Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti talabalari diqqatiga!

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti talabalari diqqatiga!

Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish hamda xalqaro loyihalarda ishtirok etish maqsadida 2025-yil 22–28-dekabr kunlari Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va Xitoy Xalq Respublikasining Chongqing universiteti hamkorligida ikki bosqichli “Winter School” workshopi tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Workshop bosqichlari:

1-bosqich — Toshkent arxitektura-qurilish universitetida

2-bosqich — Xitoy Xalq Respublikasida, Chongqing universitetida

Mazkur nufuzli xalqaro loyihada ishtirok etish uchun tanlov asosida faol va iqtidorli talabalar saralab olinadi.

Ishtirokchilar uchun talablar:

1. Ingliz tilida erkin muloqot qila olish (ingliz tilida muloqot majburiy);

2. O‘z mutaxassisligi bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish;

3. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining 3-4 bosqich talabalari hamda magistratura talabalari.

Batafsil ma’lumot va murojaat uchun:

Arxitektura fakulteti ma’naviyat ishlari bo‘yicha dekan muovini Y. Mamasharipov

📞 Tel.: +998 97 155 17 55