Ta’lim sifati nazorati bo‘limi
Nurimbetov Ravshan Ibragimovich
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish
davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 515-son qarorining
14-bandiga muvofiq tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 5
maydagi “Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini
takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-76-son
Farmoni 7-bandining (в) kichik bandiga muvofiq Ta’lim sifati nazorati
bo‘limi sifatida qayta tashkil etilgan.
Universitetning Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘lim
boshlig‘i lavozimida 2017-2018 yillarda iqtisodiyot fanlari doktori,
dotsent Hasanov Tohir Abdurashidovich, 2018-2019
yillarda iqtisodiyot fanlari doktori, professor Saidov Mash’al
Samadovich, 2019-2023 yillarda - PhD, dotsent Metyakubov Azamat
Djumanazarovich, 2023-2024 yillarda dotsent Abduvaliev Zafar
Maxmudovich faoliyat olib borganlar.
Bo‘limning asosiy vazifalari va
funksiyalari:
- ta’lim tashkilotida kadrlar tayyorlash sifatini
nazorat qilish va monitoringini olib borish;
- talabalar bilimlarining davlat ta’lim standartlariga
muvofiqligini hamda talabalar fanlarni oʻzlashtirish darajasini oʻrganib borish
va tahlil qilish;
- ta’lim sifatini ta’minlay oladigan pedagoglar
tarkibini shakllantirish, jumladan salohiyatli professor-oʻqituvchilarni
tanlash, ishga qabul qilish, ularning kasbiy mahorati va malakasini oshirish
imkonini beradigan (obyektiv) shaffof, tashkiliy mexanizmlarni yaratish;
- professor-oʻqituvchilar dars berish sifatini muntazam
ravishda tahlil qilish;
- ta’lim tashkilotida ichki baholashdan oʻtkazishni
tashkil etish va ichki baholash natijalari boʻyicha mavjud kamchiliklarni
bartaraf etish choralarini koʻrish;
- oʻquv jarayonini normativ-huquqiy hujjatlarda
belgilangan talablar asosida toʻgʻri tashkil etish;
- malaka talabalari, oʻquv reja va dasturlarning kasbiy
standartlar hamda mehnat bozori talablariga mos boʻlgan raqobatbardosh kadrlar
tayyorlashga muvofiqligini tahlil qilish;
- bitiruvchi talabalarning kadrlar bozoridagi oʻrni,
ularga ehtiyoj, sohaning yashovchanlik darajasi yuzasidan kengaytirilgan
xulosalarni shakllantirish;
- oʻquv mashgʻulotlarini zamonaviy pedagogik
texnologiyalar va axborot texnologiyalari asosida tashkil etilganligi, dars
jarayonlari sifatining nazorati talab darajasida yoʻlga qoʻyilganligini
oʻrganib borish;
- dars oʻtish uchun ishlab chiqarishdan (amaliyotdan)
malakali mutaxassislarni jalb etilganligini oʻrganib borish, talabalar bilimini
nazorat qilish va baholashda shaffoflik va xolislikni ta’minlanganligi boʻyicha
koʻrilgan choralar samaradorligini aniqlash;
- professor-oʻqituvchilarning malaka oshirganligi,
dasturlarga fandagi yangiliklarning kiritilganligini oʻrganish;
- professor-oʻqituvchilarga oʻquv yuklamasini adolatli
taqsimlanganligini tahlil qilish;
- axborot-resurs markazida talaba, ilmiy izlanuvchi va professor-oʻqituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar holati, fanlar boʻyicha darsliklarning mavjudligini oʻrganib borish va rahbariyatga takliflar kiritish;
- mustaqil ta’limni talab darajasida tashkil etilishini
oʻrganish va tahlil qilish (yoʻriqnoma yoki uslubiy koʻrsatmalarni ishlab
chiqilishi, mustaqil ta’limni tashkil etish uchun talablarni qoʻyilishi va
talabalar yuklamasini shakllantirilishini ta’minlash);
Mirzaxmedov Botir Xusniddinovich
Bosh mutaxassis
b.mirzaxmedov@taqu.uz
Toshov Istamjon Ilhomjon o‘g‘li
Bosh mutaxassis
i.toshov@taqu.uz