Universitet rahbariyati va "GOLDEN HOUSE " kompaniyasi bosh direktori bilan navbatdagi uchrashuv
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rahbariyati “GOLDEN 
HOUSE” kompaniyasi bosh direktori V. L Kalina bilan navbatdagi uchrashuvi
boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda imzolangan shartnomaga asosan  ikki tashkilot tomonidan hamkorlikdagi
vazifalarni  yana bir bor koʻrib chiqib amalga oshirilgan bir qator
vazifalar sanab oʻtildi. Bundan tashqari “GOLDEN HOUSE” tashabbusi bilan
talabalarga yangi yoʻnalishlarni yaʼni mahsulotshunoslik fanlarini joriyi etish
taklifi namoyish etildi. Uchrashuv yakunida belgilangan vazifalarni amalga
oshirish hamda talabalar uchun amaliyot masalalariga ham to'xtalib o'tildi.
 
                 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                
