Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida sport musobaqalari davom etmoqda
Prezidentimizning tashabbusi bilan yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli
tashkil etish maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalar o'rtasida
sportning voleybol va stol tennis turi bo'yicha musobaqalar o'tkazildi.
Qizg'in va murosasiz o'tgan voleybol o’yinida 23-22BIQo’ va 25-22Ngo’
guruh talabalari faol ishtirok etishdi. O'yinga universitetning jismoniy
tarbiya fani o’qituvchisi G’ayrat Yorqulov hakamlik qildi.
Musobaqaning asosiy maqsadi yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb
qilish, jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda yoshlar
o‘rtasida do‘stlik va jamoaviy ruhni mustahkamlash.