“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida “Mustaqillik darslari” tashkil etildi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida “Mustaqillik darslari” tashkil etildi.

Universitetga ilk bor qadam qo‘ygan talabalar ta’lim muassasasining keng imkoniyatlari, asosiy yo‘nalishlari, o‘quv jarayonining tarkibi: ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlarning o‘ziga xos jihatlari bilan tanishtirildi. Ushbu jarayon talabalarning yangi muhitga tezroq moslashishiga yordam berdi.

Professor-oʻqituvchilar hamda tyutorlar tomonidan esa yoshlarni samarali bilim olish, ilmiy izlanishlarda faol qatnashish, tashabbuskorlikni rivojlantirish va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishga yo‘naltiruvchi muhim tavsiyalar berildi.

Shuningdek, “Mustaqillik darslari” davomida mustaqillik tarixining bosqichlari, mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘li hamda mustaqillik yillarida qo‘lga kiritilgan yutuqlar haqida atroflicha ma’lumot taqdim etildi. Bu esa talabalar qalbida Vatan ravnaqi uchun mas’uliyat va fidoyilik tuyg‘ularini yana-da mustahkamladi.

Bugungi kunda “Mustaqillik darslari” nafaqat o‘quv jarayonining muhim qismi, balki yoshlarda milliy g‘urur, ma’naviy barkamollik va mustaqillik qadriyatlariga sadoqatni shakllantiruvchi an’anaviy ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan biri sifatida o‘z o‘rnini mustahkam egallab kelmoqda.