Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va “Keng Makon” mebellar fabrikasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Baxrom Tulaganov
O‘zbekistondagi yirik mebel ishlab chiqaruvchi korxonalardan biri — “Keng
Makon” mebellar fabrikasi rahbari Abduraxim Abduraxmanov bilan uchrashuv
o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar ta’lim jarayonini amaliyot bilan uzviy
bog‘lash, talabalar uchun ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish hamda dual
ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.
Hamkorlik doirasida universitet talabalari “Keng Makon” fabrikasida
amaliy ko‘nikmalarni egallash, zamonaviy mebel dizayni va ishlab chiqarish
texnologiyalari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Uchrashuv yakunida ikki tomon o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni
yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandum imzolandi. Mazkur hujjat yosh
mutaxassislarni mehnat bozoriga tayyorlash, innovatsion g‘oyalarni ishlab
chiqarishga joriy etish hamda universitet va sanoat korxonalari o‘rtasidagi
integratsiyani mustahkamlashga xizmat qiladi.
Mazkur tashabbus Toshkent arxitektura-qurilish universitetida ta’lim
sifati va amaliy yo‘nalishni yanada kuchaytirish yo‘lidagi navbatdagi muhim
qadam bo‘ldi.
 
                 
                                 
                                -20251028160657.jpg) 
                                 
                                -20251028160716.jpg) 
                                -20251028160722.jpg) 
                                
