O‘zbekiston delegatsiyasi Tonjin universitetining Seysmik laboratoriyasida bo‘ldi
Xitoy Xalq Respublikasiga
rasmiy tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Tonjin universitetining
zamonaviy Seysmik tadqiqotlar laboratoriyasiga tashrif buyurdi. Tashrif
davomida delegatsiya a’zolari laboratoriya faoliyati, yer silkinishlariga
bardoshli qurilish texnologiyalari va tajriba stendlari bilan yaqindan
tanishdilar.
Uchrashuv chog‘ida tomonlar
zilzilabardosh konstruksiyalar bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar,
ularning amaliy natijalari hamda o‘zaro tajriba almashinuvi masalalarini
muhokama qildilar. Shuningdek, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida
hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish va
talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish istiqbollari belgilab olindi.