Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali bilan hamkorlik memorandumi imzoladi.
Toshkent
arxitektura-qurilish universiteti 
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali bilan hamkorlik
memorandumi  imzoladi. Toshkent
arxitektura-qurilish universiteti rektori 
B.A Tulaganov Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali
bilan  hamkorlik aloqalarini o'rnatish
maqsadida uchrashuv bo'lib o'tdi. Ikki oliy ta'lim muassasasi rahbarlari
o'rtasida o'tkazilgan uchrashuvda Ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligini
oshirish, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning integratsiyasini
rivojlantirish, tajriba va bilimlar bilan almashish, malaka oshirish va
stajirovkalarni tashkil etish, seminar-trening, konferensiya, biznes-forumlar
va boshqa tadbirlarni amalga oshirish bo'yicha o'zaro hamkorlik memorandumi
imzolandi. Qolaversa Xitoy tajribasi asosida ta'lim va ishlab chiqarish
sohasida bir qancha loyihalar ustida hamkorlikda ishlash masalalari muhokama
qilindi.
 
                 
                                 
                                 
                                 
                                

