Qurilish muhandisligi kafedrasi

Yusufxodjayev Saidg`ani Abdullaxo’jayevich

Yusufxodjayev Saidg`ani Abdullaxo’jayevich

PhD, professor
Kafedra mudiri
100194, Toshkent shahar, Yunusobod tuman, Yangishahar ko'chasi, 9A-uy

        Kafedra tarixi:


    Kafedra faoliyati haqida ma’lumot: “Qurilish muhandisligi” kafedrasi 1929 yili O‘rta Osiyo paxtachilik – irrigatsiya politexnika instituti (SAXIPI) tarkibida tashkil topgan bo‘lib, unda Respublikaning dastlabki quruvchi-muhandislari ta’lim olganlar. Bu o‘z navbatida Respublikamiz tarixida qurilish sohasida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash jarayonini boshlab berdi. 1931 yili kafedra O‘rta Osiyo qurilishi institutining keyinchalik esa SazPI va ToshPIning ixtisoslashtirilgan kafedrasiga aylandi. Kafedraga 1949 yilgacha t.f.n. dotsent Neron V.N., 1948 yildan 1988 yilgacha professor Ashrabov A.B. rahbarlik qilgan. 1970-1980 yillarda quruvchi-muhandislarga talab oshganligi munosabati bilan kechki va sirtdan o‘qiyotgan talabalar soni ko‘payishi natijasida 1972 yilda “Qurilish konstruksiyalari” kafedrasi tarkibidan kechki va sirtqi talabalari uchun “Bino konstruksiyalari” kafedrasi ajralib chiqdi va 1990 yilda yana qayta qo‘shildi. 1991 yilda Toshkent arxitektura - qurilish instituti tashkil etilgach, “Qurilish konstruksiyalari” va “Bino konstruksiyalari” kafedralari asosida “Temirbeton va tosh konstruksiyalari” va “Metall, yog‘och va plastmassa konstruksiyalari” nomli yangi kafedralar tashkil etildi. Bu ikki kafedraga professor K.I. Ruziev va dotsent N.B. Shoumarovlar rahbarlik qildilar. 1997 yilda mazkur kafedralar birlashtirilib, “Qurilish konstruksiyalari” kafedrasi qayta tashkil qilindi. 1997 – 2006 yillarda t.f.d. professor Xodjaev A.A., 2006 – 2014 yillarda t.f.n., professor Nizomov Sh.R., 2014 - 2026 yilda PhD, professor Yusupxodjaev S.A. “Qurilish konstruksiyalari” kafedrasi mudiri sifatida faoliyat olib borgan. 2024 yilda Toshkent arxitektura - qurilish universiteti maqomi olingandan so‘ng “Qurilish konstruksiyalari” kafedrasi nomi “Qurilish muhandisligi”ga o‘zgartirildi va hozirgi kunda PhD, professor Yusupxodjayev Saidg‘ani Abdullaxodjayevich kafedra mudiri sifatida faoliyat olib bormoqda.

Kafedra faoliyati:


“Qurilish muhandisligi” kafedrasida bugungi kunda asosiy shtatda 4 nafar professor, 11 nafar texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori va dotsentlar, 3 nafar katta oʼqituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Bugungi kunda kafedraning ilmiy salohiyati 83 foizni tashkil etadi. Ushbu professor-o‘qituvchilar tomonidan hozirgi kungacha “Qurilish” sohalariga oid bir qancha darslik, o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy ko‘rsatmalar, monografiyalar va ilmiy maqolalar nashr etilgan.

Hozirgi kunda kafedrada 60730300 – “Qurilish muhandisligi: bino va inshootlar qurilishi” hamda 60730300 – “Qurilish muhandisligi: neft gazni qayta ishlash sanoati obektlari qurilishi” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr, 70730307 – “Bino va inshootlarni konstruktiv loyihalash” hamda 70730301-“Qurilish muhandisligi” mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlar tayyorlab kelinmoqda.

Shu kunlarda kafedrada 2 nafar doktorant, 6 nafar tayanch doktorant, va 60 nafar magistrlar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

Kafedra professor-o‘qituvchilari universitetda o‘qitilayotgan talabalarga 20 dan ortiq fanlardan ta’lim berib kelmoqdalar. Kafedrada o‘quv jarayoni zamonaviy darslik va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlangan. So‘nggi uch yilda fanlardan 10 dan ortiq darslik, 15 dan ortiq o‘quv qo‘llanmalar 11 ta monografiyalar nashr etildi. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘qitiladigan barcha fanlardan o‘quv uslubiy majmualar yaratilib, o‘quv jarayoniga joriy qilindi va elektron adabiyot shaklida talabalarga yetkazildi.

Kafedrada so‘nggi yillarda ilmiy ishlar natijalarini o‘quv jarayoniga tadbiq  qilishga alohida e’tibor berilmoqda.

Kafedrada ishlab chqarish bilan innovatsion korparativ hamkorlikni rivojlantirish maqsadida har yili 20 dan ortiq qurilish tashkilotlari bilan xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy hajmdor ishlar bajarib kelinmoqda.

Ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida kafedra professor-o‘qituvchilaridan 7 nafari texnika fanlar falsafa doktorlik ilmiy ishlarini himoya qildilar. Bundan tashqari 3 nafar professor va 9 nafar dotsent ilmiy unvoniga sazovor bo‘lishdi.   

Kafedrada “Bino va inshootlarni seysmik va konstruksion xavfsizligini ta’minlash metodologiyasini takomillashtirish” bo‘yicha rejali ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Keyingi yillarda kafedra olimlari tomonidan Bino va inshootlarni seysmik va konstruksion xavfsizligini ta’minlash metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha meyoriy hujjatlar tayyorlandi.

Talabalarni amaliyotga yo‘naltirish maqsadida “KONSTRUKTORLIK BYUROSI” MChJ hamda “TURON PROJECT-GROUP” MChJlar bilan hamkorlikda dual ta’lim yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek ishlab chiqarish bilan ta’lim orasidagi integratsiyani yo‘lga qo‘yish maqsadida, o‘rindoshlik asosida quyidagi malakali mutaxassislar kafedrada dars mashg‘ulotlarini olib borishga jalb qilingan.

Kafedrada tashkillashtirilgan ishlab chiqarish va bitiruv oldi, texnologik geologik amaliyotlarini o‘tkazish bo‘yicha “O‘zog‘irsanoatloyixa” AJ, “Tashgiprogor” AJ, “Golden Project” XK, “Perfect Consult” MChJ, “Diyor proekt PRO” MChJ, “Forze Alp” MChJ, “KONSTRUKTORLIK BYUROSI” MChJ, “BETOMAX BETON” MChJ, “BURG”UVCHI BIZNES” MChJ, “Turon Project group” MChJ, “AXIS” MChJ, “ZIKKURAT” MchJlar korxonalar bilan shartnomalar tuzilgan:

Kafedraning AJ “Uzog‘irsanoatloyiha” institutida kafedra filiali mavjud bo‘lib, 2010 yil 28 oktyabrda tashkil etilgan. Kafedrada bakalavr va magistrlar uchun “Qurilish konstruksiyalari” fanidan tajriba ishlari, iqtidorli talabalar uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish uchun barcha sharoitlar mavjud. Bakalavr bitiruv ishlari va magistrlik dissertatsiyalarini himoyalari mazkur kafedra filialida himoya qilinadi.

Mirzayev Pulat Tadjiyevich
Mirzayev Pulat Tadjiyevich

t.f.n., professor

Professor

Yusupov Raximbay Rixsibayevich
Yusupov Raximbay Rixsibayevich

t.f.n., professor

Professor

Xodjayeva Zulfiya Shuxratovna
Xodjayeva Zulfiya Shuxratovna

PhD., professor

Professor

Shukurova Karomat Qaxramonovna
Shukurova Karomat Qaxramonovna

dotsent

Dotsent

Usmanxodjayeva Lola Asadovna
Usmanxodjayeva Lola Asadovna

dotsent

Dotsent

Saydazimov Musurmon Ravshanovich
Saydazimov Musurmon Ravshanovich

dotsent

Dotsent

Alimov Xikmat Toirovich
Alimov Xikmat Toirovich

PhD, dotsent

Dotsent

Ergashov Jasurbek Dilmurodovich
Ergashov Jasurbek Dilmurodovich

PhD, dotsent

Dotsent

Axmedov Barxayot Boratboy o’g’li
Axmedov Barxayot Boratboy o’g’li

PhD, dotsent

Dotsent

Usmonova Durdona Asatilloyevna
Usmonova Durdona Asatilloyevna

PhD, dotsent

Dotsent

Utegenova Maxliya Axmad qizi
Utegenova Maxliya Axmad qizi

PhD, dotsent

Dotsent

Xo’jayev Davlatxo’ja Xasan o’g’li
Xo’jayev Davlatxo’ja Xasan o’g’li

PhD, dotsent

Dotsent

Kudratov Bekzod Sherzodovich
Kudratov Bekzod Sherzodovich

PhD, dotsent

Dotsent

Agzamov Jamshid Shavkatovich
Agzamov Jamshid Shavkatovich

dotsent

Dotsent

Saidakromov Abzalxon Akmal o’g’li
Saidakromov Abzalxon Akmal o’g’li

Katta o‘qituvchi

Samadova Dilso’z Asatullo qizi
Samadova Dilso’z Asatullo qizi

Katta o‘qituvchi

Saydullayeva Dildora Qaxramonovna
Saydullayeva Dildora Qaxramonovna

Katta o‘qituvchi