Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali bilan hamorlik memorandumini imzoladi.
Toshkent
arxitektura-qurilish universiteti  Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Yangiyer filiali bilan hamorlik memorandumini  imzoladi. Toshkent
arxitektura-qurilish universiteti rektori  B.A Tulaganov Toshkent
kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali bilan  hamkorlik aloqalarini
o'rnatish maqsadida uchrashuv bo'lib o'tdi. Ikki oliy ta'lim muassasasi
rahbarlari o'rtasida o'tkazilgan uchrashuvda Ilmiy-tadqiqot ishlarining
samaradorligini oshirish, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning integratsiyasini
rivojlantirish, tajriba va bilimlar bilan almashish, malaka oshirish va
stajirovkalarni tashkil etish, seminar-trening, konferensiya, biznes-forumlar
va boshqa tadbirlarni amalga oshirish bo'yicha o'zaro hamkorlik memorandumi
imzolandi. Qolaversa Xitoy tajribasi asosida ta'lim va ishlab chiqarish
sohasida bir qancha loyihalar ustida hamkorlikda ishlash masalalari muhokama
qilindi.
 
                 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                

