Ilmiy-tadqiqot ishlari boshqarmasi
Reyimbaev Shuxrat Sa’dullayevich
Toshkent arxitektura-qurilish universitetining
Ilmiy tadqiqot ishlari boshqarmasi 1991-yil 6-mayda O‘zbekiston
Respublikasining birinchi Prezidenti I. A. Karimovning farmoni
bilan Beruniy nomidagi Toshkent politexnika institutining Ilmiy tadqiqot va innovatsiyalar
prorektori rahbarligi ostida faoliyat yurituvchi Fan va ilmiy-pedagogik
kadrlar tayyorlash bo‘limi nomi ostida o‘z faoliyatini boshlagan. O‘tgan yillar
davomida universitetda ilmiy-tadqiqot ham ilmiy-pedagogik kadrlash tayyorlash faoliyatiga
Ilmiy tadqiqot va innovatsiyalar prorektori sifatida t.f.d.,
professor E.U.Qosimov (1991-2000 yy.), t.f.d., professor N.A.Samig‘ov
(2000-2010 yy.), i.f.d., professor R.I.Nurimbetov (2010-2023 yy.), f-m.f.d., professor
A.A.Zaitov (2023-2024 yy.) rahbarlik qilishgan bo‘lsa, ayni paytlarda i.f.b.f.d. (PhD), professor v.b. D.Sh.Mirdjalilova
(2024 y – h.v.) rahbarlik qilib kelmoqdadir.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan prorektorlar rahbarligi ostida Fan va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi (hozirgi kunda - Ilmiy tadqiqot ishlari boshqarmasi)ga turli yillarda A.A.Siddiqov, S.A.Saidiy, Sh.S.Reyimbaev, A.A.Abduxoliqov, D.N.Mirbabaeva, B.X.Mirzaxmedov singari ilm-fan va ilmiy-tadqiqot ishlarining jonkuyar kadrlari bo‘limga boshchilik qilib keldilar.
2025 - yilda Universitet qoshida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qaroriga asosan Milliy ilmiy tadqiqod instituti tashkil etildi. Toshkent arxitektura-qurilish universitetining salohiyatini oshirish bo‘yicha hozirgi kunda 5 ta ixtisoslik kengashlari faoliyat olib bormoqda. Hozirgi kunda universitet salohiyati 62% ni tashkil etadi. Jumladan universitetda 32 nafar fan doktorlari (DSc) va 121 nafar fan nomzodlari (PhD) faoliyat olib borishadi. Ilmiy darajasiz ilmiy unvonga ega professor o‘qituvchilar esa 61 nafarni tashkil etadi.
Bo'lim faoliyati
Ilmiy-tadqiqot ishlari boshqarmasi
ilmiy faoliyat va innovatsiyalarni rivojlantirish, universitetning ilmiy
salohiyatini oshirish, yoshlarni ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish va ilmiy
loyihalarni amalga oshirishni muvofiqlashtirish uchun tashkil etilgan.
Boshqarma
universitetning ilmiy strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, ilmiy
va innovatsion loyihalarni boshqarish hamda ilmiy tarmoqlarni rivojlantirishga
qaratilgan turli chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Boshqarma vazifalari
1. Ilmiy va texnologik salohiyatni oshirish
o Zamonaviy
ilmiy infratuzilmalarni shakllantirish.
o
Universitet
kafedralari va markazlarining ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish.
o
Ilmiy
ishlanmalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish.
2.
Ilmiy-tadqiqot faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish
o
Universitetda
ilmiy-tadqiqot ishlarining yillik rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.
o
Ilmiy
loyihalar sifatini nazorat qilish va monitoring qilish.
o
Innovatsion
ishlanmalarni ishlab chiqish va joriy etish.
3. Yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish
o
Yosh
olimlar va tadqiqotchilarni ilmiy loyihalarga jalb qilish.
o
Startap
loyihalarini rivojlantirish va yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash.
o
Xalqaro
ilmiy hamkorlikni kengaytirish va ilg‘or texnologiyalarni o‘rganish.
4. Ilmiy va innovatsion aloqalarni rivojlantirish
o
O‘zbekistonning
ilmiy rivojlanishida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish.
o
Ilmiy-tadqiqot
natijalarini amaliyotga keng joriy etish.
o
Ilmiy
anjumanlar, seminarlar va simpoziumlarni tashkil etish.
Boshqarma tarkibiy bo‘limlari
1.
Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi
o
Ilmiy
ishlanmalarni tijoratlashtirish strategiyasini ishlab chiqish.
o
Innovatsiyalarni
ishlab chiqarish sektori bilan integratsiyalash.
o
Startaplar
va venchur sarmoyalarni jalb qilish.
o
Ilmiy
natijalarni patentlash, litsenziyalash va sanoatga tatbiq etish.
2. Ilmiy laboratoriya
o
Ilmiy
tadqiqotlarni eksperimental sinovdan o‘tkazish va rivojlantirish.
o Laboratoriya
jihozlarini modernizatsiya qilish.
o
Ilmiy
ishlanmalarni amaliyotga tatbiq qilish.
o
Xalqaro
va mahalliy laboratoriyalar bilan hamkorlikni kengaytirish.
3. Oliy ilm-fan maktabi
o
Iqtidorli
talabalar, magistrlar va doktorantlar uchun ilmiy muhit yaratish.
o
Maxsus
ilmiy dasturlar va loyihalarni amalga oshirish.
o
Yosh
olimlarning ilmiy faolligini oshirish.
o
Yetakchi
ilmiy markazlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
4. Ilmiy jurnal
o
Universitet
ilmiy-tadqiqot natijalarini nashr qilish va targ‘ib etish.
o
Xalqaro
va milliy ilmiy nashrlar bilan hamkorlik qilish.
o Ilmiy
maqolalarni chop etish.
o
Ilmiy
nashrlarni xalqaro ma’lumotlar bazalariga kiritish.
Boshqarma barcha bo‘limlar bilan hamkorlikda ishlash orqali ilmiy-tadqiqot ishlarini sifatli va samarali bajarishni ta’minlaydi.