Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida kino kechasi o'tkazildi
Prezidentimizning tashabbusi bilan yoshlarni bo'sh
vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "Dolzarb 90 kun" loyihasi
doirasida "UCH QAHRAMON" filimi namoyishi bo'lib o'tdi.
Mazkur film Kinematografiya agentligi buyurtmasiga
binoan Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti bilan hamkorlikda
“Spectre Studio” studiyasi tomonidan suratga olingan bo‘lib, o‘tkir syujet va
hayotiy voqealarga asoslangan.
Filmning asosiy g‘oyasi jinoyatchilikka qarshi
kurashda barcha sa’y-harakatlarni birlashtirish, bunda o‘zaro hamkorlikka
erishish va milliy xavfsizlikni ta’minlashdagi muhim qadriyatlarni targ‘ib
etishdan iborat. Bu yondashuv filmga dramatik mazmun, balki tomoshabin
qalbini larzaga keltiruvchi tuyg‘ularni ham bag‘ishlaydi.
Filmining namoyishi talabalar uchun qiziqarli
bo'ldi. Film orqali jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik va milliy
xavfsizlikni ta'minlashning ahamiyati haqida muhim xabar berildi. Ushbu tadbir,
shuningdek, talabalarni ijtimoiy masalalar bo'yicha fikr almashishga undadi va
ularning madaniy rivojlanishiga hissa qo'shdi.