Boshqarma haqida
O‘quv-uslubiy boshqarma universitet ta’lim jarayonini zamonaviy ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, ta’lim jarayonini rejalashtirish va sifatli tashkil etish, hamda universitet professor-o‘qituvchilari va talabalarining o‘quv jarayonini samarali boshqarishni ta’minlash bilan shug‘ullanadi.
Faoliyat yo‘nalishlari
- Universitetdagi ta’lim jarayonini davlat ta’lim
     standartlariga muvofiq tashkil etish;
- O‘quv jarayonini rejalashtirish,
     muvofiqlashtirish va boshqarish;
- Magistratura, sirtqi va qo‘shma ta’lim
     dasturlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
- Fakultetlar va kafedralarning o‘quv va o‘quv-uslubiy
     ishlarini boshqarish;
- Ta’lim jarayonini boshqarishdagi me’yoriy
     hujjatlarni doimiy ravishda takomillashtirish;
- Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash
     tizimlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
- Professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish
     rejasini shakllantirish;
- Universitet ta’lim tizimini rivojlantirish
     bo‘yicha istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va tavsiyalar berish;
- Ta’lim jarayonida ilg‘or xorijiy tajribalarni
     joriy etish;
- Amaliyotlarni tashkil etish va uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlash.
1.    
Ta’lim
jarayonini rejalashtirish va nazorat qilish:
o   
O‘quv
yuklamalarini rejalashtirish va taqsimlash;
o   
Joriy,
oraliq va yakuniy nazoratlarni tashkil etish;
o   
Talabalar
davomatini tahlil qilish va intizomni ta’minlash.
2.    
Professor-o‘qituvchilar
faoliyatini boshqarish:
o   
Malaka
oshirish rejasini shakllantirish va amalga oshirish;
o   
Professor-o‘qituvchilarning
shaxsiy ish rejalarini nazorat qilish;
o   
Yangi ta’lim
yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning malaka talablari va o‘quv rejalarini
ishlab chiqish.
3.    
O‘quv-uslubiy
hujjatlar va adabiyotlar bilan ta’minlash:
o   
O‘quv
jarayoniga oid normativ hujjatlarni ishlab chiqish va joriy etish;
o   
O‘quv
dasturlari va rejalari bo‘yicha yangi adabiyotlarni tayyorlash va nashr etish;
o   
O‘quv
jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari va pedagogik innovatsiyalarni
joriy qilish.
4.    
Talabalar
bilimini nazorat qilish va baholash:
o   
Reyting
tizimini joriy etish va takomillashtirish;
o   
Fanlar
bo‘yicha olimpiadalar va mutaxassislik tanlovlarini tashkil etish;
o   
Amaliyot va
laboratoriya mashg‘ulotlarining sifatini nazorat qilish.
5.    
Universitetning
umumiy o‘quv jarayonini muvofiqlashtirish:
o   
Akademik
litsey va texnikumlar faoliyatini o‘quv-uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish;
o Universitet kafedralari va dekanatlarining o‘quv-uslubiy ishlarini nazorat qilish;
o Ta’lim jarayoniga oid farmonlar, qarorlar va buyruqlarning ijrosini ta’minlash.
Xodimlar tarkibi
O‘quv-uslubiy boshqarmada
quyidagi mutaxassislar faoliyat olib boradi:
- Boshqarma
     boshlig‘i
- 3 nafar
     bosh mutaxassis
- 1 nafar
     yetakchi mutaxassis
Boshqarma universitet ta’lim jarayonini sifatli va samarali boshqarish,
ilg‘or uslublarni joriy qilish hamda talabalar va o‘qituvchilarning o‘quv
jarayonini yuksaltirish yo‘lida xizmat qiladi.
 
                