“WORLD EDU 2025” xalqaro ko‘rgazmasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmoniga asosan 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning
taraqqiyot strategiyasi hamda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”
dasturi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:
- 2025-yil 26–27 sentabr kunlari
- “SOF EXPO Samarqand” xalqaro ko‘rgazmalar markazida
- “WORLD
EDU 2025” xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkazilishi
rejalashtirilgan.
“WORLD EDU 2025” – bu iqtidorli talaba va
abituriyentlarga mahalliy va xorijda ta’lim olish, ta’lim muassasalarining
o‘quv dasturlari, stipendiya va ta’lim grantlari bilan tanishish imkonini
beruvchi xalqaro maydon hisoblanadi.
Ko‘rgazma doirasida Sizning
chora-tadbirlaringizga aloqador tadbirlar va xalqaro uchrashuvlarni o‘tkazish
imkoniyati mavjud.
Ko‘rgazmada O‘zbekiston, Rossiya
Federatsiyasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston, Yevropa, Janubi-Sharqiy
Osiyo, Turkiya va boshqa davlatlarning nufuzli universitetlari ishtirok etadi.
Abituriyentlar o‘zlarini qiziqtirgan
yo‘nalishlar bo‘yicha rasmiy vakillar va malakali mutaxassislar bilan bevosita
muloqot qilishlari mumkin bo‘ladi.
Ko‘rgazma quyidagi
yo‘nalishlarga bag‘ishlanadi:
- Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim
- O‘rta ta’lim
- Oliy ta’lim
- Qo‘shimcha mutaxassisliklar