Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Namanganda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-209-son qarori ijrosini
ta’minlash maqsadida Namangan viloyati hokimligida hududlarni rivojlantirish
masalalari bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori
Baxrom Tulaganov ishtirok etdi. Muloqot davomida investitsiya masalalari,
Namangan viloyatida qurilish chiqindilarini qayta ishlash va ulardan samarali
foydalanish, qurilish sifatini oshirish hamda bir qator boshqa dolzarb
yo‘nalishlar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash,
yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va istiqboldagi rejalarni
bosqichma-bosqich tatbiq etish bo‘yicha kelishib oldilar.
 
                 
                                 
                                -20251027160806.jpg) 
                                