Toshkent arxitektura qurilish universiteti Muhandislik fakulteti talabalari tomonidan "Ekologiyaga oid bilimlar kuni” mavzusida "Loyiha ishlari" oʻyini boʻlib oʻtdi
Loyiha ishining asosiy maqsadi – talabalarga oʻz
fikrlarini amaliyotga tatbiq etish imkoniyatini berish. Talabalar oʻzlarining
qiziqishlari va muammolari boʻyicha loyiha yaratishadi, bu esa ularning
bilimlarini mustahkamlashga va real hayot bilan bogʻlashga yordam beradi. Unda
talabalar oʻrtasida ekologiya va atrof-muhitni asrashga oid bilimlarni
mustahkamlashga qaratilgan boʻlib, ushbu yoʻnalishda tahsil olayotgan
talabalarning bilimlar bellashuvida faol ishtiroklari, oʻzaro tajribalar
almashinishlari asnosida oʻta qizgʻin va taassurotlarga boy boʻldi.