Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Zakovat quiz" tashkil qilindi
Prezidentimizning tashabbusi bilan yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli
tashkil etish maqsadida talabalar o'rtasida "Dolzarb 90 kun"
loyihasi doirasida "Zakovat quiz" o'yini o'tkazildi.
"Zakovat Quiz" o'yinida talabalar jamoa bo'lib ishtirok
etishdi. O'yin davomida turli xil kino, kitob, asar, multfilmlar va
musiqalardan savollar berildi. Bu savollar talabalar uchun qiziqarli va foydali
bo'lib, ularning umumiy bilimlarini sinovdan o'tkazdi. Har bir jamoa o'z
bilimlarini namoyish etish uchun raqobatlashishdi.
"Dolzarb 90 Kun" loyihasi doirasida o'tkazilgan "Zakovat
Quiz" o'yini, talabalar uchun nafaqat bilimlarini oshirish, balki ijtimoiy
aloqalarini rivojlantirishda muhim rol o'ynadi.