Axborot-resurs markazi

Vakilova Durdona Raximovna

Vakilova Durdona Raximovna

Markaz direktori
d.vakilova@taqu.uz
+998 55 508 02 65
09:00-17:00
100194, Toshkent shahar, Yunusobod tuman, Yangishahar ko'chasi, 9A-uy

Ilm-fan  va texnika taraqqiyoti, umuman har qanday mamlakat va jamiyat rivojini kitobsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Kitob-ma’rifat kaliti va xazinasidir. Qaysi bir davlatda kitob mo’l bo’lsa, kitobga katta e’tibor berilsa, shu mamlakatda ilm-fan ravnaq topadi, barkamol avlodlar ko’plab yetishadi. Shu sababli ham mustaqil diyorimizda nashriyotlar hamda kutubxonalar ishiga katta e’tibor berilmoqda. Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlash lozimki, Prezidentimiz tomonidan imzolangan qarorlarda litseylar, kollejlar va oliy o’quv yurtlaridagi kutubxonalarga e’tibor kuchaydi. Ularning moddiy texnika bazasi mustahkamlandi, kitob fondlarining ta’minoti yaxshilandi, kadrlar safi ham ko’paytirildi. Ana shunday ijobiy o’zgarishlar Toshkent arxitektura-qurilish inisituti qoshidagi kutubxonada ham sodir bo’ldi. Bu kutubxona inisitut tashkil qilingach, 1992 yilda Toshkent politexnika inisitutining asosiy kutubxonasidan ajralib, mustaqil kutubxonaga aylandi.

Kutubxona zamonaviy jihozlar, anjomlar bilan ta’minlandi, kitob javonlari yangilandi. Kitob fondi, turli manbalar, gazeta va jurnallar soni ko’paydi. Kutubxona fondi 100 mingga yaqin turli adabiyotlar bilan to’ldirildi.  Fondda tabiiy va ijtimoiy fanlarga oid kitoblar, shuningdek, qurilish va me’morchilikka doir darsliklar, qo’llanmalar va boshqa adabiyotlar bilan jamlandi. Bulardan tashqari, kutubxonada ko’plab mumtoz va hozirgi zamon badiiy asarlari, gazeta va jurnallar  boyitib borildi

1994 yilda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining maxsus buyrug’i bilan kutubxona qoshida chet el adabiyoti kutubxonasi  tashkil qilingan. Mazkur kutubxona zamonaviy texnika asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Kitob fondida  kunda 2 mingdan oshiq tabiiy va ijtimoiy fanlarga oid adabiyotlar mavjud bo’lib, ularning aksariyati ingliz, nemis, fransuz va boshqa xorijiy tillarda yozilgan adabiyotlardir. Bu kutubxona fondi chet davlatlari va Rossiyadan keltirilgan kitoblar bilan boyitib borilgan.

2000 yilning fevral oyida Toshkent arxitektura qurilish inisituti kutubxonasi qoshida maxsus nemis o’quv zali ochildi.Uni Gyote inisituti tashkil qildi. O’quv zalida 3 mingga yaqin nemis tilidagi adabiyotlar to’plangan. Bu o’quv zali zamonaviy audio, video texnik vositalari bilan ta’minlangi. Nemis tilini bilgan va o’rganiyotgan o’qituvchilar, aspirantlar va talabalar o’quv zali xizmatidan samarali foydalanganlar. Bu ma’rifat maskanida nemis elchixonasi va Gyote inisituti tashabbusi bilan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazilgan.

Kutubxona fondida institut professor-o’qituvchilar tomonidan yozilgan ma’ruza matnlari ham jamlangan bo’lib, talabalar ulardan istalgan paytlarida foydalanishlari mumkin. Kutubxonaning shinam va did bilan bezatilagan xonalari talabalar va o’qituvchilar xizmatiga hamisha shay. Kutubxona fondi Respublikada hamda Hamdo’stlik mamlakatlarida nashr qilingan turli adabiyotlar muntazam boyitib borildi.

         O`zbekiston Respublikasi Prizidentining 2006-yil 20-iyundagi PQ-381 sonli qarori asosida, mamlakatimizda axborot-kutubxona tizimini rivojlantirish va aholi zamonaviy kutubxona tizimini rivojlantirish va aholi zamonaviy kutubxona xizmatlari bilan ta`minlash maqsadida Axborot-resurs markazlari tashkil etila boshlandi.

Bu qaror natijasida, mamlakat bo`ylab ko`plab universitetlarda Axborot -resurs markazlari tashkil etilib, axborot kutubxona xizmatlari sifatini oshirish va aholini zamonaviy kutubxona resurslari bilan ta`minlashga katta e`tibor qaratildi.

          Hozirgi kunda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti kutubxonasida 18687 nomdagi va 212327 nusxadagi adabiyotlar mavjud.

Kutubxonada 10 nafar xodimlar faoliyat olib bormoqda. Kutubxona xodimlarning grafik asosida ertalab soat 8:30 dan kechki soat 22:00 gacha ishlashi yo‘lga qo‘yilgan Axborot-resurs markazidan foydalanuvchilarga qulay sharoitlar yaratish maqsadida axborot resurs markazi zamonaviy jihozlar mebellar, stol-stul, sovutish vositalari (konditsioner) hamda boshqa jihozlar bilan ta’minlangan. 3ta 180 o‘ringa moslashgan o‘quv zali, 80 o‘rinli kompyuter zali mavjud. Adabiyotlar hamda dissertatsiyalar saqlanadigan alohida xonalar va 6 ta yordamchi xonalar mavjud bo‘lib, belgilangan talablar asosida jihozlangan, moddiy texnika bazalari ya’ni talabalar uchun 84 ta, xodimlar uchun 10 ta kompyuter jamlanmasi, 4ta skaner va 1 ta nusxa ko‘chirish moslamasi mavjud. Bundan tashqari Talabalar turar joyida 10 ta kompyuter, 20 o‘rinli o‘quv zali tashkil etilgan. O‘quv zallarida sohalarga oid o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar, gazeta va jurnallar bo‘lib, barcha foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Shu bilan birga, kutubxona hududida Wi-Fi zonasi tashkil etilgan. Internet tarmog‘ining ishlash tezligi 300 mb/s, internet mavjudligi tezligi 300 mb/s tasix 1 gb/s ga teng. Kitobxon o‘z mobil telefoni va shaxsiy noutbukidan kirib foydalanish imkoniyatiga ega.

Kutubxonada elektron katalogni samarali tashkil etishga ham alohida e’tibor qaratilgan. Elektron kutubxona tizimi IRBIS, unilibrary.uz dasturlari universitet kutubxonasida talab darajasida ishlatilib kelinmoqda. Yangi olingan axborot-resurslar IRBIS dasturining EK ma’lumotlar bazasiga hamda unilibrary.uz platformasiga kiritilgan. Darslik, o‘quv qo‘llanmalar va boshqa nashrlarni skaner orqali elektron ko‘rinishga o‘tkazilib, joylashtirilib borilmoqda.

Vazirlikning unilibrary.uz elektron platformasida kutubxona elektron adabiyotlar  fondidagi 30 000 dan oshiq  resurslarning bibliografik tasniflari va to‘liq matnlari kiritilgan.

ARMda IRBIS tizimining  elektron  katalogiga  o‘quv qo‘llanma, darslik, ilmiy, badiiy  adabiyotlarning elektron nusxasi  tavsiflari bilan  uzluksiz  ravshida kiritib borilmoqda. Magistrlik, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarni  skaner yordamida  elektron  shaklga  o‘tkazilib  borilmoqda.

Foydalanuvchilarga tezkor va sifatli axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatish, talabalar, professor-o‘qituvchilar va barcha kitobxonlarga kutubxonadan foydalanishlari uchun kutubxonada o‘quv va elektron o‘quv zallari, Chilonzor tumanida joylashgan TTJda ham o‘quv zallari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Foydalanuvchilarga masofadan axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni takomillashtirish maqsadida telegramda alohida” TAQU elektron kutubxonasi” https://t.me/books_taqi kanali mavjud bo‘lib, unga bakalavriat va magistratura kurslarida o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha o‘quv qo‘llanma darsliklarni elektron nusxalari bilan to‘ldirib borilmoqda. Hozirda 5400 nafardan ortiq foydalanuvchilar 3700 dan ortiq nomdagi o‘quv adabiyotlar va resurslardan foydalanishmoqda

        O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan universitet professor- o‘qituvchi va talabalariga Milliy kutubxonaning https://miku.uz/ elektron bazalarida, jumladan, arxitektura va qurilish sohalaridagi milliy va xorijiy elektron bazalarida mavjud kutubxonadan doimiy ravishda onlayn foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Umumiy ma'lumot


     ARMning asosiy vazifalari va funksiyalari:

  • ARM fondlari va axborot resurslaridan keng foydalanish asosida universitet o‘quv jarayonining maqsadlariga muvofiq kitobxonlarga tezkor axborot-bibliografik xizmat ko‘rsatish;
  • Kitobxonlarning axborot madaniyatini yuksaltirish, kutubxonaning resurslaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish. Talabalarni ma'lumotnoma apparati bilan, shu jumladan avtomatlashtirilgan rejimda ishlashga tayyorlash;
  • Kutubxonani texnik jihozlash, kutubxona-axborot jarayonlarini kompyuterlashtirish asosida kutubxona xizmatlari ko‘lamini kengaytirish, sifatini oshirish;
  • ARM kitobxonlarga yagona kitobxonlik guvohnomasi bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni tashkil etadi, elektron kutubxonalar va ma’lumotlar bazalaridan masofadan foydalanishni ta’minlaydi.
  • Kitobxonlarga kutubxona xizmatlarini bepul taqdim etadi; elektron katalog, kutubxona ma’lumotlarining boshqa shakllaridan foydalangan holda kutubxona fondi tarkibi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot beradi;
  • Axborot manbalarini izlash va tanlashda maslahat yordamini ko‘rsatadi;
  • ARM fondlaridan bosma asarlar va boshqa hujjatlarni vaqtincha foydalanishga beradi;
  • Universitet  professor, o'qituvchilari va  talabalarga  axborotga bo'lgan ehtiyojlarini  aniqlaydi, o'rganadi;
  • Kitobxonlarda axborot izlash, uni ta’lim jarayonida qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantiradi;
  • ARM fondini jamlashni tartibga solish va ta’lim tashkiloti tomonidan adabiyotlarni chiqarishni rejalashtirish maqsadida mutaxassisliklar va ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kitoblar bilan ta’minlanganlik holatini zarur o‘quv hujjatlari va materiallari bilan o‘rganadi;
  • Adabiyotlarni hisobga olish va fondni joylashtirishni amalga oshiradi, ularning saqlanishi, saqlanish rejimi va tiklanishini ta’minlaydi;
  • Amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar va kafedralarning ekspertiza xulosalariga asosan kutubxona  fondi hisobidan chiqaradi;
  • ARM elektron katalogini tashkil qiladi;
  • Ilg‘or ARM texnologiyalarini qo`llaydi;
  • Universitetning kafedralari, fakultetlari, boshqa bo‘limlari bilan ishlashni muvofiqlashtiradi;
  • ARM  faoliyatining barcha yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha tahliliy, tashkiliy, maslahat ishlarini olib boradi. 
Ibragimova Arapat Sagdullaevna
Ibragimova Arapat Sagdullaevna

Direktor o`rinbosari

arm@taqu.uz

Igamberdiyeva Shohida Saloxitdinovna
Igamberdiyeva Shohida Saloxitdinovna

Yetakchi mutaxassis

arm@taqu.uz

Toxirova Gulchehra Batirovna
Toxirova Gulchehra Batirovna

Yetakchi mutaxassis

arm@taqu.uz

Rahmanova Nozima Anorboy qizi
Rahmanova Nozima Anorboy qizi

Yetakchi mutaxassis

arm@taqu.uz

Karimjonova Munisa Raxim qizi
Karimjonova Munisa Raxim qizi

Kutubxonachi

arm@taqu.uz

Agzamova Gulnoza Osim qizi
Agzamova Gulnoza Osim qizi

Kutubxonachi

arm@taqu.uz

G`oziyeva Durdona Rovshan qizi
G`oziyeva Durdona Rovshan qizi

Kutubxonachi

arm@taqu.uz

Sariyev Sherzod Bo`riboy o`g`li
Sariyev Sherzod Bo`riboy o`g`li

Kutubxonachi

arm@taqu.uz

Magdaminxodjayeva Feruza Axmadjon qizi
Magdaminxodjayeva Feruza Axmadjon qizi

Bibliograf

arm@taqu.uz