“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi”

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 13–14-mart kunlari yurtimiz bo‘ylab “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi” shiori ostida umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur ezgu tadbir doirasida hududlarni obodonlashtirish, atrof-muhitni tozalash, yashil maydonlarni tartibga keltirish hamda ijtimoiy obyektlar atrofini saranjomlash ishlari amalga oshirilmoqda.
    Toshkent arxitektura-qurilish universiteti professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talaba-yoshlari ham ushbu umumxalq hashari jarayonlarida faol ishtirok etib, universitet hududida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarini olib bormoqda. Hashar davomida hududlar tozalanib, daraxtlar oqlanmoqda, gulzorlar tartibga keltirilmoqda hamda yashil hududlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.