Xalqaro hamkorlik
Xalqaro malakalar va
baholash markazi (IQAC) tashabbusi bilan Toshkent Arxitektura-qurilish
universitetida Britaniya ta'lim standardlari (RQF) asosida yangi professional
dasturlarini joriy etish bo'yicha hamkorlik yo'lga qo'yilmoqda.
Uchrashuv doirasida
universitet rektori Dr. Bahrom To'laganov , IQAC direktori Xusnidin Xomidov ,
University of Wolverhampton vitse-kansleri Professor Ebrahim Adia va Xalqaro
aloqalar bo'limi rahbari Dr. Robin Carey o'zaro muzokaralar olib bordilar.
Uchrashuv yakunida
O‘zbekiston oliy taʼlim tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish, Toshkent
Arxitektura-qurilish universitetida 1+3 va 3+1 formatidagi professional
dasturlarni joriy etish, shuningdek, IQAC hamkorligida University of
Wolverhampton’ning O‘zbekistondagi rasmiy taʼlim markazini (Delivery Centre)
tashkil etish orqali talabalar uchun Britaniya diplomini olish imkoniyatini
yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tomonlar mazkur tashabbus
O'zbekistonda ta'lim sifatini oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda
mamlakatning mintaqaviy ta'lim markaziga aylanishida muhim qadam bo'lishini
ta'kidladilar.