Inson resurslarini boshqarish bo‘limi
Norqobilov Jahongir Shabonovich
Inson resurslarini boshqarish bo‘limi boshlig`i lavozimi universitetda 1991 yilda tashkil etilganidan beri mavjud. Bo‘lim tarkibiga: boshqarma boshlig‘i, bosh mutaxassis, yetakchi mutaxassis (diplom va transkrip ishlari), inspektor – 2 kiradi.
Inson resurslarini
boshqarish bo‘limi boshlig`ining vazifalari quyidagilardan iborat:
1.1. Inson resurslarini
boshqarish bo‘limi Toshkent arxitektura-qurilish universitetining mustaqil tarkibiy qismi hisoblanadi;
1.2. Bo‘lim o‘z
faoliyatida «Ta’lim to‘g‘risida», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»
Qonunlari, Oliy ta’lim to‘g‘risidagi Nizom va universitet ustaviga hamda mehnat
qonunchiligi bo‘yicha me’yoriy huquqiy xujjatlarga, universitet rektori
buyruqlariga, ko‘rsatmalariga, yo‘riqnomalariga hamda mazkur Nizomga amal
qiladi;
1.3. Bo‘lim negizida
«Professor-o‘qituvchilar bilan ishlash»,
«Ma’muriy-xodimlar», «Talabalar bilan ishlash», «Diplom va
sertifikatlar» » bo‘linmalari faoliyat ko‘rsatadi.
1.4. Bo‘lim bevosita universitet
rektoriga bo‘ysunadi.
Universitetning Inson
resurslarini boshqarish bo‘limida 1991 - 2001 yillarda I.F.Gorbunov, 2001-2023
yillarda N.A.Blatsi, 2023-2024 yillarda P.A.Ergasheva, 2024 – 2025 yillarda A.A.Tronevichlar
bo`lim boshlig`i lavozimida mehnat faoliyatini olib borganlar.
Inson resurslarini boshqarish bo‘limi boshlig‘i bevosita rektorga bo‘ysunadi va faoliyati
davomida quyidagilarga mas’ul:
- universitet bo‘linmalarini bo‘lim rahbarlari bilan birgalikda malakali yetuk
kadrlar bilan ta’minlaydi;
- kadrlardan joylarda unumli foydalanishlarini va ularni hisobini
yuritadi;
- kadrlar qo‘nimsizligi masalalarini tahlil qiladi va shu masalalar
yuzasidan o‘z takliflarini berib boradi;
- boshqa bo‘lim boshliqlari bilan birgalikda kadrlar masalasiga oid
hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etadi;
- universitetda ishlayotgan professor-o‘qituvchilar, xodimlar va
o‘qiyotgan magistrlar va bakalavriat bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarning
shaxsiy hujjatlari saqlanishini ta’minlaydi;
- professor-o‘qituvchilarning tanlovdan o‘tish vaqtini aniqlaydi va
axborot tayyorlashni nazoratga oladi;
- universitet xodimlariga guvohnomalar va ma’lumotlar tayyorlashni tashkil
etadi;
- oliy ta’lim Vazirligi va boshqa hisobot talab qiluvchi tashkilotlarga
kadrlar masalasida hisobotlar tayyorlaydi;
- xodimlarga yuritiladigan mehnat daftarchalarini bo‘lim nazoratchilari
tomonidan yurgizilishini nazorat qilib boradi;
- xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, lavozim o‘zgarishlari
bo‘yicha buyruqlarning loyihasini tayyorlash va rahbariyatga kiritilishini
nazoratga oladi;
- oliy ta’lim Vazirligidan olinadigan diplom blankalarini saqlanishi va
yuritilishini nazoratga oladi;
- kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda xodimlarning mehnat intizomini
buzganligi tufayli ishdan bo‘shatish nazoratini yuritadi;
- xodimlar bo‘limida ishlovchi nazoratchilarni o‘z vazifalarini qay
darajada bajarayotganliklarini kuzatib boradi;
- talabalar bilan ishlash bo‘limida mavjud bo‘lgan shaxsiy delolar va har
bir talabaga ochilgan talabalik kartochkalarini harakatini nazoratga oladi;
- xodimlar bo‘limi tomonidan tayyorlanadigan barcha hisobotlarni o‘z
vaqtida topshirilishini nazoratga oladi;
- ishdan bo‘shatilgan xodimlarning va o‘qishni tugatgan talabalarning
shaxsiy hujjatlarini arxivga
topshirilishini nazoratga oladi;
- har yili qabul komissiyasidan o‘qishga qabul qilingan 1 kurs (bakalavr)
talabalari va magistratura tinglovchilari va 2-mutaxassislik ta’limiga qabul
qilinganlarning shaxsiy hujjatlarini qabul qilib oladi;
- professor-o‘qituvchilar, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga yuritilayotgan
shaxsiy hujjatlar va mehnat daftarchalarini bo‘lim nazoratchilari tomonidan
yuritilishini nazoratga olib boradi;
- professor-o‘qituvchilar va xodimlarga tegishli bo‘lgan buyruklarni rahbariyatga
kiritadi;
- oliy ta’lim vazirligidan diplom blankalarini oladi va uni buyruq asosida
bitiruvchilarning nomiga to‘ldirtiradi;
- universitet “Pasporti” va “Ustavi”ni yuritadi;
- bo‘lim xodimlarini o‘z vazifalarini yetarli darajada bajarayotganliklarini nazoratga oladi va lozim bo‘lganda rag‘batlantirish yoki jazolash xaqida rahbariyatga bildirishnoma orqali murojaat etadi;
- rahbariyatni topshirig‘iga ko‘ra kadrlar bo‘limiga taaluqli bo‘lgan
qo‘shimcha topshiriklarni bajaradi;
Mirzaev Akmal Azizovich
Bosh mutaxassis
Islamova Dilfuza Yakubdjanovna
Yetakchi mutaxassis
Najmidinov Diyorbek Dilshod o`g`li
Inspektor