Shaharsozlik kafedrasi

Umarov Otabek Zulfikarovich

Umarov Otabek Zulfikarovich

Dotsent
Kafedra mudiri
o.umarov@taqu.uz
09:00-17:00
100194, Toshkent shahar, Yunusobod tuman, Yangishahar ko'chasi, 9A-uy

     Kafedra tarixi:


    Shaharsozlikkafedrasiga dastlab Toshkent politexnika institutida 1968-yilda asos solingan bolib, “Shaharsozlik va landshaft arxitekturasikafedrasi deb nomlangan. Ushbu kafedra 1991-yilga qadar Toshkent politexnika instituti tarkibida faoliyat ko’rsatib kelgan.

    1991-yilda Toshkent arxitektura-qurilish instituti (hozirgi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti) tashkil etilgach, kafedra mazkur oliy ta’lim muassasasi tarkibida faoliyatini davom ettirdi.

    Kafedrada “Shaharsozlik” va “Landshaft arxitekturasi” yo‘nalishlari faoliyat yuritgan. 2009-yil 3-avgustdagi PQ-1167 sonli “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi koʻlamini kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qarori hamda 2009-yil 26-oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida uy-joylar qurishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori asosida “Shaharsozlik va landshaft arxitekturasi” kafedrasi bazasida mutaxassis chiqaruvchi uchinchi yangi 5341000 - “Qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish” ta’lim yo‘nalishi tashkil etildi. 2024-yil sentabrdan Toshkent arxitektura-qurilish institute kengashi Qaroriga asosan “Shaharsozlik va landshaft arxitekturasi” kafedrasi “Shaharsozlik kafedrasi nomiga o‘zgartirildi.

    1968-1985 yillar mobaynida arxitektura fanlari nomzodi, professor V.A. Arhangelskiy kafedraga rahbarlik qildi. 1986-1989 yillarda professor R.M. Valiyev, 1989-1994 yillarda professor K.H. Muhamedjanov, 1998-2002 yillarda professor D.V. Latipov, 2005-2006 yillarda professor H.M. Ubaydullaev, 2006-2009 yillarda professor H.K. Tursunov, 2009-2013 va 2018-2019 yillarda professor M.Q. Ahmedov, keyingi yillarda bir qancha professorlar M.K. Mirzaev, U.M. Umarov, M.A. Talipov, dotsent Q.T. Usmonov, professor D.A. Nazarovalar rahbarlik qilgan.

    2023-yil sentabr oyidan hozirgi kunga qadar arxitektura fanlari doktori (DSc), professor Z.H. Adilov “Shaharsozlik” kafedrasida rahbarlik qilmoqda.

    Kafedra faoliyati:


    “Shaharsozlik” kafedrasida bugungi kunda 4 nafar fan doktori va professorlar, dorsent fan nomzodlari 4 nafar, 5 ta dotsentlar, 2 nafar katta o’qituvchilar faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Bugungi kunda kafedraning ilmiy salohiyati 83 foizni tashkil etadi. Ushbu professor-o‘qituvchilar tomonidan hozirgi kungacha Urbanistika, Shaharsozlik va landshaft sohalariga oid bir qancha darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy ko‘rsatmalar, monografiyalar va ilmiy maqolalar nashr etilgan.

    Hozirgi kunda kafedrada 60731400-“Urbanistika” ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavr, hamda 70730102 -“Shaharsozlik va landshaft arxitekturasi” mutaxassisliklari bo’yicha magistrlar tayyorlab kelinmoqda.

    Kafedra professor-o‘qituvchilari universitetda o’qitilayotgan talabalarga 54 dan ortiq fanlardan ta`lim berib kelmoqdalar. Kafedrada o’quv jarayoni zamonaviy darslik va o’quv adabiyotlari bilan ta`minlangan. So’nggi uch yilda fanlardan 20 dan ortiq darslik, 32 dan ortiq o’quv qo’llanmalar 10 dan ortiq monografiyalar nashr etildi. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o’qitiladigan barcha fanlardan o’quv uslubiy majmualar yaratilib, o’quv jarayoniga joriy qilindi va elektron adabiyot shaklida talabalarga yetkazildi.

    Kafedra olimlari O‘zbekistonda shahar va qishloq hududlarini kompleks rivojlantirish, aholi punktlarini rejaviy tashkil etish, urbanizatsiya jarayonlarini ilmiy asosda boshqarish, transport va muhandislik infratuzilmasini takomillashtirish hamda landshaft muhitini ekologik talablarga mos ravishda shakllantirish yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi.

    Kafedra qoshida “UrbanLab”, “Smart City Innovatsiya Klubi”, “EkoShahar”, “Urban Inclusivity Hub” va “Urban rejalashtirish” kabi to’garaklar tashkil etilgan.

    Talabalarni amaliyotga yo’naltirish maqsadida “Discovery” MChJ, “Etalon project” ООО, “Davr sifat qurilish bizness” XK, “Special project” OOO, Geodeziya xizmatlari  MChJ, “Arxtorus” MChJ, “Oazis Mega Construction business” MChJlar, shuningdek “ToshkentboshplanLITI” DM, “Qishloqqurilishloyiha” DM, “O’zshaharsozlikLITI” DM kabi korxonalarda hamkorlikda dual ta’lim yo‘lga qo‘yilgan.

Adilov Zarifjon Himmatovich
Adilov Zarifjon Himmatovich

Arxitektura fanlari doktori (DSc), professor

Professor

z.adilov@taqu.uz

Isamuxammedova Dilorom Uchkunovna
Isamuxammedova Dilorom Uchkunovna

Professor

Professor

Usmanov Muradxan Saidmaxmudovich
Usmanov Muradxan Saidmaxmudovich

Arxitektura fanlari doktori (DSc), dotsent

Dotsent

Nazarova Dinara Anvarovna
Nazarova Dinara Anvarovna

Arxitektura fanlari doktori (DSc), professor

Professor

d.nazarova@taqu.uz

Kamilova Xalida Xabibullayevna
Kamilova Xalida Xabibullayevna

Dotsent

Dotsent

Sattarova Kamila Djumayevna
Sattarova Kamila Djumayevna

Dotsent

Dotsent

k.sattarova@taqu.uz

Sereyeva Guljazira Adilbayevna
Sereyeva Guljazira Adilbayevna

Dotsent

Dotsent

g.sereyeva@taqu.uz

Esirgapov Farxod Boburovich
Esirgapov Farxod Boburovich

PhD, dotsent

Dotsent

Zakirova Munisa Shuhrat qizi
Zakirova Munisa Shuhrat qizi

PhD, dotsent

Dotsent

m.zakirova@taqu.uz

Musayeva Zumrad
Musayeva Zumrad

PhD

Katta o‘qituvchi

z.musayeva@taqu.uz

Najmiddinovna Gulnora Obidjon qizi
Najmiddinovna Gulnora Obidjon qizi

PhD

Katta o‘qituvchi

g.najmiddinova@taqu.uz

Oripova Sarvinoz Abduqaxxor qizi
Oripova Sarvinoz Abduqaxxor qizi

v.b. dotsent

Dotsent

s.oripova@taqu.uz

Dadamuxamedova Madina Sanjar qizi
Dadamuxamedova Madina Sanjar qizi

Assistent

m.dadamuxamedova@taqu.uz