Toshkent arxitektura-qurilish universitetida maktab o‘quvchilari uchun qo‘shimcha darslar tashkil etildi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Yunusobod tumanidagi 250 va
273-sonli umumta’lim maktablari bilan hamkorlik memorandumi imzoladi.
Mazkur hamkorlik doirasida 7–9-sinf o‘quvchilari uchun “Fizika”,
“Geometriya” va “Chizmachilik” fanlarining arxitektura, dizayn, muhandislik
hamda sun’iy intellekt yo‘nalishlariga oid darsdan tashqari mashg‘ulotlar
yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu tashabbus “maktab - texnikum (litsey) - universitet” tizimini
samarali yo‘lga qo‘yishga xizmat qilib, yoshlar orasida sohaga qiziqishni
kuchaytirmoqda.
 
                 
                                -20251027154736.jpg) 
                                -20251027154745.jpg) 
                                -20251027154749.jpg) 
                                
