Bosh energetik
Nurmatov Ravshan Qaxxor o‘g‘li
Universitetda Bosh energetik faoliyati bino va inshootlarning energetik
xo‘jaligini samarali boshqarish, energiya resurslarini tejash,
muhandislik-kommunikatsiya tizimlarining uzluksiz va xavfsiz ishlashini
ta’minlash maqsadida shakllantirilgan. Ushbu faoliyat energiya iste’molini
nazorat qilish, texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini tashkil etish, avariyaviy
holatlarning oldini olish, energiya auditi va monitoringini olib borish,
shuningdek, zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish orqali
universitet
infratuzilmasining barqaror faoliyatini ta’minlashga xizmat qiladi.
- “Oliy taʼlim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat
koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash
toʻgʻrisida” [Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil
21-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2859]
- Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 07.08.2024
yildagi O‘RQ-940-son “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya
samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 27.03.2025 yildagi PF-63-son “Energiya samaradorligini oshirish sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish va energiya servis kompaniyalari xizmatlari bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida “
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori, 19.10.2024 yildagi 690-son “Yoqilgʻi-energetika resurslari
isteʼmolchilarini hamda bino va inshootlarni energiya isteʼmolini energiya
auditidan oʻtkazish tartiblarini belgilash toʻgʻrisida”
Asosiy vazifalar va funksiyalari:
- Universitetning
elektr tizimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash.
- Energiya
resurslaridan oqilona va tejamkor foydalanishni tashkil etish.
- Elektr xo‘jaligi, issiqlik ta’minoti, yoritish
tizimlari va muhandislik kommunikatsiyalarining texnik holatini muntazam
nazorat qilib borish.
- Energiya sarfi bo‘yicha hisob-kitoblarni yuritish,
tahlil qilish va oylik, choraklik, yillik hisobotlarni tayyorlash va elektr
tarmoqlari korxonasi bilan solishtirish.
- Energiya tejash va energiya samaradorligini oshirishga
qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
- Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan, jumladan
quyosh panellari samarali foydalanishni tashkil etish va monitoring qilish o’z
ehtiyojlaridan tashqi tarmoqga sotilgan elektr energiyasidan kelgan tushimlarni
tushirib olish.
- Energetika
sohasiga oid amaldagi qonunlar, me’yoriy hujjatlar, standartlar va texnik
reglamentlar ijrosini ta’minlash.
- Elektr energiyasi
bo‘yicha shartnomalar, texnik hujjatlar va rasmiy yozishmalarni yuritish.
- Energiya auditlarini tashkil etish, energiya iste’moli
bo‘yicha kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar
berish.
- Bo‘linmalar, o‘quv binolari, yotoqxonalar va boshqa
obyektlarda energiya ta’minotining barqaror ishlashini muvofiqlashtirish.
- Energiya iste’moli bo‘yicha limitlarga rioya
etilishini ta’minlash va ortiqcha sarf-xarajatlarning oldini olish.
- Universitet rahbariyatiga energetika holati, mavjud
muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritish.
- Energetika
xodimlari faoliyatini boshqarish, topshiriqlar berish hamda ularning ish
samaradorligini nazorat qilish.
- Energiya bilan bog‘liq yangi texnologiyalar, zamonaviy uskunalar va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy etish bo‘yicha ish olib borish.
- Universitetda energiya tejash madaniyatini
shakllantirish bo‘yicha targ‘ibot va tushuntirish ishlarini tashkil etish.
Hozircha bo'lim tarkibi ma'lumotlari yo'q