Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Germaniyaning yetakchi qurilish kompaniyalari bilan seminar bo‘lib o‘tdi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti ilmiy laboratoriyasida
Germaniyaning nufuzli qurilish kompaniyalari — F.Willich va desoi.de bilan
hamkorlikda ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Tadbirda universitet rektori Baxrom Tulaganov so‘zga chiqib, tashkil
etilgan markaz faoliyati hamda uning istiqbollari haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, endilikda mazkur kompaniyalarning Toshkent arxitektura-qurilish
universitetida filiallari faoliyat boshlashi ta’kidlandi.