Arxitektura yodgorliklari kafedrasi

Shoisoyev Izatullo Kenjayevich

Shoisoyev Izatullo Kenjayevich

Arxitektura fanlari doktori, dotsent
Kafedra mudiri
i.shoisoyev@taqu.uz
100194, Toshkent shahar, Yunusobod tuman, Yangishahar ko'chasi, 9A-uy

    Kafedra tarixi:


    “Arxitektura yodgorliklari” kafedrasi arxitektura -qurilish universiteti tarkibidagi eng keksa va nufuzli kafedralardan hisoblanadi. U dastlab 1929 yilda O‘rta Osiyo paxtachilik – industrial politexnika instituti qoshida “Arxitektura tarixi va nazariyasi” kafedrasi bo‘lib tashkil etilgan. Ushbu kafedraga V.A. Nilsen, M.A. Salohiddinov, X.Sh. Po‘latov, T.F. Qodirova, Sh.S. Reyimbaev, D.A. Nozilov, T.Sh. Mamatmusaev, I.K. Shoisoev kabi arxitektura sohasining yetuk olimlari rahbarlik qilishgan. 2023 yildan esa iste’dodli olim I.K. Shoisoev boshchilik qilmoqda.

       Kafedra faoliyati:


     “Arxitektura yodgorliklari” kafedrasi universitet tarkibidagi yetakchi ilmiy-pedagogik kafedralardan biri sifatida faoliyat yuritib, milliy arxitektura merosini o‘rganish, asrash va tiklash sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan.

    Kafedrada tajribali professor-o‘qituvchilar jamoasi faoliyat olib bormoqda. Ular orasida professorlar O.M. Salimov, Sh.Z. Nurmuhamedova, T.Sh. Mamatmusayev, X.Sh. Po‘latov, A.A. Ziyayev, Sh.S. Reyimbayev, shuningdek, S.M. Mirdavidova, A.A. Yaxyayev, O.A. Masharipov, E.A. Salayev, A.A.Turdiyev, N.B. Raxmatova, S.G‘. Jo‘rayeva, B.A. Qalandarov, R.X. Qurbonov, F.Z. Yusupova, D.Q. O‘roqova singari PhD darajasiga ega dotsent va katta o‘qituvchilar talabalarga o’z bilimlarini berib kelmoqdalar.

    O‘zbek arxitektura fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, O’rta Osiyoning mashhur olimlaridan G.A. Pugachenkova, V.A. Nilsen, P.Zohidov, T.F. Qodirova, D.A. Nozilov, Sh.D. Asqarov, I.Azimov singari o’z ishining mohir jonkuyar ustozlar kafedrada o‘z faoliyatini olib borganlar. Ularning ilmiy maktabi bugungi kunda ham munosib davom ettirilmoqda.

Kafedra bakalavr va magistratura bosqichlarida arxitektura tarixi, arxitektura nazariyasi, shaharsozlik tarixi, me’moriy merosni muhofaza qilish, arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash nazariyasi yo‘nalishlarda ta’lim berib kelmoqda. Bugungi kunda kafedra professor-o‘qituvchilari qo‘lida tahsil olgan minglab arxitektorlar mamlakatimizda barpo etilgan zamonaviy binolar, tarixiy obidalarni ta’mirlash va qayta tiklash loyihalarining mualliflaridir.

    Kafedrada quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:

    Bakalavriat:

  • 60212200 – “Madaniy meros ob’ektlarini asrash”
  • 60731100 – “Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyasi”

    Magistratura:

  • 70730103 – “Arxitektura nazariyasi va tarixi”

    Shuningdek, Germaniyaning Anhalt University of Applied Sciences bilan hamkorlikda “Arxitektura nazariyasi va tarixi, arxitektura yodgorliklarini tiklash” mutaxassisligi bo‘yicha 1+1 magistratura yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi asosida magistr talabalari tahsil olishmoqda.

Bundan tashqari kafedrada 18.00.01 – “Arxitektura nazariyasi va tarixi, arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash” ixtisosligi bo‘yicha: 12 nafar tayanch doktorant, 22 nafar mustaqil izlanuvchi (PhD), 6 nafar mustaqil izlanuvchi (DSc) lar ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Tadqiqotlar arxitektura tarixi, nazariyasi, me’moriy yodgorliklarni restavratsiya qilish va muhofaza hududlarini tashkil etish kabi dolzarb yo‘nalishlarni qamrab oladi.

    Universitetning barcha kafedralari qatori “Arxitektura tarihi va nazariyasi”, “Arxitektura yodgorliklarni ta’mirlash va qayta tiklash”, “Tarixiy shahar markazlarini rekonstruksiya qiliish”, “Arxitektura yodgorliklaridan zamonaviy maqsadlarda foydalanish”, “Arxitektura yodgorliklarining muhofaza hududlarini tashkil etish usullari”, “Tarixiy shahar markazlarini qayta tiklash”, “Muqarnas va girih”, “Restavratsiyada innovatsiyalar: xorij tajribasi” va boshqa mutahassislik fanlaridan o‘ndan ortiq malakali professor-o‘qituvchilar nazariya, amaliy dars mashg‘ulotlarini olib bormoqdalar. So‘nggi yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan: 10 dan ortiq darslik, 15 dan ortiq o‘quv qo‘llanma va uslubiy ko‘rsatmalar, 15 ga yaqin monografiyalar nashr etildi. Bu adabiyotlar milliy arxitektura fanining ilmiy-metodik bazasini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

    Kafedra jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimidagi San’atshunoslik instituti, “Madaniy meros” ilmiy tadqiqot instituti bilan hamkorlikda me’moriy yodgorliklar to‘plamlarini tayyorlash, arxitektorlar biografik qomusini yaratish kabi yirik ilmiy loyihalarda ishtirok etmoqda.

    “Arxitektura yodgorliklari” kafedrasi milliy arxitektura merosini asrash, tiklash va ilmiy asosda o‘rganish sohasida yetakchi ilmiy maktab sifatida shakllangan. Kafedra nafaqat ta’lim, balki ilmiy tadqiqot, amaliy loyihalar va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida ham faol faoliyat yuritib, mamlakatimiz arxitektura san’atining barqaror rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda. Kafedra tashabbusi bilan “Arxitektura: meros va zamonaviylik” xalqaro ilmiy-amaliy anjumani hamda “O‘zbekiston arxitektura nazariyasi, tarixi, yodgorliklarini ta’mirlash va qayta qurish muammolari” mavzusida respublika miqyosidagi konferensiyalar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

Salimov Arifdjan Muslimovich
Salimov Arifdjan Muslimovich

arx.f.d. (DSc), professor

Professor

a.salimov@taqu.uz

Nurmuxamedova Shoira Zaxidovna
Nurmuxamedova Shoira Zaxidovna

arx.f.d. (DSc), professor

Professor

sh.nurmuxamedova@taqu.uz

Mirdavidova Saodat Mirvalievna
Mirdavidova Saodat Mirvalievna

arx.f.b.d. (PhD), dotsent

Professor v.b.

s.mirdavidova@taqu.uz

Yaxyaev Abdulla Abdujabborovich
Yaxyaev Abdulla Abdujabborovich

arx.f.b.d. (PhD), dotsent

Dotsent

a.yaxyayev@taqu.uz

Masharipov Oybek Abduraximovich
Masharipov Oybek Abduraximovich

arx.f.b.d. (PhD), dotsent

Dotsent

o.masharipov@taqu.uz

Salaev Ergash Atonazarovich
Salaev Ergash Atonazarovich

arx.f.b.d. (PhD)

Dotsent v.b.

e.salayev@taqu.uz

Jo‘raeva Sarvinoz G‘ofur qizi
Jo‘raeva Sarvinoz G‘ofur qizi

arx.f.b.d. (PhD)

Katta o‘qituvchi

s.jurayeva@taqu.uz

Xasanova Maftuna Alisher qizi
Xasanova Maftuna Alisher qizi

arx.f.b.d. (PhD)

Assistent

m.xasanova@taqu.uz

Turdiev Abdurazak Abduraximovich
Turdiev Abdurazak Abduraximovich

Dotsent

a.turdiyev@taqu.uz

Yusupova Fotima Zokirovna
Yusupova Fotima Zokirovna

Dotsent v.b.

f.yusupova@taqu.uz

Raxmatova Nodira Baxrievna
Raxmatova Nodira Baxrievna

Katta o‘qituvchi

n.raxmatova@taqu.uz

Qalandarov Bobur Alijon o‘g‘li
Qalandarov Bobur Alijon o‘g‘li

Katta o‘qituvchi

b.qalandarov@taqu.uz

Qurbonov Ravshan Xushnazarovich
Qurbonov Ravshan Xushnazarovich

Katta o‘qituvchi

r.qurbonov@taqu.uz

O‘roqova Dildora Qodirovna
O‘roqova Dildora Qodirovna

Assistent

d.oroqova@taqu.uz

Ashurov Saydullo Xasan o’g’li
Ashurov Saydullo Xasan o’g’li

Assistent

s.ashurov@taqu.uz