O‘quv-uslubiy boshqarma
Rahimov Qodir Ergashevich
Boshqarma tarixi:
O‘quv bo‘limi 1991-yilda tashkil etilgan va 2025-yilda O‘quv-uslubiy boshqarma deb qayta nomlangan. O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘ining asosiy faoliyati o‘z vakolat doirasida ta’lim jarayonini rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilishdan iborat. O‘quv-uslubiy boshqarma boshqarma boshlig‘i tomonidan boshqariladi.
Toshkent arxitektura-qurilish
universitetining O‘quv-uslubiy (bo‘lim) boshqarmasi universitetda o‘quv
jarayonini tashkil etish, muvofiqlashtirish va takomillashtirishda muhim o‘rin
tutadi. Boshqarma faoliyati davomida ta’lim jarayonining samaradorligini
oshirish, o‘quv-uslubiy ishlarni rivojlantirish hamda zamonaviy ta’lim
tizimlarini joriy etishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
1991–2024-yillar davomida
boshqarma (bo‘lim) boshlig‘i lavozimida quyidagi rahbarlar faoliyat olib
borgan:
Kuchkarov Rustam Atajanovich,
Madjidov Inom Urishevich, Avchiyev Shuxrat Kurbantayevich, Xurramov Shavkat
Raxmatullayevich, Maxkamov Saidmurat Xodjimuratovich, Sattorov Zafar Muradovich
hamda Xolikov Dilshod Kamalovich.
2024-yildan buyon
O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i lavozimida Raximov Qodir Ergashevich faoliyat
yuritib kelmoqda.
О'quv-uslubiy boshqarma vazifalari quyidagilarni o'z ichiga oladi:
2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq bakalavriat va magistratura dasturlari uchun davlat ta’lim standartlarini (DTS) ishlab chiqishni tashkil etadi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-sonli Farmonida belgilangan tegishli vazifalarni amalga oshirishda ishtirok etadi.
- tasdiqlangan namunaviy o‘quv
dasturlariga asoslanib ishchi o‘quv dasturlarini ishlab chiqishni tashkil
etadi, ularni tasdiqlanib, ta’lim jarayonida tatbiq etilishini tashkil etadi;
- yangi ta’lim dasturlari va
ixtisosliklarni ishga tushirish bo‘yicha takliflarni to‘plash, hujjatlarni
ko‘rib chiqish, ichki ekspert baholashlarini o‘tkazish va ularni Universitet
Kengashi muhokamasiga tayyorlash;
- Universitetning asosiy ta’lim
yo‘nalishlari va ixtisosliklari uchun maxsus fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini
ishlab chiqishni tashkil etadi, tasdiqlash uchun barcha hujjatlarni
tayyorlashni nazorat qiladi va metodik qo‘llab-quvvatlash tizimi hamda tegishli
bo‘limlar doirasida boshqa fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini tarqatishni
ta’minlaydi;
- fakultetlar va universitetning
o‘quv yuklamasini belgilaydi, o‘qituvchilarning ish jadvalini rektor tasdig‘i
uchun tayyorlaydi;
- soatlik ish yuklamasini
belgilaydi va tasdiqlash uchun taqdim etadi;
- universitetda o‘qitiladigan
fanlar bo‘yicha darsliklarning mavjudligini tahlil qilishni tashkil etadi va
nazorat qiladi;
- talabalarning darsga
qatnashuvi va akademik ko‘rsatkichlarini nazorat qiladi;
- kafedralarda o‘quv va metodik
yuklamalarning bajarilishini nazorat qiladi;
- zamonaviy o‘qitish va axborot
texnologiyalarining joriy etilishini nazorat qiladi;
- ta’lim jarayonini metodik qo‘llab-quvvatlashni
tashkil etadi;
- ta’limiy, ishlab chiqarish va
bitiruv oldi amaliyotlarni tashkil etish va ularning bajarilishini nazorat
qiladi;
- o‘quv dasturining
bajarilishini nazorat qiladi;
- talabalar uchun mustaqil
ishning shakllari va usullarini rejalashtiradi va takomillashtiradi;
- vaqtincha va soatbay o‘qituvchilar
uchun hujjatlarni tayyorlaydi va ularning ish faoliyatini nazorat qiladi;
- Universitetning pedagog
xodimlarining kasbiy rivojlanishini tashkil etadi;
- talabalarning bilim, ko‘nikma
va kompetentsiyalarini baholash tizimini joriy etishni nazorat qiladi;
- rektor buyruqlari va
prorektorning akademik ish bo‘yicha ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida bajarilishini
tashkil etadi.
О'quv-uslubiy boshqarma tuzilmasi:
O‘quv-uslubiy boshqarma quyidagi tuzilma bo‘linmalaridan iborat:
- O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i
- O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘ining
o‘rinbosari (Akademik jarayonni nazorat qilish bo‘linmasi)
- Magistratura dasturlari bo‘yicha
bosh mutaxassis (Magistratura ta’lim jarayonini nazorat qilish bo‘limi)
- Kredit-modul tizimi bo‘yicha
bosh mutaxassis (Kredit-modul tizimi ta’lim jarayonini nazorat qilish bo‘limi)
- Akademik litseylar va texnikumlar
bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassis (Metodik va ta’minot bo‘limi hamda stajirovka
tashkil etish bo‘limi)
О'quv-uslubiy boshqarma boshlig'i rektor buyrug'i bilan tayinlanadi
O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘ining vazifalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Universitet ta’lim jarayonini
ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, universitet tuzilmalarini
davlat ta’lim standartlari va asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash;
- Universitetda o‘quv jarayonini
rejalashtirish va tashkil qilish;
- Universitet fakultetlari va kafedralarining
o‘quv, o‘quv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish;
- O‘quv jarayonini
boshqarishdagi me’yoriy-uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirish;
- Universitet ta’limini
rivojlantirish uchun istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va universitet Ilmiy
kengashiga tavsiya qilish;
- Universitet fakultetlari,
kafedralari va tuzilmalarini o‘quv ishlarda erishgan ilg‘or yutuqlarini
umumlashtirish va universitet ta’lim jarayoniga tadbiq qilish;
- Talabalar bilimini nazorat
qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida NIZOMni amaliyotga tadbiq
etish;
- Professor-o‘qituvchilarning
malaka oshirish rejasini shakllantirish;
- Talabalar davomatini tahlil
etish;
- Universitet
professor-o‘qituvchilari va talabalarining o‘quv intizomiga rioya qilishini
ta’minlash;
- Universitetdagi barcha
fakultetlar va magistraturada joriy, oraliq, yakuniy nazoratlarning tashkil
yetish va tahlil qilish;
- Kafedra va dekanatlarda asosiy
ish hujjatlarini yuritilishini ta’minlash;
- Universitetda shtatlar
jadvalini tuzish uchun hujjatlarni tayyorlash, o‘quv yuklamalarini bajarish
yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
- O‘rindosh va soatbay dars
o‘tuvchi o‘qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, soatbay dars
fondining taqsimlanishini tashkil qilish va muvofiqlashtirish;
- Universitet fakultet va
kafedralarini o‘quv masalalari bo‘yicha faoliyatini o‘rganish;
- O‘quv jarayoniga rivojlangan
chet el tajribalarini joriy etish;
- Amaliyotlarni tashkil etish va
uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlanlash;
- Universitet huzuridagi Akademik litsey
va texnikumlar faoliyatini o‘quv-uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish.
Babayev Dilshodbek Rustamboy o‘g‘li
O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari
d.babayev@taqu.uz
Tagayev Zafar Achilovich
O‘quv-uslubiy boshqarma bosh mutaxassisi
z.tagayev@taqu.uz
Aliyeva Zilola Mamatvaliyevna
O‘quv-uslubiy boshqarma bosh mutaxassisi
z.aliyeva@taqu.uz
Najmiddinov Sherzod Qiyomiddin o‘g‘li
O‘quv-uslubiy boshqarma bosh mutaxassisi
sh.najmiddinov@taqu.uz
Abduvaliyev Diyorbek Maxmud o‘g‘li
O‘quv-uslubiy boshqarma bosh mutaxassisi
d.abduvaliyev@taqu.uz