’lumotlar berildi. Ochiq dars jarayonida talabalar tomonidan dastlab, hadisshunos olimlar to’grisida ma’lumotlar berildi, o’zaro fikr almashildi. Ochiq dars jarayonining ikkinchi qismida guruhlarga berilgan tarqatma materiallar savolariga javob berildi, mavzuni yaxshi o‘zlashtirilishi uchun to‘liq harakat qilindi. Shuningdek, kafedra o’qituvchilaridan SH.Q.Jo’rayev, O.G.G’ulomovlar mavzu yuzasidan o’z bilim va fikr-mulohazalarini bildirib o’tishdi. Dars jarayonida talabalarning barchasi faol ishtirok etishdi va o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Ochiq dars qiziqarli va mazmunli otildi.
Tadbirlar
375
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti tyutorilari hamda talabalari tarixiy obidalardan biri "Baroqxon madrasasi"da boʻldilar
Baroqxon maqbarasi tarixiy arxitektura obyekti hisoblanadi. Baroqxon madrasasi poydevori toshdan, qalin devorlari turli hajmdagi pishiq gʻishtdan ishlangan. Baʼzi joylari sinchli ekanligi va obidaning qurilish dizayni boʻyicha talabalar qiziqarli ma'lumotlarga ega boʻldilar va obidaning hovlisida hozirgi kunda milliyligimizga hos boʻlgan buyumlar bilan bezatilgan doʻkonlar ham mavjud.
Tadbirlar
303
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida ma’rifat darsi o‘tkazildi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida rektor v.v.b. B.A. Tulaganov tomonidan talabalar uchun ma’rifat darsi o‘tkazildi. Tadbirda madaniy-ma’rifiy masalalar, milliy va umumbashariy qadriyatlarning ahamiyati hamda korrupsiyaning salbiy oqibatlari muhokama qilindi. Dars davomida yoshlarga huquqiy madaniyatni yuksaltirish, halollik va adolat tamoyillariga amal qilishning muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi davlat siyosati va uning ta’lim tizimidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Yangiliklar
273
DAAD Lektori Johanna Maierning Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga tashrifi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori v.v.b. B.A.Tulaganov DAAD (Germaniya Akademik Almashuv Xizmati) lektori Johanna Maier bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Tomonlar talabalar, akademik va ma'muriy xodimlar almashinuvi hamda DAAD tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan stipendiya dasturlari bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Uchrashuv davomida universitet tarixi, tuzilmasi va xalqaro hamkorlik yo‘nalishidagi muvaffaqiyatli tashabbuslar taqdim etildi. Shuningdek, DAAD Germaniyadagi hamkor universitet talabalarini IAFES-2025 TUACE Yozgi maktab dasturiga jalb qilishda yaqindan qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Tomonlar kelgusidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidladilar.
Tadbirlar
260
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti tyutorlari va talabalari Buyuk adibimiz, O‘zbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriyning uy muzeyiga ekskursiya uyushtirdi
Bundan koʻzlangan asosiy maqsad kelajak avlodni-talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga va kitobsevarlikni kuchaytirishga qaratilgan. Uy muzeyning raxbari Xondamir Qodiriy (nevaralari) shaxsan kutib olib talabalarga yozuvchining hayoti va ijodlaridan soʻzlab berdilar. Muzeyga boʻlgan sayohat talabalarga ijobiy ta’surot qoldirdi.
Tadbirlar
273
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish aksiyasi tashkil etildi
15-mart kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Yashil makon”umummilliy loyihasi doirasida ekologik targ‘ibot va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Tadbir davomida universitet hududida 300 ga yaqin mevali hamda manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, “Ziyolilar bog‘i” tashkil etildi. Mazkur tashabbus atrof-muhitni yanada yashil va ekologik toza hududga aylantirish, shuningdek, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar uchun qulay muhit yaratish maqsadida tashkil etildi. Aksiya universitet jamoasi tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanib, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda xodimlar faol ishtirok etdilar. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rahbariyati ushbu loyihaning universitet ekologik muhitini yaxshilashga qo‘shayotgan hissasini e’tirof etib, bunday xayrli tashabbuslar doimiy ravishda davom ettirilishini ma’lum qildi. Ko‘kalamzorlashtirish ishlari nafaqat tabiiy muhitni yaxshilashga, balki yosh avlodda ekologik madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi.
Tadbirlar
633
“O’zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar” mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tdi
025-yil 14 mart kuni Muhandislik fakulteti 71-24 MT guruhida 3-bino 208 - xonada “O.zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan “O’zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar” mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tdi. Talabalar guruhlarga bo’linib O’zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning ijobiy jihatlari, olib borilayotgan islohotlarga to’siq bo’layotgan unsurlar, mavjud muammolar va ularning yechimi bo’yicha o’z mulohazalarini bildirdilar. Fuqarolik jamiyatini qurishda siyosiy partiyalarning o’rni, Parlamentning qonunchilik faoliyati, Ijro hokimiyatining vazifalari, huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyatini qurishda huquq-tartibot organlari va sud tizimidagi o’zgarishlar haqida bahs-munozara orqali olgan bilimlarini yanada mustahkamladilar. Shuningdek, dars jarayonida interfaol dars metodlardan unumli foydalanilib, dars yakunida talabalarga topshiriqlar berildi. Dars jarayonida talabalarning barchasi faol ishtirok etishdi va o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Ochiq dars mazmunli va samarali o’tdi.
 
                 
                                    
 
                                     
                                     
                                     
                                     
                                     
                                     
                                    