Akademik faoliyat bo'yicha prorektor

Xadjayev Rustamxon Mahmudxonovich

Xadjayev Rustamxon Mahmudxonovich

Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Akademik faoliyat bo'yicha prorektor
r.xadjayev@taqu.uz
+998 55 508 02 64
09:00-17:00
100194, Toshkent shahar, Yunusobod tuman, Yangishahar ko'chasi, 9A-uy

    Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor lavozim vazifalari:


  • Ozbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmonlari va Farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi hamda Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligining talim, arxitektura, qurilish, muhandislik va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini, Universitet Kengashi qarorlarini, Universitet rektorining buyruq va topshiriqlarini bajarilishini tashkil etish;
  • Universitet tuzilmasi boyicha akademik faoliyat prorektoriga boysunuvchi boshqarma, markaz va bolimlar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish;
  • Davlat talim standartlari asosida oquv-uslubiy, ilmiy va manaviy-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish hamda malakali kadrlar tayyorlashni taminlash;
  • Davlat talim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qoyiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar, boshqarma, markaz va bolimlar, kafedra mudirlari hamda pedagog-oqituvchilar tomonidan toliq bilinishini taminlash;
  • Ilgor mamlakatlar talim tizimining rivojlanish tendensiyalarini organish, “Talim togrisidagi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturiva boshqa talimga oid qonunlar, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining arxitektura, qurilish, muhandislik hamda talim tizimini rivojlantirishga oid qaror va farmonlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boyicha zamonaviy uslub va yangi pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish hamda ularning joriy etilishini taminlash;
  • Oquv-tarbiya jarayonida oqitishning ilgor shakllarini, shu jumladan masofaviy talimni, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hamda ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
  • Oquv jarayonini taminlovchi boshqarma, markaz va bolimlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
  • Oquv jarayonini taminlovchi boshqarma, markaz va bolimlar, fakultet va kafedralar ish rejalarini tasdiqlash hamda ularning ijrosini nazorat qilish;
  • O‘tilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning shaxsiy rejalari ijrosini nazorat qilish;
  • O‘qitishning zamonaviy texnik vositalar asosida hamda chet tillarda olib borilishini ta’minlash va nazorat qilish;
  • Axborot-resurs markazini zamonaviy o‘quv adabiyotlari, o‘quv majmualari, darsliklar va elektron darsliklar bilan ta’minlashni tashkil etish va nazorat qilish;
  • O‘quv va ilmiy-amaliy konferensiyalarni tashkil etish, Universitet uslubiy kengashi faoliyatiga hamda pedagogik mahoratni oshirish ishlariga rahbarlik qilish, ilg‘or uslubiy tajribalarni umumlashtirish;
  • Talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish va uni nazorat qilish;
  • O‘quv-uslubiy materiallarni Universitet pedagog xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoniga, shuningdek Universitetning barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy nashrlar bilan kutubxona fondini to‘ldirish ishlariga umumiy rahbarlik qilish;
  • Universitet fakultetlari, kafedra va bo‘limlarining o‘quv-uslubiy faoliyati yuzasidan Kengash yig‘ilishlarida reja asosida hisobot berish;
  • Talabalarning Yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va o‘tkazilishini nazorat qilish;
  • Universitet bitiruvchilarini ishga taqsimlash va yo‘naltirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish;
  • Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha ishchi o‘quv rejalar, fan dasturlari, ishchi fan dasturlari (sillabus), o‘quv jarayoni jadvali, dars jadvallari va nazorat jadvallarini ishlab chiqishni tasdiqlash hamda ijrosini nazorat qilish;
  • Talabalar kontingenti bo‘yicha yillik va choraklik hisobotlar tayyorlanishini nazorat qilish;
  • Universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha malaka oshirish institutlari va markazlari bilan shartnomalar tuzish, malaka oshiruvchi pedagoglar kontingentini shakllantirish, rejalar ishlab chiqish hamda pedagoglarni belgilangan tartibda malaka oshirishga yuborilishini nazorat qilish;
  • Talabalarga stipendiya tayinlash komissiyasi faoliyatini boshqarish va stipendiya tayinlashning qonuniyligi hamda xolisligini ta’minlash;
  • Talabalar bilimini baholash tizimining shaffofligini nazorat qilish;
  • Iqtidorli yoshlarni izlash, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish hamda ularga ko‘maklashish, talabalar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;
  • Professor-o‘qituvchilar va o‘quv-yordamchi xodimlar shtatlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, boshqarma, markaz, bo‘limlar va kafedralarni malakali kadrlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish;
  • Bo‘sh lavozimlarga pedagoglarni tanlov asosida ishga qabul qilish hamda magistr darajasiga ega shaxslarni Universitetda ishga jalb etish bo‘yicha rektorga takliflar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar tarkibini yosh kadrlar bilan to‘ldirish va ularning malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishga rahbarlik qilish;
  • O‘quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish masalalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • Mehnat va ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash va ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha rektorga takliflar kiritish;
  • Ta’lim sifatini takomillashtirish va mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida xorijiy mamlakatlarning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • Boshqarma, markaz, bo‘limlar, fakultet va kafedralarning yillik faoliyati bo‘yicha hisobotlarini tahlil qilish va rektorga xulosalar kiritish, professor-o‘qituvchilarning o‘quv-uslubiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholash;
  • Hamkor oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan o‘quv-uslubiy yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya va seminarlarda professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qilish;
  • Belgilangan tartibda Universitetning yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish va faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • Universitetni belgilangan tartibda doimiy ichki attestatsiyadan o‘tkazish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishga tayyorlash va unda faol ishtirok etish;
  • Universitet ta’lim dasturlarining jozibadorligi, ta’lim eksportini oshirish hamda xorijiy talabalar oqimini ko‘paytirish maqsadida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazishga tayyorlash va unda faol ishtirok etish;
  • Universitet rektori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish hamda murojaatlarni ko‘rib chiqish;
  • Universitet Ustavi, ichki tartib-qoidalar, odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya etilishini ta’minlash.

    Ma’lumoti – oliy, Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent

        Mehnat faoliyati:

  • 1997-2001 yy. - Toshkent arxitektura-qurilish instituti talabasi.
  • 2001-2003 yy. - Toshkent arxitektura-qurilish instituti magistratura talabasi.
  • 2001-2003 yy. - Toshkent moliya va iqtisodiyot kollejining o‘qituvchisi.
  • 2003-2012 yy. - Toshkent moliya va iqtisodiyot kollejining bo‘lim mudiri.
  • 2012-2014 yy. - Toshkent moliya va iqtisodiyot kollejining ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi.
  • 2014-2015 yy. - Sirg‘ali sanoat kasb-hunar kollejining direktori vazifasini bajaruvchi.
  • 2015-2016 yy. - Toshkent moliya instituti qoshidagi 2-son akademik litseyining direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi.
  • 2016-2018 yy. - Toshkent arxitektura-qurilish instituti qurilishni boshqarish fakulteti dekan muovini .
  • 2018-2020 yy.- Toshkent arxitektura-qurilish instituti magistratura bo‘limi boshlig‘i.
  • 2020-2023 yy.- Toshkent arxitektura-qurilish instituti sirtqi bo‘lim boshlig‘i.
  • 2023-2024 yy. - Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti.
  • 2024 y. -h.v.    - Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor v.b.