Ichki audit xizmati bo’limi
Xamrayev Ma’rufjon Saydaxmadovich
Bo'limning tarixi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.10.2006 yildagi 215-son hamda Vazirlar Mahkamasining 416-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomda budjet tashkilotlari Ichki audit xizmati xodimlari vakolati belgilab qo’yilgan.
Bo'limning asosiy vazifalari va funksiyalari:
I. Ichki audit xizmatining asosiy vazifalari va funksiyalari
1.1.
Quyidagilar ichki audit xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
- kuzatuv
kengashni ishonchli axborot bilan ta’minlash va ichki audit amalga oshirilishi
natijalari bo‘yicha universitet faoliyatini takomillashtirishga doir
takliflarni tayyorlash;
- ichki
audit jarayonida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan universitet
boshqaruvga tavsiyalarni tezkorlik bilan kiritish, ularning bartaraf etilishini
nazorat qilish.
1.2.
Quyidagilar ichki audit xizmatining asosiy funksiyalari hisoblanadi:
- har
yili universitetning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan rejaga muvofiq
mazkur Nizomning 12-bandida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli
tekshirishlar o‘tkazish yo‘li bilan ichki auditni amalga oshirish (har chorakda
va hisobot yili yakunlari bo‘yicha);
- tuziladigan
xo‘jalik shartnomalarining qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertiza
o‘tkazish;
- buxgalteriya
hisobini yuritishda va moliyaviy hisobotni tuzishda universitetning tarkibiy
bo‘linmalariga metodik yordam berish, ularga moliya, soliq, bank qonunlari va
boshqa qonun hujjatlari masalalari bo‘yicha maslahatlar berish;
- texnik
topshiriqlarni ishlab chiqishda, auditorlik tashkilotlarining takliflarini
baholashda hamda auditorlik tekshirishlarini o‘tkazish uchun auditorlik
tashkilotini tanlashda tavsiyalarni tayyorlashda universitetning kuzatuvchi
kengashiga ko‘maklashish.
II.
Ichki audit xizmatining huquq va majburiyatlari
1.3.
Ichki audit xizmati quyidagi huquqlarga egadir:
- ichki
auditni amalga oshirish davomida paydo bo‘ladigan masalalar bo‘yicha universitetning
hujjatlarini (rahbarning buyruqlari, farmoyishlari, boshqaruv organlari
qarorlari, ma’lumotnomalar, hisob-kitoblar, zarur hujjatlarning tasdiqlangan
nusxalari va boshqa hujjatlarni), universitet mansabdor va mas’ul shaxslaridan
og‘zaki va yozma tushuntirishlar olish;
- ichki
auditni o‘tkazishga ko‘maklashish uchun universitetning tegishli
mutaxassislarini jalb etish.
III.
Ichki audit xizmati quyidagilarga majbur:
1.4.
ichki auditni amalga oshirishda mazkur Nizom va boshqa qonun hujjatlari
talablariga rioya qilish;
- mazkur
Nizomning 13—18-bandlarida belgilangan talablarga muvofiq hisobotlar tuzish;
- moliya
va statistika hisoboti ko‘rsatkichlarining ishonchliligini tekshirish;
- ichki
auditni amalga oshirishda olingan axborotning maxfiyligiga rioya qilish;
- Universitetning
mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari tomonidan zarar yetkazilganidan dalolat
beruvchi holatlar aniqlangan taqdirda bu haqda darhol korxonaning kuzatuvchi
kengashiga xabar berish va auditorlik hisobotida tegishli yozuvni qayd etish;
- aktivlarni
xatlovdan o‘tkazishda va qonunda belgilangan tartibda uning o‘z vaqtida amalga
oshirilishini nazorat qilishda ishtirok etish.
- Ichki
audit xizmati qonun hujjatlariga va universitetning ta’sis hujjatlariga muvofiq
boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.