Shahar infratuzilmasi kafedrasi
Xotamov Asadulla Toshtemirovich
Kafedra tarixi:
Shahar infratuzilmasi kafedrasi 2024-yilda mavjud Shahar qurilishi va xo‘jaligi kafedrasi bazasida tashkil etilgan. Shahar qurilishi va xo‘jaligi kafedrasi 1991 yil tashkil etilgan. Kafedrada 1991-1992 yillarda Qosimova S.T., 1992-1996 yillarda Raximov B.X., 1997-2012 yillarda Qosimova S.T., 2012 yildan 2019 yilgacha Xotamov A.T., 2019-2020 Muminov N.Sh., 2020-2021 Tolipova N.Z., 2021 yildan buyon Xotamov A.T. mudirlik qilib kelmoqda.
Bugungi kunda kafedraning ilmiy salohiyati 55 foizni tashkil etadi. Kafedraning ilmiy salohyatini 2027 yilga 70% ga kutarish vazifasi quyilgan.
Kafedrada xozirgi kunda jami 20 nafar professor-o‘qutuvchilar faoliyat yuritadi. Shundan 4 nafar fan doktori, professor, 1 nafar fan nomzodi, professor, 6 nafar dotsent, 1 nafar dotsent v.b, 5-nafar katta o‘qituvchi, 3 nafar assistent. Ushbu professor-o‘qituvchilar tomonidan hozirgi kungacha “Shahar injenerlik inshootlari”, “Shahar hududini injenerlik tayyorlash”, “Bino va inshootlarni texnik xavfsizligi”, “Qurilishda sifat nazorati”, “Shaharlarda transportni rejalashtirish” “Shahar ko`chalari, yo`llari va transport”, “Shaharlarni rejalashtirish qurish va rekonstruksiya qilish” sohalariga oid bir qancha darslik, o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy ko‘rsatmalar, monografiyalar, ilmiy maqolalar nashr etilgan. So‘nggi 10 yil mobaynida kafedra a’zolari tomonidan 11 ta monografiya, 25 ta darslik, 40 ta o‘quv qo‘llanma, 500 dan ziyod ilmiy maqola, 40 dan ortiq uslubiy ko‘rsatmalar chop etildi. So‘nggi (2021-2025) 5 yilda kafedrada 1 ta fan doktori (DSc), 4 ta texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari himoya qilindi.
Kafedra faoliyati:
Kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari bilim, mahorat va talabchanlik bilan 60730900-Shahar qurilishi va loyihalash, 60730500-Yo‘l muhandisligi, 60730200-Shahar qurilishi hamda kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish, 60710800-Metrologiya va standartlashtirish hamda 60711300-Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (qurilish) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalariga shuningdek, 70730202-Shahar transporti xo'jaligi va aloqa yo'llari, 70730303- Infratuzilma obyektlarini qurish, 70710802-Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish mutaxassisligi magistratura talabalariga bilimlar berib kelmoqda.
Kafedra faoliyati davomida shaharlarni va shahar aholi punktlarini rejalashtirish, qurish hamda rekonstruktsiya qilish bilan bogʻliq loyihalarni ishlab chiqish, shahar hududini funksional zonalashtirish, loyihalash va meʼyoriy talablar asosida hisoblash ishlarini bajarish, shahar hududini rejalashtirishda hududni infrastruksturasini, ko’cha-yo’l tarmog’ini loyihalash, qurilishda sifatni ta’minlash, metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish, binolarni ekspluatatsiya va rekonstruksiya qilish, restavratsiya, qurilish-ta’mirlash ishlari texnologiyasi, hududlarni injenerlik obodonlashtirish, shahar bosh rejasi, master plan loyihalarini ishlab chiqish, texnik hujjatlarni (shaharsozlik normalari va qoidalari, standartlar, yoʻriqnomalar) ishlab chiqish hamda amalga oshirish bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasining nazariy va amaliy ishlarini bajarish bilan shug‘ullanadi.
“Shahar infratuzilmasi” kafedrasi shaharsozlik, arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini ilg‘or xorijiy tajriba hamda xalqaro standartlar asosida transformatsiya qilish, ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish hamda ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini mustahkamlash maqsadida kafedra ilg‘or horijiy oliy ta’lim muassasalari - Xitoy xalq respublikasining Tongji Universiteti, Germaniyaning Bauhaus universiteti hamda Potsdam shahridagi Potsdam amaliy fanlar universiteti, Berlin texnika universiteti, Rossiya federatsiyasining Don davlat qurilish universiteti, Moskva davlat qurilish universiteti, Qozog‘iston Respublikasining M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston Davlat universiteti, hamda Polsha davlatining Belastok texnika universiteti kabi oliy ta’lim muassalari professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda o‘quv va ilmiy tadqiqod ishlarini olib bormoqda.
Kafedrada “Seysmik hududlarda bino va inshootlarni texnik holatini baholash” mavzusida xo‘jalik shartnomasi asosida ishlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti, Standartlashtirish metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy tadqiqot instituti, O‘zshaharsozlikLITI DUK, Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy tadqiqot institutlari bilan dual ta’lim tizii yo‘lga quyilgan.
Kafedrada xorijiy grantlar ustida ishlar keng amalga oshirilmoqda. Germaniyaning Potsdam amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikda Germaniyaning DAAD jamg‘armasi tomonidan moliyalashtilgan “Soxranenie zdaniy v gorodskom i sotsialnom plane” mavzusidagi xalqaro grant bajarilmoqda.
Muminov Najmiddin Shamsiddinovich
t.f.d., professor
Professor
n.muminov@taqu.uz
Usmonov Quvvat Turdievich
t.f.n., dotsent
Dotsent
k.usmonov@taqu.uz
Tolipova Nargiza Zuxritdinovna
Dotsent
Dotsent
n.talipova@taqu.uz
Abdixalilov Fitrat Abdixalil o‘g‘li
dotsent v.b PhD
Dotsent
f.abdixalilov@taqu.uz
O‘rinov Murodjon Zayni o‘g‘li
dotsent v.b PhD
Dotsent
m.orinov@taqu.uz
Mutalova Barno Irgashevna
dotsent
Dotsent
b.mutalova@taqu.uz
Kadabaeva Shaxnoza Saidjonovna
dotsent
Dotsent
sh.kadabayeva@taqu.uz
Omonova Dilnoza Fayziddinovna
dotsent
Dotsent
d.omonova@taqu.uz
Bo‘ranov Samandar Baxtiyorovich
Katta o‘qituvchi
s.buranov@taqu.uz
Tugalov Bobur Qarshiboy o‘g‘li
Katta o‘qituvchi
b.tugalov@taqu.uz
Xolbekov Sirojiddin Raxmatullo o‘g‘li
Katta o‘qituvchi
s.xolbekov@taqu.uz
Abdirayimov Azizbek Ro‘ziqul o‘g‘li
Katta o‘qituvchi
a.abdirayimov@taqu.uz
Qosimov Zabixullo Xurillo o`g`li
Katta o‘qituvchi
z.qosimov@taqu.uz
Oltiev O‘tkir Abdishukurovich
Katta o‘qituvchi
o.oltiev@taqu.uz
Axmedov Shoxobiddin Abbos o‘g‘li
Katta o‘qituvchi
sh.axmedov@taqu.uz
Rashidov Sardor Ulug‘bek o‘g‘li
Katta o‘qituvchi
s.rashidov@taqu.uz
Orazbayeva Nazokat Maksetovna
Assistent
n.orazbayeva@taqu.uz