Qurilish mexanikasi va seysmik muhandislik kafedrasi

Shadmanova Zuxra Salahovna

Shadmanova Zuxra Salahovna

Tarix fanlari nomzodi, dotsent
Kafedra mudiri
z.shadmanova@taqu.uz
09:00-17:00
100194, Toshkent shahar, Yunusobod tuman, Yangishahar ko'chasi, 9A-uy

Kafedra tarixi:


Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “Qurilish mexanikasi va seysmik muhandislik” kafedrasniing shakllanish va rivojlanish tarixi o‘tgan asr boshlariga borib taqaladi. 1918-yilda Turkiston Davlat universiteti tashkil etilgan bo‘lib, uning tarkibida “Qurilish mexanikasi” yo‘nalishi bo‘yicha dastlabki ilmiy-pedagogik faoliyat yo‘lga qo‘yilgan.

Keyinchalik oliy ta’lim tizimidagi tarkibiy o‘zgarishlar natijasida mazkur yo‘nalish Toshkent politexnika instituti tarkibida faoliyat yuritib, qurilish mexanikasi sohasida yetuk mutaxassislar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar olib borish va respublika miqyosida ilmiy maktabni shakllantirishda muhim o‘rin egallagan. 1991-yilgacha kafedra mazkur institut tarkibida samarali faoliyat ko‘rsatgan.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, oliy ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar natijasida qurilish sohasidagi ta’lim va ilmiy yo‘nalishlar yanada takomillashtirildi. Shu jarayonda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti tarkibida “Qurilish mexanikasi va seysmik muhandislik” kafedrasi zamonaviy talablar asosida qayta shakllantirilib, uning ilmiy yo‘nalishlari kengaytirildi.

“Qurilish mexanikasi va seysmik muhandislik” kafedrasi 1964-yilda Toshkent Politexnika instituti tarkibidagi “Materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi” kafedrasi negizida atoqli olim, muhtaram alloma M.T. O‘rozboyev tashabbusi bilan tashkil etilgan.

Kafedra tashkil topgan dastlabki yillardan boshlab respublikada qurilish mexanikasi va inshootlar zilzilabardoshligi sohasida ilmiy maktab shakllanishida muhim o‘rin tutdi. Turli yillarda kafedraga quyidagi yetuk olimlar rahbarlik qilganlar:

  • dotsent Yu.R. Leyderman (1964–1971)
  • professor T.Sh. Shirinqulov (1971–1975)
  • dotsent B.A. Hobilov (1976–1982)
  • professor Q.S. Abdurashidov (1982–2010)

Ularning rahbarligi davrida kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlari kengaytirildi, yuqori malakali muhandis va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlandi hamda mustahkam ilmiy an’analar shakllantirildi.

2010-yildan buyon texnika fanlari nomzodi, dotsent Zuhra Salaxovna Shadmanova Toshkent arxitektura-qurilish universitetining “Qurilish mexanikasi va seysmik muhandislik” kafedrasiga rahbarlik qilib kelmoqda. Uning boshchiligida kafedrada zamonaviy o‘quv dasturlari joriy etilib, ilmiy izlanishlar yangi bosqichga ko‘tarildi hamda xalqaro hamkorlik aloqalari kengaytirildi.

Kafedra faoliyati:


“Qurilish mexanikasi va seysmik muhandislik” kafedrasi bugungi kunda 1 nafar fan doktori, professor, 6 nafar fan nomzodi va dotsent, 5 nafar katta oqituvchi hamda 1 nafar assistent faoliyat yuritmoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 54 foizni tashkil etadi.

Professor-o‘qituvchilar tomonidan hozirgi kunga qadar arxitektura va qurilish sohasining barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun ko‘plab darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy ko‘rsatmalar, monografiyalar hamda ilmiy maqolalar nashr etilgan. Ushbu ilmiy-pedagogik faoliyat kafedraning respublika miqyosidagi nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Kafedra barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun quyidagi fanlardan dars beradi: Nazariy mexanika, Materiallar qarshiligi, Qurilish mexanikasi, Muhandislik dinamikasi, Muhandislik ustuvorligi, Qurilish statikasi, Struktura statikasi, Inshootlar statikasi, Bino va inshootlar zilzilabardoshligi, Texnik mexanika.

Shuningdek, 70730306 – “Bino va inshootlar zilzilabardoshligi” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha quyidagi maxsus fanlar o‘qitiladi:

  • “Bino va inshootlar zilzilabardoshligi (maxsus kurs)”
  • “Inshootlar dinamikasi va ustuvorligi”
  • “Bino va inshootlarni zilziladan aktiv himoya qilish sistemalari”
  • “Elastiklik va plastiklik nazariyasi”
  • “Qurilish konstruksiyalarining ishonchlilik nazariyasi”
  • “Seysmomustahkam bino va inshootlarni zamonaviy kompyuter dasturlari asosida loyihalash”

Mazkur fanlar orqali talabalarga zamonaviy nazariy bilimlar hamda amaliy ko‘nikmalar chuqur o‘rgatilmoqda.

“Qurilish mexanikasi va seysmik muhandislik” kafedrasi professor-o‘qituvchilari universitetda tahsil olayotgan talabalarga 15 dan ortiq fan bo‘yicha ta’lim berib kelmoqda.

Kafedrada o‘quv jarayoni zamonaviy darsliklar va o‘quv adabiyotlari bilan to‘liq ta’minlangan. So‘nggi uch yil davomida fanlar kesimida 10 dan ortiq darslik, 20 dan ortiq o‘quv qo‘llanma hamda 6 ta monografiya nashr etildi.

Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘qitiladigan barcha fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualar ishlab chiqilib, o‘quv jarayoniga joriy etilgan. Mazkur majmualar elektron adabiyotlar shaklida talabalarga yetkazilib, ta’lim jarayonining sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.

“Qurilish mexanikasi va seysmik muhandislik” kafedrasining ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari quyidagi ustuvor mavzularni qamrab oladi:

1.     “Bino, inshootlar va arxitektura yodgorliklarining mustahkamligi hamda zilzilabardoshligini ta’minlash” – ushbu yo‘nalishda zamonaviy hisoblash usullari asosida konstruksiyalarning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini aniqlash, ularning ishonchliligi va seysmik xavfsizligini oshirish masalalari tadqiq etiladi.

2.     “Katta deformatsiyalarni e’tiborga olgan holda, o‘zgaruvchi qalinlikka ega bo‘lgan qovushqoq-elastik yupqa devorli konstruksiyalarning dinamik hisob nazariyasi va usullarini rivojlantirish” – mazkur yo‘nalishda murakkab mexanik modellarga asoslangan holda yupqa devorli konstruksiyalarning nochiziqli dinamik xatti-harakatini tadqiq etish, ularni hisoblashning samarali matematik modellari va sonli usullarini ishlab chiqish ko‘zda tutiladi.

Ushbu ilmiy mavzular kafedrada olib borilayotgan fundamental va amaliy tadqiqotlarning nazariy asosini tashkil etadi hamda qurilish konstruksiyalarining zamonaviy talablar asosida loyihalanishi va zilzilabardoshligini ta’minlashga xizmat qiladi.

“Qurilish mexanikasi va seysmik muhandislik” kafedrasi hamkorlik aloqalarini keng yo‘lga qo‘ygan. Jumladan, M.T. O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti, G’.O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti hamda Minora tayanch loyiha MChJ bilan o‘rnatilgan ilmiy-amaliy hamkorlik magistrantlar va yosh tadqiqotchilarning kasbiy rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Ushbu hamkorlik doirasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda, amaliy loyihalar bajarilmoqda hamda ishlab chiqarish bilan integratsiya kuchaytirilmoqda.

Kafedrada ishlab chiqarish bilan innovatsion-korporativ hamkorlikni rivojlantirish maqsadida har yili qurilish tashkilotlari bilan xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy hajmdor (xo‘jalik-shartnoma) ishlari bajarilmoqda. Bu esa ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish va real loyihalarda qo‘llash imkonini bermoqda.

Shuningdek, kafedra qoshida “Mustahkamlik fanlari” bo‘yicha ilmiy to‘garak tashkil etilgan bo‘lib, unda universitet talabalari faol ishtirok etmoqda. To‘garak doirasida talabalar ilmiy izlanishlar olib borish, masalalar yechish hamda amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.

“Qurilish mexanikasi va seysmik muhandislik” kafedrasi tomonidan magistratura bosqichi talabalari uchun nazariy билимни амалиёт билан уйғунлаштириш мақсадида M.T. O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti ҳамда Minora tayanch loyiha MChJ билан ҳамкорликда dual ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu tizim doirasida magistrantlar ilmiy-tadqiqot institutlari va loyiha tashkilotlarida amaliyot o‘tash, real loyihalar bilan tanishish hamda zamonaviy ҳисоблаш дастурлари асосида ишлаш кўникмаларини шакллантириш имкониятига эга бўлмоқдалар.

“Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-36-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori ijrosini ta’minlash maqsadida kafedra professor-o‘qituvchilariga iqtidorli talabalar biriktirilgan. Ular turli tanlovlar va nomdor stipendiyalar uchun o‘tkaziladigan tanlovlarda faol ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqdalar.

Abdikarimov Rustamxan Alimxanovich
Abdikarimov Rustamxan Alimxanovich

f.-m.f.d., professor

Professor

r.abdikarimov@taqu.uz

Nazarova Matlyuba Qudratovna
Nazarova Matlyuba Qudratovna

t.f.n., dotsent

Dotsent

m.nazarova@taqu.uz

Buriyev Abdulaziz Tajibayevich
Buriyev Abdulaziz Tajibayevich

f.-m.f.n., dotsent

Dotsent

a.buriyev@taqu.uz

Safarov Uchqun Israilovich
Safarov Uchqun Israilovich

t.f.f.d., PhD Dotsent

Dotsent

u.safarov@taqu.uz

Ilyasov Indalip Beglievich
Ilyasov Indalip Beglievich

t.f.n., dotsent

Dotsent

i.ilyasov@taqu.uz

Jabbarova Hilola Kuchkarovna
Jabbarova Hilola Kuchkarovna

dotsent v.b.

Dotsent

x.jabbarova@taqu.uz

Rasulev Akmal Pulatovich
Rasulev Akmal Pulatovich

Katta o‘qituvchi

a.rasulev@taqu.uz

Umarova Zahro Sidiqovna
Umarova Zahro Sidiqovna

Katta o‘qituvchi

z.umarova@taqu.uz

Maksudova Gulnoza Alimovna
Maksudova Gulnoza Alimovna

Katta o‘qituvchi

g.maksudova@taqu.uz

Xoltayeva Aziza Kudratilla qizi
Xoltayeva Aziza Kudratilla qizi

Katta o‘qituvchi

a.xoltayeva@taqu.uz

Tashmuxamedova Fotima Alisherovna
Tashmuxamedova Fotima Alisherovna

Katta o‘qituvchi

f.tashmuxamedova@taqu.uz

Arifdjanova Nozima Shoirovna
Arifdjanova Nozima Shoirovna

Assistent

n.arifdjanova@taqu.uz