Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Bino va inshootlarning seysmik xavfsizligini ta'minlashda zamonaviy va innovatsion yondashuvlar” mavzusida xalqaro ilmiy-texnik anjuman bo‘lib o‘tdi
Anjumanning asosiy maqsadi — Respublikamizda barpo etilayotgan bino va
inshootlarning seysmik xavfsizligini ta’minlashda innovatsion yondashuvlarni
amaliyotga tatbiq etish hamda Toshkent arxitektura-qurilish universitetining
loyiha tashkilotlari bilan o‘zaro integratsiyasini mustahkamlashdan iborat.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining seysmik
xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan PQ-161 va PQ-309 sonli
qarorlari ijrosini ta’minlash masalalari ham muhokama qilindi.
Anjumanda Qozog‘iston, Rossiya, Xitoy, Italiya va Kaliforniya kabi
mamlakatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan professor-o‘qituvchilar
ishtirok etib, bino va inshootlarning seysmik xavfsizligi yo‘nalishida o‘z
ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashdilar.
Mazkur anjuman soha mutaxassislari, olimlar va amaliyotchi muhandislar
uchun tajriba almashish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda muhim maydon
bo‘ldi.
