“O‘zbekiston — kitobxonlar yurti”

“O‘zbekiston — kitobxonlar yurti”
“O‘zbekiston — kitobxonlar yurti”
“O‘zbekiston — kitobxonlar yurti”
“O‘zbekiston — kitobxonlar yurti”
“O‘zbekiston — kitobxonlar yurti”

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti "Menejment" fakulteti tyutorlari boshchiligida "Oʻzbekiston-kitobxonlar yurti” shiori  ostida Adiblar hiyoboniga milliy adabiyotimizning boy tarixini oʻrganish maqsadida talabalarga madaniy ekskursiya tashkil etildi. Universitet iqtidorli talabalari N.Jumayeva va Sh.Xamidovalar buyuk adibimiz Furqatni hayoti va ijodi hamda she’rlaridan kursdoshlariga maʼlumot berdi. Barchamizga ma'lumki, Furqat oʻzbek adabiyotini yangi bosqichga koʻtargan noyob iste’dod sohibi boʻlgan. Uning yuksak badiiy, teran falsafiy she’rlari xalqimiz koʻnglidan joy olgan. Kitobxonlik – inson ma’naviyati ko‘zgusi. Kitob – bebaho ne’mat. Kitob – tafakkur qanoti. Bu qanot qancha mustahkam bo‘lsa, yuksak kengliklar sari intilishdan tolmaydi. Kishining madaniy saviyasi – kitoblarning o‘qib chiqilgan soni bilan emas, uqib olingan soni ila o‘lchanadi.