Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Rektor kubogi” tashkil etildi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Menejment fakulteti
tyutorlari boshchiligida talabalar o‘rtasida shaxmat va shashka sport turi
bo‘yicha “Rektor kubogi” tashkil etildi. 
Unda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish va talabalarning boʻsh
vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha ustuvor vazifalar amalga
oshirilmoqda. 
Bundan koʻzlangan maqsad talaba-yoshlarni aqliy rivojlantirish, sogʻlom
turmush tarzini tashkil etish hamda sport mashgʻulotlariga doimiy ravishda jalb
etishdan iborat.
  Quyidagi talabalar gʻolib deb topildi:  
-  Sherketov Izzet 40-25 guruh
talabasi; 
-  Xudoynazarov Davron 41-25 guruh
talabasi; 
-  Alimov Otabek 41-25 guruh
talabasi.   
    Gʻoliblar rektor va yoshlar uchrashuvida universitet
rektori B.Tulaganov tomonidan taqdirlandi.
 
                 
                                -20251028173657.jpg) 
                                -20251028173704.jpg) 
                                 
                                -20251028173717.jpg) 
                                 
                                