Ochiq dars
2025-yil
18-aprel kuni Menejment fakulteti 47-24
Mo‘ guruhida 2-bino 422 - xonada “O‘zbekistonning eng yangi
tarixi” fanidan “Tarixiy-me’moriy yodgorliklar va ularni qayta tiklanishi”
mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tdi. Talabalar guruhlarga bo‘linib
Respublikamizda tarixiy-me’moriy yodgorliklarga bo‘lgan e’tibor va ularni qayta
tiklanishi va asrab-avaylash borasida amalga oshirilayotgan ishlar borasida o‘z
fikr-mulohazalarini bildirishdi. Yurtimizda mavjud tarixiy shaharlar, tarixiy,
me’moriy va arxeologik yodgorliklar haqida ma’lumotlar berildi, ularning
avvalgi va hozirgi holati haqida
ma’lumotlar berildi. 18-aprel - “Xalqaro yodgorliklarni va tarixiy joylarni
asrash kuni” haqida talabalar tomonidan tayyorlab kelingan foto va video
materiallar orqali dars yanada qiziqarli va muhokamalarga boy o‘tdi. Shuningdek, dars jarayonida interfaol dars metodlardan
unumli foydalanilib, dars yakunida talabalarga topshiriqlar berildi. Dars
jarayonida talabalarning barchasi faol ishtirok etishdi va o‘zlarini
qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Ochiq dars mazmunli va
samarali o‘tdi.