Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida seminar trening o'tkazildi
Prezidentimizning tashabbusi bilan yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli
tashkil etish maqsadida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Xitoylik
mutaxassislar tomonidan "Baland binolarni loyihalash" mavzusida
seminar trening o'tkazildi.
Seminar talabalar tomonidan yuqori qiziqish bilan qabul qilindi.
Seminarning asosiy maqsadi baland binolarni loyihalash sohasidagi zamonaviy
texnologiyalar, ilg'or tajribalar va innovatsion yondashuvlarni o‘rganish, va
amaliy bilimlarni oshirish.
Mutaxassislar baland binolarning struktura tuzilishi, xavfsizlik
qoidalari, dizayn va qurilish materiallari bo‘yicha batafsil ma’ruzalar taqdim
etdilar. Bu esa talabalar va yosh mutaxassislarning malakasini oshirishga
xizmat qildi.