Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Kibersport" onlayn musobaqasi o'tkazildi
Prezidentimizning tashabbusi bilan yoshlar bo'sh vaqtini mazmunli
tashkil etish maqsadida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida
"Rektor kubogi" "Kibersport" onlayn musobaqasi o'tkazildi.
Musobaqa davomida talabalarning kibersportga bo‘lgan qiziqishi va
iste’dodlari namoyon bo‘ldi. Rektor kubogi uchun o‘tkazilgan bu musobaqa,
shuningdek, yoshlar orasida jamoaviy ruhni oshirish, raqobatni rivojlantirish
va kibersportni ommalashtirishga xizmat qiladi.
O'yin davomida qatnashchilar o‘rtasida kuchli raqobat bo‘ldi, har bir
jamoa o‘zining eng yaxshi natijalarini ko‘rsatishga intildi. Tanlov
natijalariga ko'ra Menejment fakultetining "Nintendo" jamoasi g'olib
bo'ldi.