Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Germaniya vakillari ishtirokida seminar mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi
2025-yil 5-sentabr kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetida
Germaniyaning Trizdorf Vaynshtefan universiteti vakillari bilan seminar
mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Germaniyadan 3 nafar professor va 30 nafar talaba
tashrif buyurdi.
Seminarda universitet prorektori D. Mirdjalilova, Xalqaro aloqalar bo‘limi
boshlig‘i A. Nigmadjanova hamda Arxitektura fakulteti professori D. Nazarova
qatnashdi. Tadbir davomida ikki universitet faoliyati bo‘yicha taqdimotlar
o‘tkazildi.
Shuningdek, professor D. Nazarova tomonidan O‘zbekistonda landshaft
arxitekturasi va shaharsozlik mavzusida maxsus taqdimot qilindi.