Suvda cho‘kish holatlari oldini olish – har birimizning burchimiz!
Yozgi ta'til
kunlarida ommaviy ravishda suv havzalariga borish holatlari ortib bormoqda.
Shuni unutmang: ruxsat etilmagan va tartibga solinmagan joylarda cho‘milish
hayotingiz uchun xavf tug‘diradi!
Suvda cho‘kish
xavfini kamaytirish uchun quyidagilarga amal qiling:
-  Faqat belgilangan, qutqaruv xizmatlari bor
bo‘lgan joylarda cho‘miling
-  Kichik yoshdagi bolalarni qarovsiz qoldirmang
-  Suvga to‘yib ovqatlangandan so‘ng darhol
tushmang
-  Mast holatda suvga tushmang
-  Suv havzalariga sakrash, chuqur joylarga
suzishdan saqlaning
-  Cho‘milayotgan odam cho‘ka boshlasa, uni
qutqarishga faqat suzishni va yordam chaqirishni bilsangiz kirishing
Ruxsat etilmagan
joylarda cho‘milish nafaqat xavfli, balki qonunga zid hisoblanadi!
Suv – do‘stingiz
bo‘lishi mumkin, lekin unga nisbatan mas’uliyatli va ehtiyotkor bo‘ling!
 
                 
                                